Kasbiga kirish



Yüklə 4,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə303/310
tarix28.11.2023
ölçüsü4,51 Mb.
#138294
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   310
Tibbiyot kasbiga kirish (1)

Terini parvarishlash 
Uzoq vaqt yotoq rejimda bo’lgan bemorlarni terisini 
parvarishlash katta ahamiyat kasb etadi. Terini ter, yog’ bezlari 


535 
sekreti yoki boshqa sekretlar bilan qoplanishi kuchli qichishishga, 
terini ikkilamchi infitsirlanishiga, ba’zi sohalarda (oyoq barmoqlari 
orasi, dumba, qo’ltiq osti bukilmalari) zamburug’ kasalliklarini, 
yotoq yaralarni rivojlanishiga olib keladi.
Qarshi ko’rsatma bo’lmasa haftasiga bir marta gigiyenik vanna 
yoki dush qabul qilinadi. YOtoq rejimdagi bemorlarni terisi spirt
odekolon, oshxona uksusi qo’shilgan iliq suv bilan namlangan 
tampon bilan har kuni artiladi. Ayniqsa bunda ter bezlari ko’p 
sohalar (ko’krak bezi osti, chov-son burmalari va h.o.) yaxshilab 
artiladi. Qo’llar har ovqatlanishdan oldin, oyoqlar haftasiga 2-3 marta 
yuviladi.
Oraliq va jinsiy a’zolar sohasi har kuni yuvilishi lozim. Og’ir 
bemorlarda bu kunora o’tkazilishi shart. Bunda idishdan iliq suv yoki 
kaliy permanganat kuchsiz eritmasi quyiladi va paxta tampon bilavn 
oldindan orqa teshikka qarab yuviladi. Ayollarda bu ketma-ketlik 
alohida qoidalar bo’yicha o’tkaziladi (har gal yangi tampon 
ishlatiladi ): chov burmasi; katta uyatli lablar sohasi; katta va kichik 
uyatli lablar burmasi; qin. SHu tartibda bu sohalar quritib artiladi. 
Erkaklarda balanopostitni oldini olish maqsadida olat kertmak terisi 
ochiladi va olat boshi yuviladi.
Qindan ajralma chiqqanda Esmarx krujkasiga maxsus qin 
uchligi ulanadi va sprinsirlash – qin devorlarini, bo’shlig’ini iliq suv, 
natriy gidrokarbonatning kuchsiz eritmasi, kaliy permanganat yoki 
natriy xlorning izotinik eritmasi bilan yuvish ishlatiladi.
Og’iz bo’shlig’ini parvarishlash 
Shaxsiy gigiyena qoidalarida og’iz bo’shlig’ini parvarishlar 
asosiy o’rin egallaydi. Og’ir bemorlarda, asosan yuqori tana harorati 
bilan bemorlarda immunitet tushib ketadi va og’iz bo’shlig’idagi 
borp bo’lgan mikroblar ko’payishiga yaxshi sharoit yuzaga keladi
natijada tishlar (pul’pit, periodontit, parodontoz), milk (gingivit),
tanglay shilliq qavati (stomatit) zararlanadi, og’iz burchagi yoriladi, 
lab qurub qoladi. 
Ularni oldini olish maqsadida bemor kuniga ikki marta tishini 
yuvishi lozim, har ovqatlangandan keyin og’zini chayishi shart. Og’ir 


536 
bemorlar og’zini 0,5% natriya gidrokarbonat, natriy xloridning 
izotonik eritmasi, kaliy permanganatni kuchsiz eritmasi bilan 
chayiladi. YAayish Jane shpritsi yoki rezina ballon yordamida 
bajariladi. Bunda suyuqlik nafas yo’liga tushmasligi kerak, bemor 
yarim o’tirgan holatda, boshini biroz oldinga egib yoki yotgan bo’lsa 
boshini yon tomonga burgan holda bo’lishi lozim. Suyuqlik yaxshi 
ketishi uchun og’iz burchagini shpatel bilan ochib turamiz. 
Og’iz 
bo’shlig’ining, 
halqum, 
mindalinlarning 
ba’zi 
kasalliklarida og’iz va halqum shilliq qavatidan surtma olamiz. Bu 
steril tampon bilan olinib, steril probirkaga solinadi. 

Yüklə 4,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə