Kasbiga kirish



Yüklə 4,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə285/310
tarix28.11.2023
ölçüsü4,51 Mb.
#138294
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   310
Tibbiyot kasbiga kirish (1)

Isitkichni ishlatish 
Ta’sir mehanizmi:
silliq mushaklarni reflektor bo’shashishini 
chaqiradi, ichki a’zolarga qon kelishini kuchaytiradi, og’riq 
qoldiruvchi va bo’shashtiruvchi ta’sir qiladi.
Ko’rsatma: 

Umumiy yoki mahalliy isitish. 

Qorin bo’shlig’i a’zolarini surunkali kasalliklari (gastrit, kolit, 
asoratlanmagan oshqozon va 12 barmoq ichak yarasi). 

Gipertonik kriz. 

Yallig’lanish infiltratlari. 
Qarshi ko’rsatma: 

Qorin bo’shlig’i a’zolari o’tkir yallig’lanish kasalliklari 
(appenditsit, xoletsistit, pankreatit, peritonit). 

O’smalar, qon ketish holatlari, birinchi soatlardagi lat 
yeyishlar va jarohatdan keyingi birinchi kunlar. 

Infitsirlangan yaralar. 
Kerakli anjomlar: 

Rezina isitkich. 

70 °C haroratli suv. 

Sochiq yoki kichik choyshab. 

Vazelin. 

1% xloramin eritmasi. 
Bajarish ketma-ketligi: 
1.
Isitkichning 2/3 qismi suv bilan to’ldiriladi (rasm.2). 
2.
Isitkichni siqib og’zigacha suv keltiriladi va havosi chiqariladi. 
3.
Isitkich og’zidagi probkani yaxshilab buraymiz. 
4.
Isitkich og’zi pastka qaratiladi va germetikligi tekshiriladi. 
5.
Isitkich quruq qilib artiladi. 
6.
Isitkich kichik choyshabga o’raladi. 
7.
Bemorga isitkich beriladi (terida pigmentatsiya bo’lmasligi 
uchun teriga vazelin moyi surtiladi). 


503 
8.
5 daqiqadan keyin teri qizib ketgan yoki ketmaganligi 
tekshiriladi (yaqqol giperemiya). 
9.
Isitkich sovugandan so’ng olinadi. 
10.
Istikich ishlatib bo’lingandan so’ng dezinfeksiya qilinadi. 
Asorati: 

Kuyish. 

Teri pigmentatsiyasi. 
Izoh: terida shishi bor va terisi sezuvchanligi past, Shuningdek 
bolalarga juda issiq bo’lmagan isitkich ehtiyotlik bilan qo’yiladi. 
Kompress 
Kompress
(lat. compression – bosmoq, siqmoq) – doka yoki 
boshqa mato bilan qo’yilgan ko’p qavatli davolovchi bog’lam, asosan 
paxta, yog’li qog’oz yoki suv o’tkazmaydigan plyonka bilan birga 
ishlatiladi. 
Ko’rsatma:
lat yeyish va jarohatdan keyingi birinchi soatlar
burun va gemorraidal qon ketishlar, lixoradkani ikkinchi davri. 
Qarshi ko’rsatma:
qorindagi spastik og’riqlar, kollaps, shok. 
Kerakli anjomlar:
muz bilan sovuq suv, bir necha qavat qilingan 
doka. 
Muolajani bajarish bosqichlari: 
1.
Tayyorlangan doka sovuq suvga botiriladi va ozgina siqiladi. 
2.
Kompress tanani kerakli joyiga qo’yiladi. 
3.
Doka har 2-3 daqiqada almashtiriladi (qizib ketishiga qarab). 

Yüklə 4,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə