Kasbiga kirish



Yüklə 4,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə284/310
tarix28.11.2023
ölçüsü4,51 Mb.
#138294
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   310
Tibbiyot kasbiga kirish (1)

Xantal qo’yish 
Ta’sir mehanizmi:
xantaldagi efir moyi qon aylanishini 
yaxshilaydi, teri retseptorlarini qitiqlaydi, to’qima va a’zolar qon 
tomirlarini kengaytiradi, so’rdiruvchi, yallig’lanishga qarshi va og’riq 
qoldiruvchi ta’sir etadi.
Ko’rstama: 
• 
Ko’krak qafasi a’zolari yallig’lanish kasalliklari. 
• 
Gipertonik kriz. 
• 
Yurak sohasidagi og’riqlar (stenokardiya xurujini bartaraf etish). 
• 
Radikulit. 
• 
Mushak va bo’g’imlardagi og’riqlar. 
Qarshi ko’rsatma: 
• 
Xantal qo’yiladigan sohada teri kasalliklari yoki jarohatlari. 
• 
O’pkadan qon ketish. 
• 
Xantalga bo’lgan yuqori sezuvchanlik. 
• 
Yuqori tana harorati. 
• 
Yomon va yaxshi sifatli o’smalar. 
Kerakli anjomlar: 


501 
• 
Xanatal va xantal paketchalari. 
• 
Lotok, iliq suv (harorat 40-45 °C). 
• 
Ko’rpa, papiros qog’oz yoki doka salfetka. 
• 
Paxtali tamponlar, sochiq, vazelin. 
• 
Ishlatilgan anjomlar uchun lotok. 
Bajarilish ketma-ketligi: 
1.
Xantal yaroqliligini tekshirish: ishlab chiqarilgan sana, xantal 
sochilib ketmasligi kerak, xantalni namlaganda o’tkir xidning 
paydo bo’lishi. 
2.
Xantal qo’yish joyini aniqlash, teri qoplamlarini ko’zdan 
kechirish. 
3.
Bemorni yotqizamiz (rasm.1). 
4.
Xantalni 5-10 daqiqa iliq suvga solamiz (harora 40-45 °C), 
suvni chayqatamiz va xantal tomoni bilan teriga yopishtiramiz 
(terida yuqori sezuvchanlik bo’lsa va chaqaloqlarda xantal 
ostiga pipiros qog’oz yoki doka salfetka qo’yiladi yoki ikkita 
xantalni bir-biriga ichki tomoni bilan yopishtiriladi). 
5.
Bemorni avval sochiq bilan, keyin ko’rpa bilan o’raymiz. Bir 
necha daqiqadan so’ng bemor terisida issiq va ozgina jizillashni 
sezishi kerak. 
6.
5-15 daqiqadan keyin xantal olinadi (terida giperemiya bo’lishi 
kerak). 
7.
Teridagi xantal qoldiqlari nam salfetka bilan artiladi va sochiq 
bilan teri quritiladi.
8.
Teridagi qizargan sohalar vazelin yog’iga namlangan paxta 
tamponlar bilan artiladi.
9.
Bemor issiq qilib o’raladi. 
10.
O’tkazilgan protseduradan keyin bemor 30-40 daqiqa 
yotishi lozim. 
Asorati: 
• 
Uzoq vaqt xantal terida qolib ketsa pufakchalar hosil qilgan 
holda teri kuyishini chaqiradi. 
• 
Xantalni bir necha bor bir xil joyga qo’yilsa terini Shu 
sohasida pigmentatsiya yuzaga keladi. 


502 
Izoh: ko’krak yoshidagi bolalarga muolaja davomiyligi – teri 
qizarishigacha bo’lishi lozim (5-7 daqiqa); - Xantal qo’yish sohalari 
– yurak, ensa, yelka, ko’krak sohalari, boldir mushaklari. 

Yüklə 4,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə