Kasbiga kirish



Yüklə 4,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə300/310
tarix28.11.2023
ölçüsü4,51 Mb.
#138294
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   310
Tibbiyot kasbiga kirish (1)

 
yumshoq
 
mato
(
doka) bilagn 
artiladi. Sochiqni bir uchi namlanadi va quloq orqasi, bo’yin, yelka, 
ko’krak qafasi, dumba, qo’ltiq osti va chov burmalari, qo’l-oyoqlar 
artiladi. Keyin quruq tomoni bilan yana o’sha sohalar artib quritiladi.
Yotoq yara — yumshoq to’qimalar (teri va teri osti qavati)
nekrozidir. Ko’pincha yotoq yaralar nimjon bolalarda dumg’aza, 
kurak, son suyagi boshi, tirsak, tovon sohalarda, ya’ni yumshoq 
to’qima o’rin va suyak orasida bosilib eziladigan sohalarda uchraydi.
Yotoq yaralarni rivojlanishiga terini noto’g’ri parvalishlash, 
yomon va noto’g’ri yoyilgan choyshab sababchi bo’lib, ular teri va 
teri osti qavatida qon aylanishini buzadi. Oldin teri oqaradi, keyin 
qizaradi, shishadi va epidermis ko’chadi. Pufakchalar va teri nekrozi 
hosil bo’lishi mahalliy o’zgarishlarni kuchayganidan va yotoq 
yaralarni erta belgilarini tibbiyot xodimi to’liq baholamaganidan
dalolat beradi. Og’ir holatlarda nafaqat yumshoq to’qimalar, balki 
suyak usti pardasi, hattoki suyak ham zararlanadi. Infeksiyani 
qo’shilishi sepsisni rivojlanishiga olib keladi. 
Yotoq yaralarni oldini olishga har kuni bemor bolani yonga 
aylantirish (agar ahvoli ko’tarsa), choyshabni yig’ilib qolgan 
sohalarini to’g’rilash, ovqat qoldiqlaridan tozalash, terini 
dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan artish kiradi. Uzoq vaqt yotadigan 
og’ir bemorlar ostiga kichik choyshab bilan o’ralgan rezina 
(shishirilgan) aylanalar qo’yiladi. Uni shunday qo’yish kerakki, 
dumg’aza aylana o’rtasida bo’lishi kerak. Agar terida qizarish paydo 
bo’lsa qon aylanishini yaxshilash uchun quruq sochiq bilan sekin 


532 
artiladi. Ultrabinafsha nurlantirishdan foydalaniladi. SHilingan teri 
sohalari sovuq suvda bolalar sovunida yuviladi, spirt bilan artiladi
keyin tal’k yoki oddiy pudra sepiladi.
Pufakchalar brilliant yashili bilan artiladi, quruq bog’lam 
qo’yiladi. Nekrozni chegaralash uchun vrach o’lgan to’qimalarni 
kesib olib tashlaydi, yara 1% kaliy permanganat eritmasiga 
namlangan steril salfetka bilan o’rab qo’yiladi. Keyinchalik 
hamshira kuniga 2-3 mahal bog’lamni almashtiradi va yara holati 
to’g’risida vrachga xabar berib turadi. Yara tozalanishiga qarab mazli 
(Vishnevskiy mazi, sintomitsin emul’siyasi va h.o.) bog’lamlar 
qo’llaniladi.
Bolalarda yotoq yaralarni paydo bo’lishi yomon parvarishdan
bo’lim tibbiy xodimlarini past tibbiy madaniyatidan, o’z vazifalariga 
sovuqqonlik bilan yondashishidan dalolat beradi.

Yüklə 4,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə