517
Lassar pastasi; 3 %
vodorod peroksid eritmasi; 96% spirt; steril va
ishlatilgan shariklar uchun buyraksimon tog’orachalar.
Kolostomiyani parvarishlash texnikasi
Muolaja rezina qo’lqopda bajariladi.
1.
Tog’oraga bir nechta sharik solinadi va vodorod peroksid quyiladi.
2.
Sharik pinset bilan olinadi, kolostoma atrof terisi pereferiyadan
ichak teshigi tomon tozalanadi.
Tozalash bir necha bor
takrorlanadi.
3.
Kolostoma atrof terisi spirtli sharik bilan artiladi.
4.
Kolostoma atrofiga shpatel bilan qalin qilib maz yoki pasta
surtiladi.
5.
Kolostomaga vazelin bilan namlangan salfetka, ustidan yana paxta
bilan salfetka qo’yiladi.
6.
Bog’lam bint bilan yoki bandaj, maxsus tasma bilan
mahkamlanadi.
Izoh.
Maz yoki pasta terini ichak hosilasi
bilan zararlanishi oldini
olar ekan, uni har kuni artib tashlash kerak emas. Aksincha ustiga har
kuni yangidan surtish lozim. Bu maz juda ifloslanib ketsagina artib
tashlanadi va o’rniga qayta surtiladi.
Tsistostomani parvarishlash
Tsistostoma
– siydik qopini qov usti sohasi oqmasidir va siydik
qopi, siydik yo’llari jarohatida, prostata bezi gipertrofiyasida, chanoq
a’zolari funksiyasi buzilishi bilan kechuvchi orqa miya jarohatlarida
qo’yiladi.
Maqsad.
Tsistostoma atrof terisi yallig’lanishini oldini olish.
Ko’rsatma.
Har kuni siydik qopini yuvgandan so’ng.
Kerakli anjomlar
. Furatsilinning 1:5 000 eritmasi,
kumush
nitratning 1:5 000 yoki kaliy permanganatning och-pushti rang
eritmasi; 3 % vodorod peroksid eritmasia; 96% spirt; Jane shpritsi;
steril pintset; steril paxta
shariklar va doka salfetkalar; siydik
yig’gich; suvli hammom idishi; siydik yig’ish uchun konteyner;
leykoplastir yoki maxsus teshikli kamar; rezina qo’lqop.
Tsistostomani parvarishlash bosqichlari:
518
Siydik qopiga oqma orqali Petsser
yoki Maleko kateteri
o’tkaziladi. Bu kateterlar uchida kengayish bo’lib, tushib ketishini
oldini oladi. Manipulyatsiya rezina qo’lqopda bajariladi.
1.
Furatsillin yoki kumush nitrat eritmasi idishdagi suvli hammomda
+38 °С isitiladi va Jane shpritsiga 100-150 ml olinadi.
2.
Petsser kateteri siydik yig’adigan konteynerdan uziladi.
3.
Kateterga Jane shpritsi ulanadi va siydik qopi antiseptik eritma
bilan yuviladi, siydik yig’gichga chiqariladi.
4.
Siydik yig’gich konteyner yuviladi yoki yangisiga almashtirib
kateterga ulanadi.
5.
Kateter atrofi perikis vodorodga namlangan paxta bilan artiladi.
6.
Tsistostoma atrof terisi spirt bilan artiladi.
7.
Quruq aseptik bog’lam qo’yiladi. Bunda salfetka o’rtasigacha
kesiladi va kateter atrofidan aylantirib joylashtiriladi.
Ustidan
ikkinchi salfetkani ham shunday kesib qarama-qarshi tomondan
qilib joylashtiriladi.
8.
Salfetkalar leykoplastir yoki bandaj bilan mahkamlanadi.
Izoh
. Tsistostomadan (epitsistostoma) siydik yaxshi chiqishi uchun
bemorni yon tomonga aylantirib turish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: