Kasbiga kirish



Yüklə 4,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə289/310
tarix28.11.2023
ölçüsü4,51 Mb.
#138294
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   310
Tibbiyot kasbiga kirish (1)

operatsiyadan oldingi qo’rquv
kiradi.
Bemor operatsiyani o’zidan, u bilan bog’liq siqilishlardan, og’riq, 
operatsiya asoratlaridan qo’rqadi, operatsiyaning effektivligiga 
ishonch hosil qilmaydi. Hamshira bemorni kuzatishlari natijasidan 
vrachni ogoh etishi, u bilan birga psixoterapevtik ta’sir qilish 
taktikasini ishlab chiqishi lozim. Operatsiya bo’lgan bemorlar bilan 
gaplashib endi operatsiya bo’ladigan bemorlarga operatsiya 
to’g’risida qo’rquvli gaplarni gapirishlarini oldini olish lozim. 
Operatsiyaga tayyorlash jarayonida bemor bilan 
yaxshi psixologik 


509 
munosabat o’rnatish
, u bilan suhbatda qo’rquv xarakterini va 
operatsiyadan nimaga qo’rqishini bilish lozim, bemorni 
tinchlantirish, 
keyingi 
davo 
muolajalariga 
munosabatini 
o’zgartirishga harakat qilish lozim. Ko’pchilik bemorlar narkozdan 
qo’rqishadi, umuman turmay qolaman, hushimni yo’qotaman, 
sirlarimni gapiraman va h.o. deb o’ylashadi. 
Operatsiyadan keyin ham bir qancha muammolar yuzaga keladi. 
Operatsiyadan keyingi asoratlar yuzaga kelgan ba’zi bir bemorlarda 
har xil psixik buzilishlar kelib chiqishi mumkin. Xirurgik aralashuv 
va majburiy yotoq holati turli nevrotik va nevrozsimon buzilishlarni 
chaqirishi mumkin. Ba’zan operatsiyadan keyingi 2-3 kuni 
bemorlarda injiqlik, qo’zg’aluvchanlik paydo bo’ladi. Operatsiyadan 
keyingi asteniyada, ayniqsa asoratlar yuzaga kelganda o’tkir 
depressiv holatlar yuzaga kelishi mumkin. Qari, katta yoshli 
kishilarda operatsiyadan keyingi davrda o’tib ketuvchi galyutsinator 
va vahima holatlari rivojlanishi mumkin. Yomon sifatli o’sma bilan 
operatsiya bo’lgan bemorlar bilan muloqot qilish qiyin bo’ladi. Ular 
keyingi hayoti haqida qayg’urishadi, ko’p savollar berishadi. Ular 
bilan suhbatlashganda juda ehtiyot bo’lish lozim. Bemorlarni 
operatsiya yaxshi chiqqaniga, kelajakda ularga hech narsa xavf 
solmayotganini tushuntirish lozim. Ularni doimo mutaxassislar 
nazoratida bo’lishi, doimiy profilaktik davo olishlari kasallikni 
qaytalanishini oldini oladi. Bunaqa bemorlar bilan har kuni 
psixoterapevtik suhbatlar olib borish lozim.
Ota-onalar, asosan ona bolasi kasalini og’ir qabul qilishadi. Buni 
tushunsa bo’ladi, sababi: og’ir kasallangan bemor onasi ma’lum bir 
darajada psixik shikastlangan bo’ladi va uning reaksiyasi noadekvat 
bo’lishi mumkin, chunki “onalik instinkti” juda yaxshi rivojlangan 
bo’ladi. Shu sababli ham tibbiyot xodimlari tomonidan onalarga 
individual yondashish lozim. Ayniqsa kasalxonada og’ir bemorga 
qarab yotgan onalarga alohida e’tibor berish lozim. Ayolni nafaqat 
yaxshi so’z bilan tinchlantirish, balki uni dam olishi va 
ovqatlanishiga sharoit qilib berish, bolasi “yaxshi qo’llarda” 
ekanligiga va to’g’ri davo olayotganiga ishontirish lozim. Ona vrach 


510 
va hamshira tomonidan bajarilayotgan muolajalar kerakli va 
to’g’riligini tushunishi lozim. Kerak bo’lganda onani ba’zi bir 
muolajalarni qilishga o’rgatish mumkin, masalan ineksiya qilish, 
ingalyatsiya qilish va h.o.
Ko’pchilik ota-onalar tibbiyot xodimiga ishonch, yaxshi 
muomala bilan yondashishadi, ularning og’ir mehnatlariga rahmatlar 
aytishadi. Lekin ba’zan “og’ir f’elli” ota-onalar ham uchraydiki, 
o’zining qo’polligi, yomon hulqi bilan tibbiyot xodimlarini bolasiga 
alohida e’tibor berishlarini talab qilishadi. Bunday ota-oanalar bilan 
tibbiyot xodimi ichki va tashqi bosiqlik bilan javob qilishalri lozim 
va bu holat bolaning yomon tarbiyasiga yaxshi ta’sir qiladi.
Tibbiyot xodimlariini bolani ko’rish va narsa (ovqat) olib kelish 
vaqtida ota-ona va bemor yaqinlari bilan suhbati katta ahamiyatga 
ega. Ish ko’pligiga qaramay vrach hamma savollarga shoshmasdan 
javob berishga vaqt topishi lozim. Ota-ona bolasini tashxisini 
bilishda, davo muolajalarini to’g’riligini aniqlashtirayotganda ba’zi 
bir qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatlarda 
hamshira bemor yaqinlari bilan suhbatda o’z kompetensiyasidan 
tashqariga chiqmasligi lozim. U kasallik simptomlari va kasallikning 
kutilayotgan natijalari to’g’risida gapirishga haqli emas. Hamshira 
kechirim so’rab ma’lumotlardan to’liq xabardor emasligi aytishi va 
bemor yaqinlarini davolovchi vrachga yoki bo’lim mudiriga 
yuborishi lozim. 
Ota-onalar so’ziga ko’pam quloq solmaslik lozim, ularning 
noto’g’ri talablarini bajarish kerak emas, masalan ineksiyani 
to’xtatish, rejim va dietani o’zgartirish va h.o. talablarni vrach asossiz 
bajarmasligi lozim. Bunday holat faqat bemorga yomonlik olib keladi 
va tibbiyotning insoniylik prinsiplariga va professionallikka to’g’ri 
kelmaydi.
Bolalar bo’limida tibbiyot xodimlari ota-onalar bilan 
muloqoti har doim emotsianal shaklda, uzviy aloqa holida va tez-tez 
bo’ladi. Tibbiyot xodimini bemor ota-onasi va yaqinlari bilan to’g’ri 
muloqoti tibbiyot xodimi – bemor bola – ota-ona orasidagi 
psixologik teng muvozanatlikni shakllantiradi. 

Yüklə 4,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə