Kasbiga kirish



Yüklə 4,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə291/310
tarix28.11.2023
ölçüsü4,51 Mb.
#138294
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   310
Tibbiyot kasbiga kirish (1)

 
Hozirgi vaqtda
 
umumiy narkoz stida o’tkazilgan murakkab 
operatsiyalardan keyin bemor 2-4 kunga reanimatsiya bo’limiga 
o’tqaziladi. Keyinchalik bemor ahvoli yaxshilanishiga qarab 
operatsiyadan so’nggi palataga yoki umumiy palataga o’tkaziladi. 
Operatsiyadan so’nggi palata katta bo’lmasligi lozim (ko’pi bilan 2-3 
bemorga mo’ljallangan).
Bu palatada markazlashgan kislorod 
berish tizimi va reanimatsion yordam ko’rsatishga kerak bo’ladigan 
hamma instrumentlar jamlanmasi, apparatlar, dori vositalari bo’lishi 
shart.
Asosan bemorga ma’qul joylanishni amalga oshirishga imkon 
beradigan fuksional krovatlar bo’ladi. Krovatga tagidan kleyenka 
qo’yilgan toza oqlik solingan bo’ladi. Bemorni krovatga yotqizishdan 
oldin oqliklar isitgich bilan isitiladi. 
Bemorni kuzatish va parvarishlash. 
Operatsiyadan keyingi 
davrda bemorni kuzatish va parvarishlashda vrach roli katta ahamiyat 
kasb etadi. Bemor shikoyatini tinglash, bemorni yuzi holatiga 
(stradalgik, xotirjam, tetik va h.o.), teri rangiga (rangpar, qizargan, 
ko’kargan) va tana haroratiga (tushishi, normal, ko’tarilishi) 
ahamiyat qilish lozim. Har kuni bemorni umumiy ko’rikdan 
o’tkazish kerak. Hayotiy muhim a’zolar faoliyatini doimo kuzatib 
turish lozim. Har xil asoratlarni oldini olish – bu to’g’ri tashkil 
qilingan bemorni parvarishidir. 
Yurak qon-tomir faoliyatini puls, arterial bosim, teri rangi 
baholaydi. Puls sekinlashib to’liqligini kuchayishi (daqiqada 40-50 
zarba) markaziy nerv sistemasini buzilishi (bosh miya shishi yoki 
bosh miyaga qon quyilishi), meningit sababli bo’lishi mumkin. Puls 


513 
tezlashib to’liqligini susayishi (daqiqada 100 zarba) ikkilamchi 
shokdan yoki qon ketishdan dalolat beradi. Agarda ushbu holat 
birdan, ko’krak qafasida og’riq va qon tuflash bilan boshlansa o’pka 
arteriyasi emboliyasi to’g’risida o’ylash mumkin. Bu holda bemor bir 
necha soniyada o’lib qoladi.
Operatsiyadan so’nggi davrda operatsiya turi, hajmidan qat’iy 
nazar o’pka ventilyatsiyasi kamaydi (yuzaki, tez nafas olish). Bu 
holat o’pka nafas ekskursiyasini kamayishi (og’riq, bemorni majburiy 
holati), bronxlarga suyuqlik to’planishi (balg’amni yaxshi 
ko’chmasligi) bilan bog’liq bo’ladi. Bunday holatlar nafas 
yetishmovchiligiga va o’pka yallig’lanishiga olib keladi. Nafas 
yetishmovchiligi va operatsiyadan keyingi davrda o’pka 
yallig’lanishini profilaktikasi: bemorni erta aktiv harakatlantirish
davolovchi 
fizkultura, 
massaj, 
davriy 
ravishda 
kislorod 
ingalyatsiyasi, antibiotikoterapiya, balg’am ko’chiruvchi dorilar 
berish.
Har bir operatsiya hazm qilish a’zolari faoliyatiga ta’sir 
ko’rsatadi, hattoki ushbu a’zolarda operatsiya o’tkazilmagan bo’lsa 
ham. Markaziy nerv sistemasini tormozlovchi ta’siri, operatsiyadan 
keyingi davrda bemor harakatini cheklanishi hazm qilish a’zolari 
disfunksiyasiga olib keladi. Hazm qilish a’zolari “oynasi” – tildir.
Til qurishi organizmni ko’p suv yo’qotishini va suv 
almashinuvini buzilganini bildiradi. Zich oq karash bilan qoplangan 
quruq, yorilgan til esa qorin bo’shlig’i a’zolari patologiyasi – 
peritonit, ichaklar parezini bildiradi.
Og’iz quriganda og’iz bo’shlig’ini nim tuzli suv, yoriqlar 
bo’lganda esa soda eritmasi (bir stakan suvga 1 choy qoshiq), 2% bor 
kislotasi, vodorod pereoksid eritmasi (bir stakan suvga 2 choy 
qoshiq), 0,05-0,1% kaliy permanganat eritmasi bilan chayish, 
glitserin surtish tavsiya etiladi. Og’iz qurish fonida stomatit (og’iz 
shilliq qavati yallig’lanishi) yoki parotit (quloq orldi bezi 
yallig’lanishi) rivojlanishi mumkin. Salivatsiyani kuchaytirish 
maqsadida suvga limon yoki klyukva soki qo’shiladi.


514 
Ko’ngil aynish va qusish narkoz, intoksikatsiya, ichak tutilishi, 
peritonit tufayli kelib chiqadi. Ko’ngil aynish va qusishni sababini 
aniqlash lozim. Birinchi yordam: boshni yon tomonga buriladi, 
burundan ingichka zond o’tkaziladi va oshqozon yuviladi.
Meteorizm sababi bo’lib ichak parezi yoki ichaklarda gaz 
yig’ilishi hisoblanadi. Meteorizmni bartaraf etish uchun bemorni tez-
tez turg’azish, gaz chiqaruv naycha qo’yish, tozalovchi yoki 
gipertonik klizmalar qilish tavsiya etiladi.
Bemorni aktiv hvrvkatlantirish qabziyatni oldini oladi. Ovqat
kletchatkaga boy bo’lishi, ichni yumshatish effektiga (prostokvasha, 
kefir, mevalar) ega bo’lishi lozim. Huqna qilsa ham bo’ladi.
Normada bemor sutkasiga 1500 ml siydik ajratadi. Ba’zi 
holatlarda buyraklar faoliyati buziladi (intoksikatsiya, nerv-reflektor 
va h.o. sabablar), to siydik ajratishni to’xtashigacha – anuriyagacha. 
Ba’zan buyrak normal ishlashi fonida siydik ajralishi vaqtincha 
to’xtaydi – ishuriya, asosan nerv-reflektor sababga ko’ra. Ishuriyada 
bemor ahvoli ko’tarsa bemor turg’iziladi, o’tqiziladi, qorin pastki 
sohalariga isitkich qo’yiladi, isitilgan tuvakka o’tqaziladi, tog’oraga 
suv tomiziladi (reflektor ta’sir). Bu muolajalar natija bermasa siydik 
qopiga kateter qo’yiladi.
Operatsiyadan so’nggi davrda psixika holati katta ahamiyatga 
ega. Injiq bemor rejim va ko’rsatmalarni yomon bajaradi. Shu sababli 
ham ularda yara bitishi asoratli bo’ladi. Operatsiyadan so’nggi 
davrda nerv-psixik zo’riqishni kamaytirish lozim. Bu esa nafaqat dori 
bilan, balki yaxshi parvarish bilan amalga oshiriladi.

Yüklə 4,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə