Kasbiga kirish


Zond orqali ovqatlantirish



Yüklə 4,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə296/310
tarix28.11.2023
ölçüsü4,51 Mb.
#138294
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   310
Tibbiyot kasbiga kirish (1)

Zond orqali ovqatlantirish. 
 Kerak bo’ladigan anjomlar: 
-Diametri 0,5-0,8 smli rezinkali zond 
-Vazelin yoki glitsirin 
-Varonka yoki shprits Jane 
-Suyuq ovqat (bulyon, choy, kisel’) 
Ketma – ketligi: 
-Perchatka kiyiladi
 
-Zond 
o’lchaniladi (burundan, quloq suprasi, xanjarsimon 
o’simtagacha) metka qo’yiladi.
 
-Zond moylanadi, vazelin yoki glitserin bilan.
 
-Burun pastki yo’lidan zondni 15-18 sm yuboriladi, orqa devori 
bo’ylab.
 
-Boshni biroz ko’tariladi, zondni metkagacha kiritiladi. Agar havo 
chiqmayotgan bo’lsa, bemor ovozi saqlangan bo’lsa demak zond 
oshqozonda.
 
-Zondni bir uchini varonkaga yoki Janega ulanadi.
 
-Ovqatni asta yuboriladi.
 
-Zondni toza suv bilan chayiladi va varonka olinadi.
 
-Zond uchiga qisqich qo’yiladi va halaqit bermasligi uchun bosh 
tomonga mahkamlanadi.
 
-Zondni sun’iy ovqatlantirish davri tugamaguncha olinmaydi 
(taxminan 2-3 xafta)
 
Nazarat savollari: 
1.
Operatsiyadan keyingi muddatda ovqatlantirish tushunchasi? 
2.
Operatsiyadan keyingi muddatda ovqatlantirish turlari qanday? 
3.
Parenteral ovqatlanish haqidagi tushuncha? 


523 
4.
Enteral ovqatlanish haqidagi tushuncha? 
 
 
 
TERMINAL HOLATDAGI BEMORLARGA YORDAM 
KO’RSATISH, AHVOLI HAQIDA AXBOROT BERISH. 
QUSAYOTGAN BEMORLARGA YORDAM KO’RSATISH. 
JAROHATLANGAN SOHAGA MUZ QO’YISH 
 
Terminal holat 
(lat. terminalis ohirgi, chegara holat) – bu hayot 
va o’lim o’rtasidagi chegara holat bo’lib, hayotiylik ko’rsatkichlarini 
kritik darajada buzilishi qon bosimining keskin tushib ketishi, 
metobolizm va havo almashinishining chuqur buzilishi bilan 
kechadigan 
holat. 
Terminal 
holatlarni 
keltirib 
chiqaruvchi 
omillaridan jarohatlar, kuyishlar, elektr bilan jarohatlanish, cho’kish, 
mexanik asfiksiya, miokard infarkti, yurak ritmini o’tkir buzilishi
anafilaksiya (hashoratlarni chaqishi, dorilarni yuborilishi) bo’lib 
hisoblanadi. Yurak to’xtashini patogenezi bitta etiologik faktor 
ta’sirida bo’lishi mumkin. Sirtmoq xiqildoqni yuqori sohasida 
siqilishi sababli mexanik asfiksiyada dastlab nafas olishni reflektor 
to’xtashi to’g’ridan to’g’ri karotid sinuslarni bosilishi sababli kelib 
chiqadi. Boshqa holatlarda bo’yinni yirik tomirlari, traxeyani 
bosilishi, ayrim xollarda bo’yin umurqalarini sinishi, yurak 
to’xtashiga bir muncha boshqacha patogentik ko’rinish beradi. 
Cho’kish vaqtida suv tezda nafas yo’llarini to’ldirishi mumkin, bu 
alveolalardagi 
oksigenatsiya 
jarayonini 
to’xtatadi. 
Boshqa 
holatlardagi o’limlarda ovoz tirqishini kritik spazmi sabali 
gipoksiyani kritik darajasi kelib chiqadi. Tana orqali elektr tokini 
o’tishida, hayotiy funksiyalarni kritik buzilishi mexanizmi kuzatiladi.
Terminal xolatni uch bosqichli tasnifi keng tarqalgan: 
predagoniya, agoniya, klinik o’lim. Undan tashqari, reanimatsion 
muolajalardan keyingi holat ham kiritiladi.
Predagonal holat:
umumiy karaxtlik, hushida emas, qon bosimi 
aniqlanmaydi, pereferik qon tomirlarda puls aniqlanmaydi, lekin son 
va uyqu arteriyalarida aniqlanadi; nafas olishni buzilishi xansirash, 
sianoz va teri qoplamlari va shilliq qavatlarini rangparligi kuzatiladi.


524 
Agonal holat:
quyidagi simptomokompleks asosida aniqlanadi: 
hushini yo’qligi va ko’z reflekslarini yo’qligi, qon bosimi 
aniqlanmaydi, yirik arteriyalarda juda sust va pereferik tomirlarda 
aniqlanmaydi; auskultatsiyada yurak tonlari sust eshitiladi; EKGda 
yurak ritmini buzilishi va gipoksiya belgilari qayd qilinadi.
Klinik o’lim:
qon aylanishini butunlay to’xtashidan keyin, nafas 
va markaziy nerv sistemasini funksional aktivligini yo’qolishi bilan 
qayd qilinadi. O’pkalarni ishlashini to’xtashidan so’ng almashinuv 
jarayonlari keskin susayadi, lekin anaerob glikoliz hisobiga to’liq 
to’xtamaydi. Shu sababli klinik o’lim holatidan qaytarish mumkin, 
uni davomiyligi nafas va qon aylanishini to’liq to’xtashidan keyingi 
bosh miyani yashashi bilan bog’liq bo’ladi.
Shu o’rinda miya va biologik o’lim tushunchalarini eslatib o’tish 
mumkin.
“Miya o’limi”
holati (dekortikatsiya) - miya yarim sharlarini 
orqaga qaytmas zararlanishida qayd qilinadi. Lekin erta davrlarda 
(klinik o’limni birinchi soat va kunlarida) bu tashxisni qo’yish juda 
murakkab.
Biologik o’lim 
umumlashtirilgan
 
ko’rinishda xayotiylikni orqaga 
qaytmas buzilishida aniqlanadi. Uni ob’yektiv belgilari bo’lib 
gipostatik dog’lar paydo bo’lishi ko’rsatadi, xaroratni tushishi va 
murda tanasia mushaklarni qattiqlashishi aniqlanadi. Ko’pincha 
potensial sog’lom odamlarda tez o’lim holatlarida bosh miyani 
o’rtacha yashashi 3 daqiqani tashkil qiladi. Undan so’ng bosh miyada 
orqaga qaytmas o’zgarishlar yuzaga keladi. Halok bo’lishni erta 
davrlarida o’limni barcha turlarida uchta klinik belgilar triadasi 
aniqlanadi; nafasni yo’qolishi (apnoe), qon aylanishini to’xtasht 
(asisitoliya), hushini yo’qolishi (koma).
Spontan nafasni to’liq to’xtashi (apnoe) vizual aniqlanadi – 
nafas ekskursiyasini yo’qligi bilan. Apnoeni vizual diagnostikasi 
reanimatologdan kuchli diqqatlilikni, aniq va tez harakatni talab 
qiladi. To’liq obturatsiya tashhisi sun’iy nafasni bosim ostida 
berganda o’tmasligida qo’yiladi. Nafas yo’llarini o’tqazuvchanligini 
shoshilinch tiklash quyidagi harakatlarni bajarish bilan erishiladi: 


525 
bemor qulay holatda yotqiziladi; boshini orqaga qilinadi, o’pkaga 
havo yuborishga harakat qilinadi. Yurak urishini to’xtashi 
simptomiga – son va uyqu arteriyalarida puls yo’qolishiga 
asoslanadi. Puls yo’qligi – yurakni yopiq massajiga o’tishga belgi 
hisoblanadi. Yurak va nafas faoliyatini tiklanish zahotiyoq miya va 
organizmni sovutish choralariga o’tiladi, ya’ni miyani va a’zolarni 
gipoksiyaga chidamliligini oshiruvchi dorilarni yuboriladi.
 
Xulosa qilish murakkab, agarda reanimatsion muolajalardan 
so’ng qon aylanishi tiklansa-yu, lekin xushiga kelmasa, sun’iy nafas 
berish davom ettiriladi. Jonlantirishni erta bosqichlarida “miya 
o’limi” haqida gapirish murakkab, shu sababli reanimatsion 
muolajalarni davom ettirish lozim. Koma xolatini 6 soatdan uzoq 
davom etishida miya faoliyatini to’liq tiklanishiga umid kamayadi
chuqur komada 24 soatdan keyin keskin kamayadi; 48 soatdan keyin 
yo’qoladi.

Yüklə 4,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə