Kasbiga kirish


Kolostomiyani parvarishlash



Yüklə 4,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə293/310
tarix28.11.2023
ölçüsü4,51 Mb.
#138294
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   310
Tibbiyot kasbiga kirish (1)

Kolostomiyani parvarishlash 
Axlatli oqma (kolostoma)
– bu notabiiy orqa teshik bo’lib, axlat 
massalarini chiqarish uchun xizmat qiladi. Asosan chap yonbosh 
sohaga qo’yiladi.
Maqsad.
Kolostoma atrof terisini yallig’lanishini oldini olish.
Ko’rsatma.
Har gal axlat kelgandan keyin tozalash maqsadida.
Kerakli anjomlar.
Steril doka salfetkalar va paxta shariklar; 
steril pinset, shpatel; qaychi; steril vazelin moyi; sink mazi yoki


517 
Lassar pastasi; 3 % vodorod peroksid eritmasi; 96% spirt; steril va 
ishlatilgan shariklar uchun buyraksimon tog’orachalar. 
Kolostomiyani parvarishlash texnikasi 
Muolaja rezina qo’lqopda bajariladi.
1.
Tog’oraga bir nechta sharik solinadi va vodorod peroksid quyiladi.
2.
Sharik pinset bilan olinadi, kolostoma atrof terisi pereferiyadan
ichak teshigi tomon tozalanadi. Tozalash bir necha bor 
takrorlanadi.
3.
Kolostoma atrof terisi spirtli sharik bilan artiladi.
4.
Kolostoma atrofiga shpatel bilan qalin qilib maz yoki pasta 
surtiladi.
5.
Kolostomaga vazelin bilan namlangan salfetka, ustidan yana paxta 
bilan salfetka qo’yiladi.
6.
Bog’lam bint bilan yoki bandaj, maxsus tasma bilan 
mahkamlanadi. 
Izoh. 
Maz yoki pasta terini ichak hosilasi bilan zararlanishi oldini 
olar ekan, uni har kuni artib tashlash kerak emas. Aksincha ustiga har 
kuni yangidan surtish lozim. Bu maz juda ifloslanib ketsagina artib 
tashlanadi va o’rniga qayta surtiladi.
Tsistostomani parvarishlash 
Tsistostoma
– siydik qopini qov usti sohasi oqmasidir va siydik 
qopi, siydik yo’llari jarohatida, prostata bezi gipertrofiyasida, chanoq 
a’zolari funksiyasi buzilishi bilan kechuvchi orqa miya jarohatlarida 
qo’yiladi.
Maqsad.
Tsistostoma atrof terisi yallig’lanishini oldini olish.
Ko’rsatma.
Har kuni siydik qopini yuvgandan so’ng.
Kerakli anjomlar
. Furatsilinning 1:5 000 eritmasi, kumush 
nitratning 1:5 000 yoki kaliy permanganatning och-pushti rang
eritmasi; 3 % vodorod peroksid eritmasia; 96% spirt; Jane shpritsi; 
steril pintset; steril paxta shariklar va doka salfetkalar; siydik 
yig’gich; suvli hammom idishi; siydik yig’ish uchun konteyner; 
leykoplastir yoki maxsus teshikli kamar; rezina qo’lqop. 
Tsistostomani parvarishlash bosqichlari: 


518 
Siydik qopiga oqma orqali Petsser yoki Maleko kateteri 
o’tkaziladi. Bu kateterlar uchida kengayish bo’lib, tushib ketishini 
oldini oladi. Manipulyatsiya rezina qo’lqopda bajariladi.
1.
Furatsillin yoki kumush nitrat eritmasi idishdagi suvli hammomda 
+38 °С isitiladi va Jane shpritsiga 100-150 ml olinadi.
2.
Petsser kateteri siydik yig’adigan konteynerdan uziladi.
3.
Kateterga Jane shpritsi ulanadi va siydik qopi antiseptik eritma 
bilan yuviladi, siydik yig’gichga chiqariladi.
4.
Siydik yig’gich konteyner yuviladi yoki yangisiga almashtirib 
kateterga ulanadi.
5.
Kateter atrofi perikis vodorodga namlangan paxta bilan artiladi.
6.
Tsistostoma atrof terisi spirt bilan artiladi.
7.
Quruq aseptik bog’lam qo’yiladi. Bunda salfetka o’rtasigacha 
kesiladi va kateter atrofidan aylantirib joylashtiriladi. Ustidan 
ikkinchi salfetkani ham shunday kesib qarama-qarshi tomondan 
qilib joylashtiriladi.
8.
Salfetkalar leykoplastir yoki bandaj bilan mahkamlanadi.
Izoh
. Tsistostomadan (epitsistostoma) siydik yaxshi chiqishi uchun 
bemorni yon tomonga aylantirib turish tavsiya etiladi.

Yüklə 4,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə