Kasbiga kirish


Tana haroratini o’lchash texnikasi



Yüklə 4,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə280/310
tarix28.11.2023
ölçüsü4,51 Mb.
#138294
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   310
Tibbiyot kasbiga kirish (1)

Tana haroratini o’lchash texnikasi 
Maqsad:
bemorning 
holatini 
kuzatish. 
Kasalxonada 
davolanayotgan barcha bemorlar kuniga 2 marta tana harorati 
o’lchanadi: ertalab soat 6-8 da va kech soat 16-18 larda, va yana 
zarurat bo’lganda ham o’lchanadi. 
Zarur ashyolar: 
• 
Tibbiy termometr. 
• 
Buyrak shaklidagi idish (lotok yoki maxsus tog’ora). 
• 
Sochiq. 
• 
Harorat qayd qilinadigan daftar. 
• 
Harorat varag’i. 
• 
Dezinfeksiyalovchi eritma uchun idish. 
• 
Toza termometrlarni saqlash uchun idish. 
• 
Momiq paxta. 
Qo’ltiq ostidagi haroratni o’lchash 
Amalni ketma-ketligi: 
1.
Termometrni ehtiyotkorlik bilan 34ºCgacha silkiting. 


494 
2.
Bemor o’tirtiriladi yoki yotqiziladi, bemor yonida issiq suvli 
shisha, muz to’plami yoki isitish asboblari (grelka) yo’qligiga 
ishonch hosil qiling. 
3.
Mahalliy yallig’lanish jarayonini inkor qilish uchun qo’ltiq 
sohasini ko’zdan kechiring, chunki o’lchov natijalari ortiqcha 
baholanishi mumkin. 
4.
Qo’ltiq sohasini quruq sochiq bilan arting, chunki namlik 
simobni sovutishi mumkin. 
5.
Termometrni qo’ltiq ostiga qo’ying, simob rezervuarining tana 
terisiga har tomonda tegib turganligiga ishonch hosil qiling 
(rasm.1). 
6.
Kuchsizlangan, holsiz bemorlarni yelkasini tanasiga biroz siqib 
turishga yordam bering. 
7.
10 daqiqadan so’ng termometr ko’rsatgichini ko’ring va bemor 
haroratini aniqlang. 
8.
Agar harorat 37°C yoki undan yuqori bo’lsa, o’lchov natijasini 
haroratni qayd qilish daftariga yozib qo’ying. 
9.
Ishlatilgan termometrni dezinfeksiyalang. 
10.
Termometrni 
suv 
bilan 
dezinfeksiyalovchi 
hid 
yo’qolguncha yuvib tashlang va toza sochiq artib quriting. 
11.
Termometrni tagiga paxta qatlami mavjud toza quruq 
idishga solib qo’ying. Idishga "Toza termometrlar" degan 
yozuvni yozing. 
12.
Harorat jadvalidagi o’lchov natijasini grafik yozuv 
ko’rinishida kiriting (bitta katakchanin farqi 0,2°C). 

Yüklə 4,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə