Kasbiga kirish


Bemorlarni operatsiyadan keyingi davrda ovqatlantirish



Yüklə 4,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə295/310
tarix28.11.2023
ölçüsü4,51 Mb.
#138294
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   310
Tibbiyot kasbiga kirish (1)

Bemorlarni operatsiyadan keyingi davrda ovqatlantirish
Ovqatlantirish bemorning qaysi kasallik bo’yicha operatsiya 
bo’lganligi turiga va qancha davom etganligiga bog’liq. 
OIT bilan operatsiya bo’lgan bemorlar birinchi kun enteral 
ovqatlantirilmaydi, keyingi kunlardan cheklangan (bulyonlar, kisel, 
suxarik va boshqalar) stol №1a yoki 15a, keyin umumiy stol №15ga 
o’tkaziladi. 
OITni yuqori qismi bilan operatsiya bo’lgan bemorlarga birinchi 2 
kun enteral ovqatlantirilmaydi. Faqat parenteral ovqatlantiriladi: vena 
ichiga qon o’rnini bosuvchi dorilar, glyukoza, oziqlantiruvchi 
huqnalar. 2-3 kundan stol №0 (bul’on, kisel) 4-5 kundan stol №1a 
(qotgan non qo’shiladi); 6-7 kundan stol №16 (kashasimon 
ovqatlar); agar asorati bo’lmasa 10-12 kundan umumiy stol №15 
buyuriladi. 
Qorin bo’shlig’i operatsiyalarida, lekin OIT (o’t qopi, oshqazon osti 
bezi, taloq) butunligi buzulmaganda stol №13 (bul’on, sho’rvalar, 
kisel, jigar, olma) tavsiya etiladi. 
Yo’g’on ichak operatsiyalarida bemorga 4-5 kun ichi kelmasligini 
ta’minlash kerak. Bunga ovqat suyuq formada kam miqdorda beriladi 


521 
va 8-10 tomchi opiya beriladi. 
Og’iz bo’shlig’i operatsiyalarida burun orqali oshqozonga zond 
qo’yiladi va zond orqali (suyuq ovqatlar) ovqatlantiriladi. 
OITga bog’liq bo’lmagan operatsiyalarda operatsiyadan 1-2 
kunlardan keyin stol №1a yoki №1b buyuriladi, keyinchalik stol 
№15 ga o’tkaziladi.
 
Ovqat tarqatish va ovqatlanirish 
Ovqat shifoxonani hamma bo’limlariga yagona oshxonada 
(ovqat pishiradigan joy) tayyorlanadi. Hamma bo’limlarda ovqat olib 
keladigan va tarqatadigan mas’ul shaxs markerda yozilgan 
haroratdan izalatsiyalangan idishda ovqatni olib keladi. Har bir 
bo’lim oshxonasida (tarqatish) ovqat isitish uchun plitalar mavjud 
bo’ladi, kerak bo’lsa ovqatni isitish uchun, birinchi suyuq ovqat va 
issiq ichimliklar 75°Cdan past, ikkinchi ovqat esa 65°Cdan past va 
salqin ovqat va ichimliklar 7-14°Cdan past bo’lmasligi kerak. 
Ovqatni ovqat tarqatadigan hamshira yoki xona hamshirasi 
tarqatadi. 
Yura oladigan bemorlar bo’lim oshxonasiga chiqadi. Yotoq 
rejimidagi bemorlarga ovqat tarqatadigan hamshira yoki xona 
hamshirasi oborib beradi. Ovqat tarqatishdan oldin xalat (tarqatish 
uchun) kiyishlari shart, farroshlar ovqat tarqatilgan paytda oshxonani
tozalash ishlarini olib borishmaydi. 
Ovqat tarqatish paytida bemorlar davo muolajalarini va 
fizioterapiyalarni toxtatib turishlari kerak. Kichik tibbiyot xodimi 
og’ir bemorlarga qo’lini yuvishga yordam berishlari kerak. Biroz 
bosh qismi ko’tariladi, agar qarshi ko’rsatmalar bo’lmasa. O’zi 
ovqatini yeya olmaydigan bemorlarga kichik tibbiyot xodimi yordam 
berish kerak. Suyuq ichimliklarni maxsus piyola idishida beriladi, 
suyuq ovqatni qoshiqlab bersa xam bo’ladi. Ovqat paytida bemor 
gaplashishi mumkun emas, ovqat massasi gapiryotgan paytida nafas 
yo’liga tushishi mumkun. Bemorni ovqatni oxirigacha yemasa 
zo’rlash kerak emas. Bir ozdan so’ng ovqatni isitib berish mumkun
Ovqatdan 20-30 daqiqadan so’ng bush idishlarni olish kerak.


522 
Bir xil kasalliklarda og’iz orqali ovqatlanish qiyin yoki ilojisi 
bo’lmaydi (og’iz kasalliklarida, qizilo’ngach, oshqazon kasalliklarda 
va hushini yo’qotganda). U payt zond bilan oziqlantiriladi, ya’ni 
sun’iy ovqatlantiriladi. Sun’iy ovqatlantirish burun orqali va og’iz 
orqali qo’yilgan oshqazondagi zond orqali, yoki gastrastoma orqali 
ovqatlantiriladi. 

Yüklə 4,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə