Kasbiga kirish



Yüklə 4,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə299/310
tarix28.11.2023
ölçüsü4,51 Mb.
#138294
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   310
Tibbiyot kasbiga kirish (1)

 
Nazorat savollari: 
1. Terminal holat tushunchasi? 
2. Terminal holat davrlari? 
3. Terminal holatlarda bajariladigan muolajalar? 
4. Qusish nima? 
5. Zararlangan tana qismlariga muz xalta qo’yish qoidalari.
 
OG’IR XIRURGIK BEMORLARDA KIYIM–KECHAK VA 
OQLIKLARNI ALMASHTIRISHNING O’ZIGA XOS 
HUSUSIYATLARI, YOTOQ, YARALARNI OLDINI OLISH
 
Bolalar toza tutilishi, ko’rinishi chiroyli bo’lishi lozim. Tibbiy 
hodim bola sochini tarashi, tirnog’ini olishi, lozim bo’lsa kiyinishiga 
yordam berishi shart. Maktab yoshidagi bolalar umumiy rejimda 
bo’lsa o’zlari ertalab va kechqurun yuvinishi, tishini, qulog’ini 
yuvishi shart. Lozim bo’lsa bolaga tish cho’tkasidan qpnday 


529 
foydalanishni tushuntirish kerak. Erta va maktabgacha yoshdagi 
bolalarga g’amshira yordamlashishi kerak: masalan, qiz boallarni 
sochini shaxsiy tarog’i bilan tarashi, ertalab va kechqurun tashqi 
jinsiy a’zolarini iliq suvda oldidan orqaga qarab, orqa teshikka qarab 
yuvishi lozim. Xaftasiga bir marta tirnoqlarni tekshirishi, 7-10 kunda 
bir marta vanna qabul qildirishi kerak. Vanna qabul qilgan kuni 
o’rin-ko’rpalarini, kiyimlari almashtirilishi kerak. Lozim bo’lsa yotoq 
choyshablari va ichki kiyimlarini tez-tez almashtirish kerak 
 
O’rin-ko’rpa tarkibi. 
Krovat palataga shunday joylashtirilishi 
kerakki, unga har tomondan bemalol bora olinishi, bosh tomonni 
devorga qaragan bo’lishi lozim. Qo’shni krovatlar bilan orasi kamida 
1,5 m bo’lishi kerak. Krovat setkasi yaxshi tortilgan bo’lishi, yuzasi 
tekis, ustiga to’shak tashalgan, uning ustidan toza choyshab tashalib 
chetlari to’shak ostiga buklangan bo’lishi kerak, choyshab chetlari 
osilib, o’ralib yotmasligi kerak. Agar bemor choyshab ustida 
ovqatlansa, choyshabni qoqib qaytadan yoyish lozim. Paxta, par 
yostiqlar ustidan toza yostiqjild kiygizish kerak. Ko’rpa toza, yengil, 
issiq bo’lishi, yaxshi dezinfeksiyalanishi lozim. YOz oylvarida 
bemorlar matoli ko’rpalardan foydalanishi mumkin. Ko’rpa ustiga 
ko’rpajild kiygizili shart. Bolalar va keluvchilar boshqa krovatlarda 
o’tirishi mumkin emas. Ota-onalar stulda o’tirishlari kerak.
Ba’zi bemorlarga, ya’ni umurtqa pog’onasi, bo’g’imlar, ichki 
a’zolar patologik joylashganda (adashgan buyrak) krovat setkasi 
ustidan taxta, uning ustidan to’shak tashlanadi.
Og’ir bemorlar uchun maxsus 
funktsional krovatlar ishlatiladi, 
ularda 
bemorga kerakli holatlarni berish mumkini (masalan, yarim o’tirgan 
holat). Funktsional krovat panelli ramadan, ikkita suyanchiqdan, 
ikkita yon panjaradan, krovat usti stolidan va korzinadan tashkil 
topgan. Krovat paneli uchta harakatlanuvchi seksiyadan iborat: bosh, 
chano-son va oyoq. 
Yon panjaralar olinadi va yosh bolalarni himoya qilishi
shuningdek vena ichiga uzoq vaqt dori yuborishda bola qo’l-oyog’ini 
bintlashda yordamchi vazifani va h.o. bajaradi. Krovat usti stoli 
patnis va ikkita oyoqchadan tashkil topgan bo’lib, bevosita bemor 


530 
yuzi oldiga krovat ustidan qo’yiladi, agarda bemor yarim o’tirgan 
holatda bo’lsa. Tuvak uchun korzina bo’ladi. 
Har bir krovat yonida tumbochka bo’lib, bola shaxsiy gigiyena 
anjomlari, kiyimlari, o’yinchoqlari, kitoblar turadi. Tumbochka 
holatni hamshira nazorat qilib turadi.
O’rin-ko’rpa va kiyimlarni almashtirish
7-10 kunda bir marta 
vanna qabul qilingandan keyin amalga oshiriladi, lozim bo’lsa tez-tez 
ham almashtirilishi mumkin. Katta yoshli bolalar ahvoli qoniqarli 
bo’lsa o’zlari kiyinishadi, kichik yoshdagilarga hamshira yoki kichik 
tibbiy xodim yordamlashadi.
Og’ir, yotoq rejimdagi bemor kiyimlari almashtirilganda 
hamshira kuylak chetlaridan ushlaydi, olddin boshidan, kekeyin 
qo’lidan chiqarib yechintiradi. Toza kiyim shunga teskari ravishda 
kiygiziladi. Agarda bemor qo’li shikastlangan bo’lsa oldin sog’ 
qo’lidan, keyin kasal qo’ldan yechiladi. Kuylakni oldin kasal qo’lga, 
keyin sog’ qo’lga kiygiziladi.
Odatda bemor kiyimini almashtirganda oqliklarini ham 
almashtirishadi. Agar bemor o’tira olsa, uni krovatdan stulga 
o’tirg’izib, hamshira oqliklarni almashtiradi. Yotoq rejimdagi 
bemorlarni oqliklarini almashtirishni ikki xil usuli bor: 1) eski 
choyshab bosh tomondan pastga qarab o’rab kelinadi va olinadi. Ikki 
tomondan bintga o’hshab o’ralgan toza choyshab bemor dumg’azasi 
ostiga qo’yiladi va krovatga uzunasiga yoyiladi; 2) bemor bola krovat 
yoniga suriladi va eski choyshab uzunasiga o’raladi, ochilgan sohaga 
yangi choyshab yoyiladi va bemor uning ustiga o’tkaziladi, keyin 
eski choyshab olinadi va yangisi yoyiladi.
Eski oqliklar va kiyimlar alohida yig’iladi va qopqoli plastmassa 
idishlarga yoki polietilen qoplarga solinadi va alohida xonaga olib 
chiqiladi. Bo’lim bekasi boshqa xalat kiyadi va kleyenka fartik 
takadi, 
oqliklarni 
saralaydi, 
kasalxonaning 
markazlashgan 
kirxonasiga, undan kir yuvish xonasiga yuboradi. Oqliklarni 
almashtirgandan keyin palata poli va boshqa jihozlar 1 % kal’siy 
gipoxlorid eritmasiga namlangan lattt bilan artib chiqiladi.


531 
Bo’limda bir sutkaga yetadigan oqliklar zahirasi bo’lishi kerak. 
Oqliklarni markaziy isitish batareyalarida quritish va qayta 
ishlatishga yo’l qo’yilmaydi. 
O’z vaqtidan o’tib va noto’g’ri almashtirilgan oqliklar yotoq 
yaralar rivojlanishiga sababchi bo’ladi.
Yotoq yaralarni oldini olish. 
Gigiyenik vanna qabul qila 
olmaydigan, uzoq vaqt yotoq rejimda yotadigan bolalarni terisini 
parvalishlash alohida ahamiyatga ega. Teri dezinfeksiyalovchi 
eritmaga (yarim spirtli eritma, odekalon, oshxona uksusi, kamfora 
spirti va h.o.) namlangan sochiq yoki 

Yüklə 4,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə