534
Kerakli anjomlar:
Taglik kleyenka;
metall yoki plastmassa
sudna; “Yuvintirish uchun” yozuvli Esmarx krujkasi; (+35...+38°S)
iliq suv; 5% kaliy permanganat; kornsang; suv; buyraksimon lotok;
rezina qo’lqop.
Bemorlarni yuvintirish texnikasi:
1.
Esmarx krujkasiga su solinadi va bir necha tomchi 5 %
kaliy
permanganat
eritmasidan
tomiziladi,
to
och-pushti
rang
bo’lguncha.
2.
Qo’lqop kiyiladi.
3.
Bemorga chalqancha yotish so’raladi, tizzalaridan bukiladi, sonlari
ochiladi.
4.
Kleyenka to’shaladi, sudna qo’yiladi.
5.
Kornsngga paxta qistiriladi. Bunda uning o’tkir qirralari paxta
bilan yopilgan bo’lishi shart.
6.
Chap qo’lga iliq dezinfeksiyalovchi eritmali idish olinadi,
bemor
soniga ozgina quyiladi va so’raladi: “Sizga issiq emasmi?”. Agar
suv harorati qoniqarli bo’lsa, manipulyatsiya davom ettiriladi.
7.
Iliq dezinfeksiyalovchi eritma bilan jinsiy a’zolar yuviladi. O’ng
qo’lga paxtali kornsang olinadi, jinsiy a’zolar oldindan orqa
teshikka qarab yuviladi.
Oldin kichik uyatli lablar, keyin katta
uyatli lablar, chov soha, qov usti yuviladi.Ohirda
orqa teshik
yuqoridan pastga qilib yuviladi.
8.
Kornsangdan iflos paxta olib tashlanadi, toza paxta qo’yiladi va
teri quritiladi, huddi yuqoridagi ketma-ketlikda.
9.
Sudna olinadi, bemorga krovatda o’rnashib yotishiga yordam
beriladi.
Erkaklar ham yuqoridagi ko’rsatmalar bo’yicha yuvintiraladi.
Yuvintirishda “markazdan pereferiyaga” prinsipiga amal qilish kerak,
ya’ni olat boshidan chov sohaga qarab.
Izoh
. Yarim yotoq rejimdagi bemorlarga
bidedan foydalanish
o’rgatiladi, agarda u bo’limda bo’lsa.
Dostları ilə paylaş: