Kasbiga kirish



Yüklə 4,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə290/310
tarix28.11.2023
ölçüsü4,51 Mb.
#138294
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   310
Tibbiyot kasbiga kirish (1)

 


511 
Nazorat savollari: 
1. “Vegetativ buzilish sindromi” qanday bilinadi?
2. “Astenik sindrom» qanday bilinadi? 
3. “Fobiya sindrom» qanday bilinadi? 
4. Bolalar bilan ishlaydigan tibbiyot xodimlari nimalarni bilishi va 
nimalarga ahamiyat qilishi lozim? 
5. Vrachlar operatsiyadan oldingi va keyingi davrda bolalarning 
qanday psixologik muammolariga duch kelishadi? 
6. Tibbiyot xodimini bemor bola yaqinlari va qarindoshlari bilan 
muloqot qilish taktikasi qanday?
 
SHIFIKOR TOMONIDAN OPERATSIYADAN KEYINGI 
DAVRDA BAJARILADIGAN MUOLAJALAR AHAMIYATI. 
ICHAK VA SIYDIK OQMASI BO’LGAN BEMORLARNI 
PARVARISHLASH 
 
Operatsiyadan 
so’nggi 
davr 
to’g’risida 
tushuncha. 
Operatsiyadan so’nggi davr – bu operatsiya tugagandan to bemorning 
kasalxonadan tuzalib chiqib, mehnat faoliyati tiklanguncha bo’lgan 
davri hisoblanadi. Operatsiya hajmi, xarakteri va bemor umumiy 
holatiga ko’ra bu davr bir necha kundan bir necha oygacha 
cho’zilishi mumkin. Xirurgik operatsiya natijasi operatsiyadan 
so’nggi davr qanday olib borilishiga bog’liq bo’ladi. Bu davrda 
bemorlarni parvarishda o’rta tibbiyot xodimi o’rni juda katta. Vrach 
ko’rsatmasini to’g’ri va o’z vaqtida bajarish, bemorga to’g’ri 
munosabatda bo’lish bemorni tezroq sog’ayishi garovi hisoblanadi.
Kichik 
operatsiyalardan 
keyin, 
asosan 
mahalliy 
og’riqsizlantirilib qilingan operatsiyalardan keyin bemor bolani 
umumiy palataga qo’yiladi. Ko’krak yoshidagi bolani onasi qo’liga 
beriladi. Katta operatsiyalardan keyin bemor maxsus jihozlangan, 
reanimatsion yordam ko’rsatishga mo’ljallangan operatsiyadan 
keyingi palatalarga o’tkaziladi. Operatsiya xonasidan bemor bolani 
operatsiyadana keyingi palataga o’tkazish vrach-anesteziolog yoki 
operatsiyadana keyingi palata hamshirasi yordamida amalga 


512 
oshiriladi. Bu vaqtda bemorga qo’shimcha jarohat yetkazmaslik, 
bog’lamni surib yubormaslik, gipsni sindirmaslikka katta ahamiyat 
berish lozim. Operatsion stoldan bemorni katalkaga o’tkaziladi va 
unda operatsiyadana keyingi palataga olib boriladi. Katalka zambili 
bilan krovatni oyoq tomoniga to’g’rilab qo’yiladi. Keyin katalkadan 
bemorni qo’lda olib krovatga yotqiziladi. Bemorni boshqa holatda, 
ya’ni zambilni krovatni bosh tomoniga to’g’rilab ham yotqizsa 
bo’ladi

Yüklə 4,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə