Kasbiga kirish



Yüklə 4,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə286/310
tarix28.11.2023
ölçüsü4,51 Mb.
#138294
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   310
Tibbiyot kasbiga kirish (1)

Isituvchi kompress 
Ta’sir mehanizmi:
Qon tomirlarni uzoq vaqt kengayishini 
ta’minlaydi. Bu teri va teri osti a’zolariga qon kelishini ko’paytiradi, 
natijada yallig’lanish o’chog’larida so’rilish va og’riq qolishi 
kuzatiladi.
Ko’rsatma: 

Halqum, bo’g’im, plevra, emizikli ayollarda sut bezlari, teri, 
o’rta quloq yallig’lanish jarayonlari. 

In’yeksiyadan keyingi infiltratlar. 

Boylamlar cho’zilishi va lat yeyishi (jarohatdan bir kun 
o’tgandan keyin). 


504 
Qarshi ko’rsatma: 

O’rta quloq yiringli yallig’lanishi (otit). 

Teri qoplami butunligi buzilishi. 

Teridagi allergik va yiringli toshmalar (furunkul, karbunkul). 

Tana yuqori harorati. 
Kerakli anjomlar: 

Bint, doka, paxta. 

Kompress qog’oz yoki kleyenka. 

40 % etil spirt. 

Lotok. 

Qaychi. 

Ishlatilgan materiallar uchun lotok. 
Bajarilish ketma-ketligi: 
1.
Kompress qo’yiladigan tana sohasi hajmidagi 8 qavatli doka 
tayyorlanadi (nam qavat). 
2.
Doka salfetkaaning har tomonidan 1-2sm chiqib turadigan qilib 
kompress qog’oz yoki kleyonka kesib olinadi (izolyatsiya 
qavati). 
3.
Kompressda qog’ozdan 1-2 sm katta paxta tayyorlanadi 
(isituvchi qavat). 
4.
Kompressni mahkamlovchi bint tayyorlanadi. 
5.
Doka salfetka 40% etil spirt bilan namlanadi. 
6.
Ehtiyotkorlik bilan yig’irilma hosil qilmasdan salfetka bemor 
tanasiga qo’yiladi. 
7.
Ustidan kompress qog’oz va paxta qo’yiladi (kompress qog’oz 
qochmasligi, paxta ikkala qavatni ham bosib turishi lozim). 
8.
Kompress bint bilan o’rab mahkamlanadi, bunda qon aylanishi 
va germetikligi buzilmasligi lozim (rasm.3). 
9.
1-2 soatdan keyin kompress effektivligi bog’lam ostiga barmoq 
tiqib ko’rish bilan tekshiriladi. Agar salfetka nam va issiq 
bo’lsa, kompress to’g’ri qo’yilgan hisoblanadi. 
10.
Kompress 6-8 soatga qoldiriladi (asosan tunda). 


505 
11.
Kompress yechiladi va uning effektivligi tekshiriladi 
(salfetka nam va issiq bo’lishi lozim). 
12.
Kompress yechilgandan so’ng teriga quruq iliq bog’lam 
qo’yiladi. 
Asorati:
teri matseratsiyasi (ta’sirlanishi), kuyish. 
Izoh: Quloqqa kompress qo’yganda birinchi va ikkinchi qavatlarda 
quloq suprasi uchun teshik qilinadi; - Uzoq vaqt kompress 
qilinganda 1-2 kun tanaffus qilinadi; - Qayta kompress oldingi 
kompress yechilgandan kamida 1 soat o’tgandan so’ng qo’yiladi. 
Teri tirnalishini oldini olish maqsadida oldin teri 45% etil spirti 
bilan tozalanadi, quruq qilib artiladi va teriga vazelin yoki kamfora 
moyi surtiladi.

Yüklə 4,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə