Kasbiga kirish



Yüklə 4,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə292/310
tarix28.11.2023
ölçüsü4,51 Mb.
#138294
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   310
Tibbiyot kasbiga kirish (1)

Bog’lamni kuzatish
Narkozdan uyg’onayotganda bemor 
qimirlab bog’lamni olib tashlashi yoki surib qo’yishi mumkin. Bu esa 
yaradan qon ketishiga yoki yara ifloslanib yiringlashiga olib kelishi 
mumkin. Ba’zida bola uxlab yotganda ham bog’lam qon bilan 
ifloslanib qolishi mumkin. Povyazka mojet propitat’sya krov’yu i pri 
spokoynom sostoyanii bol’nogo. Bunday holatlarda hamshira tezda 
vrachni ogohlantirishi kerak va ifloslangan bog’lam almashtirilishi 
lozim.


515 
Terini parvarishlash
Terini noto’g’ri parvarishlasak suyak 
chiqib turgan joylarda yotoq yaralar paydo bo’lishi mumkin.
 
Klinik 
jihatdan bu teri qizarishi bilan namoyon bo’ladi. Keyinchalik bu 
sohada to’qima o’ladi, teri ko’chadi, to’qimalarni yiringli 
parchalanishi 
yuzaga 
keladi. 
Yotoq 
yaralar 
profilaktikasi: 
operatsiyadan keyingi davrda bemorni aktiv holatga keltirish, terini 
kamfora spirti bilan artib turish, massaj, tanani yumshatib turuvchi 
yumshoq doira balonchalarni ishlatish. Davolash: antiseptik eritma 
bilan tozalash, Vishnevskiy mazi bilan bog’lam qo’yish, 5% kaliy 
permanganat eritmasida yuvish. Defekatsiyadan keyin albatta oraliq 
soha yuvilishi lozim. Ayollarda defekatsiya bo’masa ham har kuni 
oraliq soha yuvilishi lozim.
Bolalar sovuq qotishga juda sezgir bo’lishadi. Shu sababli ham 
operatsiya xonasi, operatsiyadan keyingi xonada ham havo harorati
 
20-22°S bo’lishi kerak. Chala tug’ilgan va chaqaloqlarda alohida 
maxsus xonalar bo’lishi lozim. U yerda havo harorati 22-26°S 
bo’lishi kerak. Havo harorati 34-37°С bo’lgan ochiq yoki yopiq 
kyuvezlar bo’lishi ham maqsadga muvofiqdir.
Operatsiyadan 
keyin 
bemor 
narkozdan 
uyg’onguncha 
chalqancha gorizontal holatda yotishi lozim. Birdan bosh tomonini 
ko’tarish tavsiya etilmaydi, sababi bolani kollapsga tushishiga olib 
kelishi mumkin. 
Qusish paytida bemorni yonida kuzatib turish kerak. Bunday 
paytda bola boshini yonboshga burish lozim. Qusishdan keyin bemor 
og’zi paxta bilan artiladi. Operatsiyadan keyingi kuni tanani yuqori 
qismi 30° burchak ostida ko’tarilishi lozim. Asosan bu davrda drenaj 
naychalar va kateterlarga ehtiyot bo’lish kerak. Sababi bola ulardan 
tezroq xalos bo’lishni xohlaydi va qo’li bilan yulib tashlashi mumkin. 
Agar mahalliy og’riqsizlantirish ostida operatsiya bo’lgan bo’lsa 
suv (shirin choy) ichirish mumkin. Umumiy narkozda operatsiya 
bo’lgan bo’lsa 4-6 soatdan keyin, shuningdek qusish bo’lmasa 
suyuqlik beriladi.
Bemorni ovqatlantirish 6-8 soatdan keyin boshlanadi. Ovqat 
turi, tarkibi bolani yoshiga, kasallik xarakteriga va operatsiya turiga 


516 
bog’liq bo’ladi. Suv-tuz va oqsil o’rnini to’ldirishga, yetarli 
vitaminlar berishga katta ahamiyat beriladi. 
Gaz chiqarish maqsadida har kuni orqa teshikka gaz chiqaruv 
naycha qo’yish tavsiya etiladi. 
Bolalardagi 
xususiyatlardan 
biri 
shuki, 
kichkina 
operatsiyalardan keyin ham tana harorati 40-41°Cgacha ko’tarilishi 
mumkin.
Shuningdek operatsiya bo’lgan bolalar talvasaga tushishga 
moyil bo’ladilar. Talvasa gipoksiya, giperkapniya, novokain dozasini 
oshirganda, gipertermiya holatida bosh miyani narkotik modddalar 
ta’sirida ta’sirlanishida yuzaga kelishi mumkin.
Hamshira har kuni asosiy funksional ko’rsatkichlarni yozib 
borishi lozim: puls, nafas, arterial bosim, harorat, ichilgan va 
chiqarilgan suyuqlik (siydik, plevra yoki qorin bo’shlig’idan chiqqan 
suyuqlik) miqdori.

Bemorni turishiga faqat vrach ruxsat beradi.



Hozirgi vaqtda 
operatsiya turi va og’irligiga qarab erta turish (2-3 sutkada) tavsiya 
etiladi.
Kichik operatsiyalardan keyin (appendektomiya, churrani 
kesish) choklar 7-8-sutkada olinadi. Qorin bo’shlig’i (oshqozon 
rezeksiyasi, 
xoletsistektmoiya), 
ko’krak 
qafasi 
ochilgan 
(pulmoektomiya, lobektomiya) operatsiyalardan keyin choklar 9-10 
sutkada olinadi. Choklar faqat tibbiy instrument yordamida olinadi, 
aseptik bog’lam qo’yiladi.
Operatsiyadan keyingi asorat o’tkazilgan operatsiyaga yoki 
narkozga bog’liq bo’ladi.

Yüklə 4,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə