Kasbiga kirish



Yüklə 4,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə294/310
tarix28.11.2023
ölçüsü4,51 Mb.
#138294
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   310
Tibbiyot kasbiga kirish (1)

Nazorat savollar 
1.
Operatsiyadan keyingi davr to’g’risida tushuncha. 
2.
Operatsiyadan keyingi davrda bemor bolalarni parvarishlash 
qoidalari qanday? 
3.
Operatsiyadan keyingi davrda bemor bolalarni kuzatish. 
4.
Operatsiyadan keyingi yarani parvalishlash qoidalari qanday? 
5.
Kolostomiyani parvarishlash qoidalari qanday? 
6.
Tsistostomiyani parvarishlash qoidalari qanday? 
 
OPERATSIYADAN KEYINGI DAVRDA BEMORLARNI 
OVQATLANTIRISH CHORA - TADBIRLARI, OVQAT 
TARQATISH VA OVQATLANTIRISH USULLARI 
 
Xirurgik bemorlarni to’laqonli, sifatli ovqatlanishi davolanishda 
asosiy rol o’ynaydi. Ovqatlanishni to’laqonli bo’lmasligi jaroxat 


519 
bitishini qiyinlashtiradi va shifoxona ichi infeksiyasiga qarshi kurash 
kiyin kechishiga sababchi bo’ladi. Sifatli va vitaminga boy ovqat 
ratsioni operatsiyadan keyingi paytda organizmni infeksiyaga 
tolerantligini va immunitetini oshiradi. Xirurgik bemorlarni 
to’laqonli, sifatli ovqatlantirishni turini tashkil qilish xar bir 
shifokorni burchidir. Xirurgik bemorlarni to’laqonli ovqatlantirish
organizmning energetik va plastik ehtiyojini oshiradi. Bunday 
ovqatlantirish 
kasallik 
paytida 
organizmni 
energiya 
sarfini 
to’laqonlik bilan to’ldiradi. Organizmni ovqatga kunlik talabi 
solishtirilsa, sutka davomida oqsil 13-17%, yog’ 30-35%, uglevodlar 
50-55% ni tashkil etadi. Kasallikni turiga qarab ovqatlanish ratsionini 
va ovqatlantirish yo’li tanlaniladi. Organizimga 2 xil yo’l bilan ovqat 
yetkazib berish yo’li bor - tabiiy va sun’iy.
 
Shifokor tabiiy 
ovqatlanishda ovqatlanish dietasini va ovqat stol nomerini belgilaydi.
 
Ovqatlantirish dieta stolini jahonda bir xil N.I.Pevzner bo’yicha 15ta 
nomerlari bor. Bu dieta nomerlari xar biri o’z tarkibiga, uni pishirish 
turiga, energiya va vitaminga boyligiga qarab, organizmga singishiga 
va 
qarshi 
kursatmasiga 
qarab 
beriladi. 
Bir 
xil 
xirurgik 
operatsiyalardan keyin va bir qancha kasalliklarda tabiiy yo’l bilan 
ovqatlantirish ilojisi bo’lmaydi, shu payt sun’iy ovqatlantiriladi:
enteral (zond orqali yoki stoma orqali) yo’l; parenteral yo’l va aralash 
yo’l bilan ovqatlantirish. 
 
Enteral (zond orqali) ovqatlantirish
– oshqazon yoki ingichka 
ichakga qo’yilgan zond naycha orqali ovqatantirish tushuniladi. Zond
bilan ovqatlantirishni xirurgik kasalliklarda ko’rsatma: bosh miya 
travmasi bilan hushidan ketganda; og’ir intoksikatsiya paytida; og’iz 
bo’shlig’ida, hiqildoqda va qizilo’ngachda to’sqinlik bo’lganda 
(o’smalar va chandiqli kuyishlar, torayishlar). Organizimda (sepsis, 
kuyish kasalligi va ko’p travmalarda) katabolizm mexanizmi 
oshganda; hamma anoreksiyalarda. 
Zond bilan oqatlantirilganda suyuq ovqatlar (sut, bulyonlar, 
soklar), aralash yengil hazm bo’ladigan (quritilgan sut, shakar, 
kraxmal) yoki maydalangan (go’sht, baliq, tvorogdan) tashkil topadi. 
Zond kuyish imkoni bo’lmaganda (qizlo’ngach o’smalarida) 


520 
oshqozonga gastrostomiya qo’yiladi. Sun’iy yasalgan oshqazon 
teshigidan 
(gastrostoma) 
trubka 
orqali 
ovqatlantiriladi. 
Gastrostomadan operatsiyaning ikkinchi kunlaridan suyuq ovqat 
ko’rinishida ovqatlantiriladi. Xar 2- 3 soat ichida 100-150 ml 
gastrostomaga trubka qo’yib Jane shpritsida yoki varonka orqali 
yuboriladi. Ovqatlantirgandan so’ng trubkani suvda yuviladi va 
trubkaga qisqich qo’yiladi. 5-7 kun o’tgandan so’ng ovqatlar kasha 
ko’rinishda 400-500 ml 4-5 martagacha ovqatlantiriladi.
Operatsiyadan keyingi davrda asosan organizmdan yo’qotilgan 
oqsillar, elektrolitlar va metobolizmni korreksiya qilish yotadi. 
Organizm qabul qilyotgan ozuqadan kaloriyani xisoblash uchun kam 
miqdorda dekstroza ishlatiladi, bemorda giperglikemiya bo’lmasligi 
uchun yog’larni, triglitsiridlarni va yog’ kislotalarni beriladi. 
Operatsiya paytida va abdominal og’ir operatsiyalarida OITga har xil 
yo’l bilan ovqatlantiriladi (gastrostomiya va entrostomiya). 

Yüklə 4,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə