Kasbiga kirish


NARKOZ TUSHUNCHASI, TURLARI, ASORATLARI



Yüklə 4,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə279/310
tarix28.11.2023
ölçüsü4,51 Mb.
#138294
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   310
Tibbiyot kasbiga kirish (1)

 
NARKOZ TUSHUNCHASI, TURLARI, ASORATLARI 
BO’YICHA SHIFOKORNING BEMOR BILAN MULOQOT 
QILISHINING AHAMIYATI 
 


491 
Narkoz
(yun. narcosis – karaxtlik) – sun’iy yo’l bilan (ba’zi 
kimyoviy moddalar va boshqa omillar ta’sirida) hosil qilinadigan 
chuqur uyqu holati, bunda kishi hech narsani sezmaydi, ixtiyoriy 
harakat qila olmaydi, es-hushi butunlay yoki qisman yo’qoladi. 
Qadim zamonlardan beri bemorlarni jarrohlik usulida davolash 
vaqtida insonning yuqori og’riq sezgisini yengib o’tish muammosini 
hal qilish zarurati olimlar va shifokorlarni tashvishga solib kelgan. 
Qadim zamonlardan buyon insoniyat og’riqsizlantirishning ishonchli 
va xavfsiz usullarini aniqlash maqsadida izlanishlar olib bormoqdalar 
va hozirgi kunda og’riqsizlantirish usullarini o’rganadigan alohida 
fan ham mavjud bo’lib, bu anesteziologiya fanidir. Hozirgi kunda 
anesteziologiya fani og’riqsizlantirish usullarini takomillashtirish 
yo’lida izlanishlarni davom ettirib, umumiy og’riqsizlantirish vaqtida 
tanada salbiy ta’sir va keyingi asoratlarni kamaytirishga alohida 
e’tibor berilmoqda. 
Anesteziologiya
– og’riqsizlantirish to’g’risidagi fan bo’lib,
operatsiya jarohatining bemor tanasiga nojo’ya ta’siridan himoya 
qilish 
usullarini 
o’rganadi. 
Zamonaviy 
nuqtai 
nazardan, 
anesteziologiya – tanani jarrohlik jarohati va uning oqibatlaridan 
himoya qilish, jarrohlik aralashuvi vaqtida hayotiy funksiyalarni 
nazorat qilish va boshqarishdir. Jarrohlik amaliyoti odam organizmi 
uchun nafaqat og’riqli, balki ma’lum bir darajada agressiv omil ham 
hisoblanib, buning natijasida organizmda kompensatsiya-adaptiv 
reaksiyalar kompleksini ham keltirib chiqaradi. 
Anesteziyaning asosiy turlari. 
Umumiy og’riqsizlantirish
(anesteziya) – sun’iy tarzda markaziy 
asab tizimining faoliyatini susaytirish bo’lib, bunda bemor chuqur 
uyqu holatida bo’ladi va bu jarayon qayta orqaga qaytarilishi 
mumkin. Narkozda kishi hech narsani sezmaydi, ixtiyoriy harakat 
qila olmaydi, es-hushi butunlay yoki qisman yo’qoladi, reflekslarning 
ayrim turlari ham yo’qoladi. 
Mahalliy og’riqsizlantirish
– inson organizmining ma’lum bir 
qismini, kishi ongi yoki es-hushini saqlab qolgan holda, sun’iy 
ravishda og’riq sezuvchanligini yo’qotishdir. 


492 
Anesteziyaga 
tayyorgarlik.
Bemor 
anestezilog 
ko’rikdan 
o’tkazilib, quyidagilar aniqlanishi shart: 

bemor umumiy ahvolini baholash; 

anesteziya o’tkazilishiga nojuya ta’sir qiluvchi omillarni bemor 
anamnezidan so’rab aniqlash; 

klinik va laborator ma’lumotlarini baholash; 

jarrohlik va anesteziya xavfini aniqlash; 

anesteziya usulini tanlash; 

premedikatsiya xarakterini aniqlash. 
Premedikatsiya
– narkozning kishi organizmiga operatsiya 
paytida va operatsiyadan keyingi davrdagi asoratlarini kamaytirish 
maqsadida dori preparatlarini kiritishdir. 
Premedikatsiya vazifalari: 

bemor hissiy qo’zg’alishlarini pasaytirish; 

neyrovegetativ stabilizatsiya; 

bemor 
organizmining 
tashqi 
ta’sirotlarga 
reaksiyasini 
kamaytirish; 

anestetiklarning ta’siri uchun qulay sharoit yaratish; 

narkozda ishlatiladigan dorilargp allergik reaksiyalarning oldini 
olish; 

so’lak bezlari sekretsiyasini kamaytirish. 
 
Anestetik moddalarni tanaga kiritish yo’li bo’yicha umumiy 
og’riqsizlantirish turlari: 
1. Nafas yo’llari orqali (ingalyatsion)
(anestetik moddalar bemorning 
nafas olish sistemasiga bug’ shaklida kiritiladi va alveolalar orqali 
qonga tarqaladi): 
a) maskali; 
b) traxeya ichi. 
2. Tomir orqali. 
3. Kombinatsiyalashgan
(odatda narkozning ilk bosqichlarida 
anestetiklar tomir orqali tanaga kiritilsa, so’nggi bosqichlarida esa 
nafas yo’llari orqali kiritiladi). 
Umumiy og’riqsizlantirishning asoratlari: 


493 

Laringit, traxeobronxit. 

Nafas yo’llari obsruksiyasi – tilni burish, tish yoki 
protezlarning nafas olish yo’llariga kirishi). 

O’pka atelektazi. 

Zotiljam 

Yurak-qon tomir tizimi faoliyatida buzilishlar: kollaps, 
taxikardiya, yurak ritmini buzilishi va hatto fibrilatsiyaga yoki 
yurak faoliyatining to’xtashi. 

Intubatsiyadagi shikastlanishlar (halqum, hiqildoq va traxeya 
shikastlanishlari). 

Oshqozon-ichak traktining motor faoliyatidagi buzilishlar: 
ko’ngil aynishi, qusish, regurgitatsiya, aspiratsiya, ichak 
parezi. 

Siydikning tutilishi. 

Gipotermiya. 

Miya shishi. 

Yüklə 4,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə