Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash 2021-2022 Ish hujjatlarini tayyorlash


Ish hujjatlarini yuritish tili va uslubi



Yüklə 12,93 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü12,93 Kb.
#137058
1   2   3   4
Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash 2021-2022 Ish hujjatl-fayllar.org

Ish hujjatlarini yuritish tili va uslubi.
OPTION 01
OPTION 03
OPTION 04
OPTION 05
Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari (buyruq, farmoyish, ko‘rsatma kabilar) birinchi shaxs tilidan bo‘ladi. Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati kabi) ham birinchi shaxs, birlik sonda shakllantiriladi. Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs ko‘plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda rasmiylashtiriladi: «...ga ruxsat berishingizni so‘raymiz», «...deb hisoblaymiz»; «ma’muriyat talab qiladi», «boshqarma so‘raydi» kabi.
Hujjatlar matnini tuzishda turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikmalaridan ko‘proq foydalanish lozim. Chunki qoliplashgan, yagona doimiy shaklga ega bo‘lgan so‘z tizimlari, iboralar, muhandislik psixologiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa so‘z birikmalariga qaraganda 8–10 marta tez idrok qilinar ekan. Buning ustiga qoliplashgan so‘z birikmalari hujjatlarni tayyorlash va ulardan foydalanish jarayonlarini anchagina tezlashtirish imkonini beradi. Tayinki, har bir hujjat turining mohiyati va maqsadi bilan bog‘liq ravishda o‘ziga xos qoliplashgan sintaktik tuzilmalar shakllana boradi.
Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar qo‘llanishi mumkin:
1) «... ...so‘m maosh bilan ...lavozimiga tayinlansin»;
2) «...o‘z xohishiga ko‘ra ...lavozimidan bo‘shatilsin»;
3) «...boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan ...la vozimidan bo‘shatilsin»;
4) «...ga ...dagi faol va samarali ishtiroki uchun tashakkur e’lon qilinsin»;
5) «...ga o‘z bo‘limida intizomni bo‘shashtirib yuborganligi uchun hayfsan e’lon qilinsin» va h.k.
Yoki xizmat yozishmalarida mana bunday qoliplashgan
so‘zlardan foydalanish mumkin:
Title text addition
Title text addition
Title text addition
Title text addition
«Sizga ...ni ma’lum qilamiz»;
«Sizga ...ni bildiramiz»;
«Sizga ...ni eslatamiz»;
«... yordam tariqasida...»
«... munosabati bilan...»
«...qaroriga muvofiq ravishda...»
«...ga korxona ma’muriyati qarshi emas»;«...ga korxona kafolat beradi» va h.k.
Hujjatdagi fikrni aniq, lo‘nda bayon qilishda xat boshi (abzats) ning ahamiyati ham katta. Har bir yangi, alohida fikr xat boshi bilan ajratilishi, bir xat boshidan ikkinchi xat boshigacha bo‘lgan matn 4–5 jumladan oshmasligi maqsadga muvofiq.
REJA: 2
Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab o‘quvchisi va talaba, ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma-xildir. Arizalar bog‘cha mudirasiga, maktab direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, magazin mudiriga, kolxoz boshqaruviga, korxona rahbariyatiga – xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko‘rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin.

Yüklə 12,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə