Kasbiga kirish



Yüklə 4,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə283/310
tarix28.11.2023
ölçüsü4,51 Mb.
#138294
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   310
Tibbiyot kasbiga kirish (1)

 
Nazorat savollari: 
1.
Narkoz deganda nimani tushunasiz? 
2.
Anesteziologiya – bu…? 
3.
Narkozning qaysi turlari tafovut qilinadi? 
4.
Narkozga ishlatiladigan dorilar tanaga qaysi yo’llar bilan 
kiritiladi? 
5.
Narkozning asoratlarini sanab o’ting? 
6.
Tana haroratini o’lchash texnikasini tartibini ayting? 
7.
Pul’sni aniqlash va tekshirish tartibini ayting? 
8.
Arterial bosimni tekshirish tartibini ayting? 
 
BEMORNI OPERATSIYA OLDI DAVRIDA SHIFOKOR 
TOMONIDAN OLIB BORILISHI LOZIM BO’LGAN 
MUOLAJALARNING AHAMIYATI. 
XANTAL, KOMPRESS VA ISITGICHLAR QO’YISH 
 
Bemor kasalxonada yotib operatsiyaga tayyorlanayotgan vaqti 
operatsiya 
oldi 
davri 
deyiladi. 
Bemorni 
operatsiyaga 
tayyorlayotganda operatsiya turi, og’irlik darajasi, asosiy hayotiy 
a’zolar holati (yurak, o’pka, jigar, buyrak) va og`riqsizlantirish turini 
inobatga olish kerak.
Tibbiyot hodimi vazifasi – bemorni tinchlantirishdir.
Tibbiyot 
hodimini bemorga yaxshi va o’z vaqtida to’gri muomalasi bemor 
bolani tez tuzalishini garovidir. Bolaga toza havo juda zarur. Qishda 


498 
bolani issiq kiyintirib xonani shomollatib turish zarur. Yozda esa 
derazalarni doimo ochiq holda, iloji boricha setka bilan qo’yish 
lozim. Ko’rpa va choyshablarni toza tutish, qoqib turish lozim, ularda 
yig’ilmalar hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik lozim, kamida haftasiga 
bir marta almashtirib turish zarur. Agar bolada siydik tuta olmaslik 
alomati bo’lsa to’shak usti kleyonka bilan qoplangan bo’lishi, ustidan 
choyshab to’shalishi lozim,Bolani har kuni cho’miltirish, har 
ovqatdan oldin qo’lini yuvish, ko’p terlasa terini toza, quruq sochiq 
bilan artib turish va kiyimlarini tez-tez almashtirib turish lozim. Tana 
harorati ko’tarilib turadigan bolalarda doimo quruq lablar bo’ladi. 
Shu sababli kuniga bir necha bor lablarni tuzsiz sariyog’ yoki vazelin 
bilan namlab turish kerak bo’ladi. Har ichi kelganda albatta bolani 
oraliq sohasini yuvish kerak.
Bemor bolalar ko’pincha injiq va ta’sirchan bo’ladi. Gigienik va 
davo muolajalari, ovqatlantirishlar ko’pincha bola tomonidan 
qarshilik bilan kutib olinadi. Shu sababli ham vrach bolaga kamroq 
psixik va jismoniy jarohat yetkazmasdan muolajalarni bajarishi, 
sabrli bo’lishi lozim. Bemor bolalarga operatsiya kerakligi to’g’ri 
tushuntirilishi, operatsiya natijasi yaxshi chiqishiga ishontirish lozim. 
Misol tariqasida shunga o’hshash operatsiyadan yaxshi bo’lib 
tuzalgan bemorlarni keltirib o’tish kerak.
Yuqoridagi holatlarni tushuntirishda hamshira ham vrach bergan 
ko’rsatmalarga mos holatda tushuntirish o’tkazishi lozim. Moboda 
vrach va hamshira tushuntirishlarida qarama-qarshilikni bemor sezsa, 
unda tibbiyot xodimiga nisbatan ishonchsizlik kuzatiladi. Kasallik 
tarixini bemor qo’liga tushishidan saqlash lozim. Aks holda maxsus 
tayyorgarlikka ega bo’lmagan bemor bola kasallik tarixidagi 
ma’lumotlarni noto’g’ri tushunishi mumkin.
Teri 
qoplamlarini ko’zdan kechirganda yiringdonlar, 
yallig’lanish infil’tratlari borligiga ahamiyat qilish lozim. 
Operatsiyadan oldin teridagi hamma yallig’lanish o’chog’larnini 
davolash zarur, bo’lmasa operatsiyadan keyingi davrda bu 
yiringdonlar endogen infeksiya o’chog’i bo’lishi va og’ir asortalarga 
olib kelishi mumkin, hattoki yiringli jarayonni butun organizmga 


499 
tarqalishigacha. Operatsiyadan bir kun oldin bemor bola vanna qabul 
qilishi zarur. Operatsiya maydonidagi sochlarni operatsiya kuni 
tozalanadi. Sanitar tozalash ishlari issiq dush xonasida o’tkaziladi. 
Agar vanna tavsiya etilgan bo’lsa suv harorati 36-37°Cdan 
oshmasligi kerak. Organizm himoya funksiyasi pasaymasligi uchun 
bolani sovuq qotishdan asrash lozim. 
Kuniga ikki marta bemor tana haroratini o’lchash lozim. 
Haroratni o’lchash vaqti asosan ertalab uyqudan uyg’ongach va 
kechqurun kunduzgi uyqudan keyin soat 16-17 larda. Mabodo tana 
haroratini tez-tez o’lchash kerak bo’lsa vrach ko’rsatma beradi. 
Xonada tinch holat hosil qilish lozim. Bolada kunduzi ham, kechasi 
ham tinch uyqu bo’lishi lozim. Hamma kuzatuv natijalarini hamshira 
yozib borishi shart. Ushbu yozuvlar uchun bemorga alohida hamshira 
varag’i ochiladi. Unda tana haroratini belgilash, ishtahasi, ichi 
kelishi, siyishi, qusish va h.o.lar to’g’risida ma’lumotlar bo’ladi.
Bemor bolada operatsiya o’tkazish uchun albatta ota-onasidan 
yoki vasiylaridan yozma rozilik olinishi shart. Ularga operatsiya 
mohiyati, og’irlik darajasi, kuzatilishi mumkin bo’lgan asoratlar 
to’g’risida tushuntirish o’tkazish lozim. Ushbu qoidaga faqat 
shoshilinch operatsiyaga muhtojlik bo’lgan va Shu paytda ota-ona 
kelmagan holat bo’lsa amal qilinmaydi. Bunday paytda operatsiyaga 
ko’rsatma kamida ikkita vrach konsiliumi asosida qabul qilinadi.
Bo’lim boshlig’i va bosh shifokor qabul qilingan qaror to’g’risida 
ogohlantiriladilar. 
Operatsiyani o’tkazish muddati kasallik xarakteriga bog’liq 
bo’ladi. Operatsiya bolani turli yoshida, hattoki yangi tug’ilgan 
paytida ham o’tkaziladi. 
Operatsiyaga tayyorlash kasallik xarakteriga, bemor yoshiga va 
umumiy holatiga bog’liq bo’ladi. Og’ir operatsiyalardan oldin 
funksional diagnostika usullaridan foydalanib to’liq tekshiruvlar 
o’tkazilishi shart. Bemorni operatsiyaga tayyorlashda psixologik 
faktor katta rol o’ynaydi. Bunda ota-ona, tarbiyachi va bolaning 
do’stlari yordami zarur bo’ladi.


500 
Ko’krak yoshidagi bolalar bir kun oldin soat 22:00 gacha 
ovqatlantiriladilar. Kattaroq yoshli bolalarga yengil kechki ovqat 
beriladi. Operatsiyagacha 3 soat qolganda bolaga shirin choy berish 
mumkin. U 2 soatdan keyin so’riladi va qusish chaqirmaydi. 
Operatsiya bo’ladigan bemorlarga surgi dori berilmaydi. Bir kun 
oldin kechqurun va operatsiya kuni ertalab huqna qilinadi.
Bemorni shoshilinch operatsiyaga tayyorlash.
Qisqacha 
anamnez yig’iladi, umumiy ko’rik: perkussiya, auskultatsiya va 
paypaslash o’tkaziladi. Umumiy qon, siydik tahlili, rentgenoskopiya 
yoki rentgenografiya, maxsus ko’rsatmalar bo’yicha boshqa 
tekshiruvlar qilinadi. Qabul bo’limida bemor ahvoliga qarab chala 
yoki to’liq sanitar tozalash o’tkaziladi. Shoshilinch holatlarda bemor
kiyimi yechiladi, nam gubka bilan tana artiladi, sochli qismi olinadi. 
Oshqozon to’la bo’lsa zond yordamida bo’shatiladi. Huqna 
qilinmaydi. Siyishda qiyinchilik bo’lsa siydik qopiga kateter 
qo’yiladi.

Yüklə 4,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə