Kasbiga kirish


Pul’sni aniqlash va o’lchash



Yüklə 4,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə281/310
tarix28.11.2023
ölçüsü4,51 Mb.
#138294
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   310
Tibbiyot kasbiga kirish (1)

Pul’sni aniqlash va o’lchash 
Maqsad:
yurak-qon tomir tizimining holatini baholash. 
Pul’s aniqlanadigan sohalar: bilak, tirsak, uyqu, chakka, tizza 
osti va son arteriyalari (rasm.2). 
Pul’s parametrlari: ritm, chastota, to’liqligi, kuchlanish. 
Zarur ashyolar: 

Sekundomer yoki sekund strelkasi mavjud qo’l soati.
 

Harorat varag’i.
 

Bemorning tibbiy daftari.
 


495 
Bilak arteriyasida pul’sni aniqlash tartibi: 
1.
Bemorning xotirjam ekanligiga ishonch hosil qiling. 
2.
Bemorni o’tirg’izing yoki yotqizing, bunda uning qo’llari 
erkin holda bo’lishini ta’minlang. 
3.
Bemorning bilak-kaft bo’g’imidan yuqoriroq joydan qo’lingiz 
bilan ushlab oling, bunda katta baromq bilak tomonda qolgan 
barmoqlaringiz esa kaft tomonda bo’lsin. 
4.
II, III va IV barmoqlaringiz bilan bilak arteriyasini bilak 
suyagiga bosing va pulsatsiyalanuvchi joyni aniqlang. 
5.
Pul’sning hamma parametrlarini aniqlang: 
Pul’s chastotasi (tezligi)
– yurak urish tezligiga mos keladigan 
to’lqinlar soni bo’lib, bu ko’rsatkich bemor yoshiga bog’liq bo’ladi: 

yangi tug’ilgan chaqaloqlarda – 120-140 ta daqiqada; 

yangi tug’ilgan chaqaloqlarda – 140-160 ta; 

1 yoshda
– 110-120 ta; 

5 yoshgacha
– 100 ta; 

10 yoshgacha
– 90 ta; 

12-13 yoshda
– 80-70 ta; 

o’smirlar va kattalarda 
– 60-90 ta. 
Pul’sning bir daqiqada chastotasi 90 zarbadan ortiq bo’lsa – 
taxikardiya
, 60 zarbdan kam bo’lsa – 
bradikardiya 
deyiladi. 
6.
Tadqiqot natijasini bemorning tibbiy yoki ambulatoriya 
daftarida raqamli yozuv bilan qayd eting (Masalan Ps=72 
zarba daqiqada, to’liq, o’rtacha taranglikda, katta 
kuchlanishda). 
7.
Sinov natijalarini harorat varaqasida ham qayd eting (grafik 
ko’rinishdagi yozuvda). 
Eslatma:
bitta katakchaning bo’linish 
qiymati zarbalar soni 100 gacha bo’lsa 2 ga teng, 100 dan 
ortiq bo’lsa 4 ga teng bo’ladi).

Yüklə 4,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə