Kasbiga kirish


Qusayotgan bemorlarga birinchi yordam ko’rsatish



Yüklə 4,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə298/310
tarix28.11.2023
ölçüsü4,51 Mb.
#138294
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   310
Tibbiyot kasbiga kirish (1)

 
Qusayotgan bemorlarga birinchi yordam ko’rsatish 
Qusish
– oshqozon massalarini to’satdan og’iz orqali chiqishi. 
Qusish uzunchoq miyada joylashgan qusish markazini buyrug’i bilan 
yuzaga keladi. Bu markazga impulslar oshqozondan, ichaklardan, 
jigar, buyrak, bachadon, vestibulyar apparatdan va oliy nerv 
tizimidan (masalan yoqimsiz xid sababli) kelishi mumkin. Shu 
qatorda qusish xar xil toksik moddalar va dorilarni qusish markaziga 
ta’siri natijasida yuzaga kelishi mumkin.


527 
Ko’p xolatlarda qusishdan oldin ko’ngil aynashi, so’lak ajralishi, 
tez va chuqur nafas olish bilan boshlanishi mumkin.
Qusishni qayt qilishdan farqlash lozim. Qayt qilish odatda qorin 
mushaklari va diafragmani xarakatisiz, bu oshqozonni ovqat yoki 
havo bilan to’lishi sababli yuzaga keladi.
Bolalarda, ayniqsa erta yoshli bolalarda, qusish ko’p uchraydi. 
Bolalarda qusish ximoya funksiyalarini rivojlanmaganligi, qusuq 
massalarini nafas yo’llariga tushishi xavfi bilan ayniqsa xavfli.
Qusishda dastlabki yordam ko’rsatish.
1.
Agar bolada qusish kuzatilsa uni yolg’iz qoldirmaslik kerak.
2.
Qusuq massalarini nafas yo’llariga tushishini oldini olish 
maqsadida bolani yonbosh xolatida yotqizish lozim.
3.
Xar bir qusishdan so’ng bolani og’zini toza suv bilan yuvish 
lozim (20 grammlik shprits yoki sprinsofka yordamida) va terini 
qusuq massalari tushgan sohalarini yuvish kerak.
4.
Qusish sababini aniqlamaguncha bolani ovqatlantirish yoki unga 
dori vositalarini bermaslik kerak.
Muz xaltasini qo’yish
Muz xaltasini qo’yish asosan tanani zararlangan sohasiga qon 
kelishini kamaytirish maqsadida qo’llaniladi. Xaltani qo’llash uy 
sharoitidagi fizioterapiya muolajasiga kiritish mumkin. Quruq sovuq 
gipotermik effekt sababli qon tomirlarini torayishiga olib keladi, 
Sovuq nerv ta’sirchanligini kamaytiradi va og’riq kamayadi.
Xaltadagi muzni erishi sekin davom etganligi sababli tibbiyotda 
xozirgacha keng qo’llaniladi.
Muz xaltasini qo’yishga ko’rsatma:
1.
Qon ketish (ichki va tashqi) 
2.
Lat yeyishlar (dastlabki kunlarda). 
3.
Harorat ko’tarilganda
4.
Komatoz xolatida 
5.
Hashoratlar chaqishida. 
6.
Qorin bo’shlig’idagi o’tkir yallig’lanish jarayonlarida. 
7.
Operatsiyadan keyingi davrlarda. 


528 
Muolajaga tayyorlash:

Muz bo’lakchalari yoki katta bo’lagi olinadi, 2-3 qavat 
choyshabga o’raladi, katta bo’lagi bo’lsa urib maydalanadi. 
Katta bo’lagini o’zini ishlatish taqiqlanadi.

Toza choyshab yoki sochiq tayyorlanadi

Muz uchun toza idish olinadi. 

Sovuq suvli idish tayyorlanadi.
Muz xaltasini qo’llash texnikasi:

Muz xaltasini qo’yishdan oldin qo’yiladigan sohani ko’zdan 
kechirish lozim. Yallig’lanish, tirnalish, qizarish yo’qligini 
aniqlash kerak.

Muz xaltasi asosan boshni peshona va ensa sohalariga, ko’krak 
qafasiga, qorin sohasiga, yirik qon tomirlar sohasiga (chov, 
qo’ltiq osti sohalari) qo’yiladi.

Ko’krak yoshidagi bolalarga bosh sohsiga muz xalta qo’yish 
mumkin emas. Bu xolatlarda sovuq kompresslar qo’llash 
mumkin.

Yüklə 4,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə