Kasbiga kirish


Agonal xolatdagi bemorlarni parvarishi



Yüklə 4,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə297/310
tarix28.11.2023
ölçüsü4,51 Mb.
#138294
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   310
Tibbiyot kasbiga kirish (1)

Agonal xolatdagi bemorlarni parvarishi.
Agoniya – o’lim oldi 
holati, modda almashinuvini chuqur buzilishi va organizmni xayotiy 
funksiyalarini so’nishi bilan harakterlanadi. Agoniyadan so’ng bir 
necha soniyadan bir necha daqiqagacha davom etadigan terminal 
(oxirgi) pauza holati yuzaga keladi. Bu qisqa vaqt ichida nafas olish 
dastlab tezlashadi, keyin vaqtincha to’xtaydi, yurak faoliyati 
sekinlashadi, ko’z qorachiqlari kengayadi, to’r parda refleksi 
yo’qoladi. Undan so’ng yuzaga keladigan bir nechta soniyadan 
soatgacha davom etadigan agonal holatda nerv tizimini yuqori 
bo’limlarini faoliyatini buzilishi; bosh miya funksiyalarini so’nishi 
(hushini yo’qotish), uzunchoq miyani xaotik funksiyasi (nafas olish 
juda sustlashadi, noto’g’ri bo’lib qoladi). Arterial qon bosimi 
nolgacha tushib ketadi, puls ipsimon bo’lib keyinchalik butunlay 
yo’qoladi. Tana harorati tushib ketadi, umumiy talvasa va sfinkterlar 
paralichi (siydik va axlat tuta olmaslik) kuzatiladi. Agar agonal holat 
davom etsa o’pka shishi yuzaga keladi. Agonal holatdagi bemorlarni 
holati, tashqi ko’rinishi: rangpar va ko’kargan yuzi, sovuq ter bosadi, 
ko’zni shox pardasi xiralashadi. 
 


526 
Nafas va yurak faoliyatini to’htashi bilan klinik o’lim xolati 
yuzaga keladi.
Agonal holatga tushgan bemor reanimatsion muolajalarga 
muxtoj. Odatda nafas va yurak-qon tomir, miya faoliyatini 
jonlantiruvchi dori vositalari yuboriladi. Halok bo’layotgan 
bemorlarni oldida ortiqcha gaplashishni to’xtatish lozim, chunki ular 
eshitishi mumkin va bu holatini yanada og’irlashtiradi. Ularni 
alohidalash kerak yoki izolyatorga joylash kerak.
Agarda klinik o’lim holati operatsiyadan so’ng yoki 
jarohatlanish sababli kelib chiqqan bo’lsa, reanimatsion muolajalarni 
davom ettirish lozim.
Klinik o’lim holatida bajarilgan davo choralari yordam 
bermaganda biologik o’lim yuzaga keladi: nafas va yurak faoliyati 
to’xtaydi, mushaklar bo’shashadi, tana xaroratini tushishi kuzatiladi. 
Keyinchalik tanani pastki qismlarida ko’kimtir rangdagi murda 
dog’lari paydo bo’ladi. Vrach o’limni qayd qiladi va kasallik tarixiga 
kun va vaqtini qayd qiladi. Murdani yechintirib oyoqlarin cho’zib 
yotqiziladi, pastki jag’i bog’lanadi, qovoqlari yopiladi, ustini yopib 2 
soatga qoldiriladi. Xamshira murda oyoqlariga ismi sharifi va 
kasallik tarixi sonini yozib qo’yadi. Undan tashqari ma’lumotlari 
kiritilgan yo’naltiruvchi ma’lumotnoma to’ldiriladi. Murdani yorish 
uchun patologoanotamik bo’limga o’limni yaqqol belgilari (murda 
dog’lari, qattiqlashish, ko’z kosalarini yumshashi) paydo bo’lgach 
olib chiqiladi. Barcha murdalar yorib tekshiriladi va shundan so’ng 
qarindoshlariga beriladi. Murdadan qimmatbaho buyumlar yechiladi 
va akt tuziladi. Shundan so’ng qarindoshlariga tilxat ostida beriladi.

Yüklə 4,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə