Kasbiga kirish


Arterial bosimni o’lchash texnikasi



Yüklə 4,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə282/310
tarix28.11.2023
ölçüsü4,51 Mb.
#138294
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   310
Tibbiyot kasbiga kirish (1)

Arterial bosimni o’lchash texnikasi
Maqsad: 
yurak-qon tomir tizimining holatini baholash.
 
Zarur ashyolar: 

Tonometr. 

Fonndoskop. 


496 

Harorat varag’i. 
Bajarish tartibi: 
1.
Bemorni o’tirg’izib, xotirjam holatda ekanligiga ishonch hosil 
qiling. 
2.
O’ng qo’lni kiyimdan ozod qilishni taklif qiling. 
3.
Bemorning qo’lini stol ustiga ko’targan holda, taxminan yurak 
darajasida joylashtiring. 
4.
Tanometr manjetasini tirsak bo’g’imidan 2-3 sm yuqorida
bunda tanometrning rezina manjetasi yelka arteriyasining 
markazida joylashishiga ishonch hosil qiling. 
5.
Manjetani asbob bilan ulaydigan rezina bemorning tashqi 
tomonida turganligiga ishonch hosil qiling. 
6.
Bemorning tirsak arteriyasidagi pul’sni paypaslang, bir vaqtning 
o’zida grusha yordamida manjetaga havo yuboring. 
7.
Tanometrning o’qiga e’tibor bering va pul’s zarbasi 
yo’qolguncha paypaslab turing, shundan so’ng havo bosimini 
yana 20 mm ga oshiring. 
8.
Fonendoskop membranasini bemor tirsak arteriyasi sohasida 
bosib turing va grushadagi vintni ohistalik bilan ochib havoni 
chiqara boshlang, bunda manjetadagi bosim bir sekundda 2 mm 
sim.ustunida pasayishi shart. 
9.
Arteriyani etshita turib, tonometr o’qi yoki raqamlarini kuzatib 
turing. 
10.
Birinchi tovush eshitilishida sistolik bosimni qayd eting. 
11.
Tovush yo’qolishida diastolik bosimni qayd eting. 
12.
Agar tonometrning o’qi ikkita belgi orasida bo’lsa bu holda 
yuqoridagi raqamni qayd eting. 
13.
Manjetadagi havoni bosim diastolik bosimdan 20 mm 
gacha pasayguncha havoni chiqaring. 
14.
5 daqiqadan so’ng qon bosimi o’lchashni takrorlang, bunda 
tanometr manjetasidagi havoning to’liq chiqqaniga, tanometr 
o’qi yoki raqami "0" ga tushganiga ishonch hosil qiling. 


497 
15.
Ikki marta o’lchov o’tkazilgandan keyin eng kichik 
raqamlarni qayd eting (arterial bosimi 120/80 mm.sim.ustunidan 
kam bo’lsa tekshiruv bir marta o’tkaziladi). 
16.
Tekshiruv natijasini bemorning tibbiy yoki ambulator 
daftariga raqam ko’rinishidagi yozuv bilan (arterial bosim 
120\80 mm sim.ust) va harorat varqg’ida esa grafik ustun 
ko’rinishida qayd qiling (bir katakchaning bo’linish qiymati 5 
mm.sim.ust. teng). 
17.
Qon bosimini o’lchash natijalarini baholang. 

Yüklə 4,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə