Kasbiga kirish


Vegetativ buzilish sindromi



Yüklə 4,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə288/310
tarix28.11.2023
ölçüsü4,51 Mb.
#138294
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   310
Tibbiyot kasbiga kirish (1)

 
Vegetativ buzilish sindromi 
ko’p hollarda o’tib ketuvchi 
vegetativ krizlar – puls tezlashishi, yurak sohasida og’riq va nohush 
his, bosh og’rig’i, og’iz qurishi arterial qon bosimi oshishi, qo’l va 
oyoqlar uvishishi va sovuq qotishi, qaltirash holida namoyon bo’ladi. 
Shuningdek bemorlar yurak “to’xtab qolishi” va og’riq hissini, 
noto’g’ri urishini sezadilar, ko’krak qafasini kimdir bosib turganga 
o’xshaydi, bosh aylanadi, qo’rquv va bezovtalik bo’ladi. Ba’zan 
ushbu krizlar “vahima xuruji” deb baholanadi.
 
Astenik sindrom.
Klinik jihatdan quyidagicha namoyon bo’ladi: 
ko’p charchash, mehnat faoliyatini susayishi, xotira va diqqatni 
pasayishi, yuqori qo’zg’aluvchanlik, ta’sirchanlik oshishi, emotsianal 
va kayfiyat o’zgaruvchanligi. Bu holatdagi bemorlarga shoshqaloqlik 
va kutishni yoqtirmaslik, tashqi sensor ta’sirlarga yuqori 
sezuvchanlik xos bo’ladi. Astenik sindromga uyquni buzilishi, uxlay 
olmaslik, tunda ko’p uyg’onib ketish xosdir. 
 
Fobiya sindromi.
Nevrotik fobiyalar qo’rquvni “shilqim” g’oya 
shaklida o’rnashib olishidir. 
Ipoxondriya – o’z holatiga noadekvat yondoshuv bo’lib, 
sog’lig’i yomonlashishidan o’ta darajada qo’rqish, sog’liq to’g’risida 
gap ochilsa diqqat bilan tinglash, o’zida yo’q kasalliklarni ham bor 


507 
deb gumon qilish holatidir. Asosan bu patologik holat hisoblanib, 
psixologik korreksiya va psixologik suhbatlarni talab etadi. 
Har xil darajadagi 
depressiv buzilishlar 
ham katta ahamiyatga 
ega. Bunday holatda o’z joniga qasd qilish fikri paydo bo’ladi, attoki 
amalda qo’llashga harakat bo’ladi. Yurak dekompensatsiyalangan 
yetishmovchiligida, jigar sirrozi va uremiyada ham o’tkir psixik 
holatni buzilishlari ro’y berishi mumkin. Psixik holatni buzilishi tana 
haroratini ko’tarilishi bilan kechuvchi boshqa somatik kasalliklarda, 
yuqumli kasalliklarda (ko’proq gripp) kuzatilishi mumkin. Bemorlar 
atrof-muhitga oriyentatsiya qila olishmaydi, savollarga qiyinchilik 
bilan yoki kuttirib javob berishadi, ba’zan nutq va harakatni buzilishi 
(psixomotor qo’zg’alish yoki stupor) kuzatiladi. 
Tibbiyot xodimi shuni bilish kerakki, qo’shimcha 
hayajonlanish 
va bezovtalik
bor bo’lgan nevrotik va nevrozsimon simptomlarni 
kuchaytirish mumkin. Har doim davo jarayonida psixik va somatik 
holatni bir-biriga uzviy bog’liqligini unutmaslik lozim.
Bolalar orasida bo’lgan tibbiyot xodimlari har doim 
bemorlarning 
psixologik 
xususiyatlarini

his 
qilishlarini, 
hissiyotlarini inobatga olishlari lozim. Bolalarni holatini yaxshiroq 
tushunish uchun bolani shaxsiy psixologik holatini bilishdan tashqari 
oiladagi sharoitni, ota-onasini sotsial kelib chiqishini, mansabini ham 
bilish lozim. Bularni hammasi bemor bolani kasalxonada to’g’ri 
parvarishlash va davo natijasini yaxshilashga yordam beradi.
Bola bilan muloqot qilganda his qilish katta ahamiyatga ega, 
ya’ni bemorning qayg’usini tushunishga harakat qilish. Shoshmasdan 
bola bilan suhbatlashish qayg’udan ustun turuvchi shaxsiy 
xususiyatlarni aniqlashga olib keladi va to’g’ri tashxis qo’yishda 
yordam beradi. Nafaqat bolani shikoyatini majburlikdan eshitish 
kerak, balki eshitgan gaplariga yaxshi e’tibor berib yondashishi 
lozim. Tibbiyot xodimini iliq munosabatini ko’rib bemor tinchlanadi, 
vrach esa bola to’g’risida qo’shimcha ma’lumotga ega bo’ladi.
Agarda buni teskarisi bo’lsa, ya’ni yuqori va qattiq tonda muomala 
qilish, mensimay gaplashish bemor va tibbiyot xodimi o’rtasida iliq 
munosabatlar yuzaga kelishiga to’sqinlik qiladi. 


508 
Tibbiyot xodimi bolalarga ota-onasi yo’qligini bildirmay, ularni 
o’rnini bosishi lozim. Asosan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar ota-onasi 
yonida yo’qligini qiyin qabul qiladi. SHunga qaramay ular yangi 
sharoitga tezda moslashadi va tinchlanadi. Bunday hollarda ota-onani 
tez-tez kasalxonaga kelishi bola psixikasini shikastlanishiga olib 
kelishi mumkin. Adaptatsiya davrida (3-5 kun) ota-onalarni tez-tez 
kelishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Bu davrdan keyin ota-onalar va 
bemor yaqinlari bolani ko’rishga biror bir ish sababli kela olishmasa 
hamshira ularga xat yozishlarini, narsalar berib yuborishlarini 
maslahat berishi lozim.
Kasalxonada bolani uy sharoitiga o’hshash yaxshi psixologik 
sharoitni (o’yinlar o’ynash, televizor ko’rish va h.o) yaratishda 
tibbiyot xodimi katta rol o’ynaydi. Toza havoda sayr qilish bolalarni 
yaqinlashtiradi, hamshirani yaxshi muomalasi esa bolalarni yangi 
sharitga moslashishini osonlashtiradi.
Kasalxona kollektivi orasida yaxshi munosabat o’rnatish, ahil 
bo’lish, ishni yaxshi olib borish bolalarni parvarishlash va 
davolashda yuqori natijalarga olib keladi. Kollektivda har bir ishchi 
o’z vazifasiga ega bo’ladi. Post hamshirasi kun tartibiga qat’iy rioya 
qilishi, vrach ko’rsatmalarini to’g’ri bajarish, kichik tibbiyot xodimi 
esa palatalarni tozazalash, bolalarni toza tutishi loxim. Hamshira 
bolalar orasida bo’lar va ularni kuzatar ekan, bolaning shaxsiy 
xususiyatlarini ko’rish, o’zaro muloqotlari xarakterini kuzatishi 
lozim. Bunday hamshira vrachga yaxshi yordamchi bo’ladi, chunki u 
kasalxonada sog’lom muhitni paydo bo’lishida katta rol o’ynaydi. 
Psixologik muammolarga 

Yüklə 4,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə