535
sekreti yoki boshqa sekretlar bilan qoplanishi kuchli qichishishga,
terini
ikkilamchi infitsirlanishiga, ba’zi sohalarda (oyoq barmoqlari
orasi, dumba, qo’ltiq osti bukilmalari) zamburug’ kasalliklarini,
yotoq yaralarni rivojlanishiga olib keladi.
Qarshi ko’rsatma bo’lmasa haftasiga bir marta gigiyenik vanna
yoki dush qabul qilinadi. YOtoq rejimdagi
bemorlarni terisi spirt,
odekolon, oshxona uksusi qo’shilgan iliq suv bilan namlangan
tampon bilan har kuni artiladi. Ayniqsa bunda ter bezlari ko’p
sohalar (ko’krak bezi osti, chov-son burmalari va h.o.) yaxshilab
artiladi. Qo’llar har ovqatlanishdan oldin, oyoqlar haftasiga 2-3 marta
yuviladi.
Oraliq va jinsiy a’zolar sohasi har kuni yuvilishi lozim. Og’ir
bemorlarda bu kunora o’tkazilishi shart. Bunda idishdan iliq suv yoki
kaliy permanganat kuchsiz eritmasi quyiladi va paxta tampon bilavn
oldindan orqa teshikka qarab yuviladi.
Ayollarda bu ketma-ketlik
alohida qoidalar bo’yicha o’tkaziladi (har gal yangi tampon
ishlatiladi ): chov burmasi; katta uyatli lablar sohasi; katta va kichik
uyatli lablar burmasi; qin. SHu tartibda bu sohalar quritib artiladi.
Erkaklarda balanopostitni oldini olish maqsadida olat kertmak terisi
ochiladi va olat boshi yuviladi.
Qindan ajralma chiqqanda Esmarx
krujkasiga maxsus qin
uchligi ulanadi va sprinsirlash – qin devorlarini, bo’shlig’ini iliq suv,
natriy gidrokarbonatning kuchsiz eritmasi, kaliy permanganat yoki
natriy xlorning izotinik eritmasi bilan yuvish ishlatiladi.
Og’iz bo’shlig’ini parvarishlash
Shaxsiy gigiyena qoidalarida og’iz bo’shlig’ini parvarishlar
asosiy o’rin egallaydi. Og’ir bemorlarda, asosan yuqori tana harorati
bilan bemorlarda immunitet tushib ketadi va og’iz bo’shlig’idagi
borp bo’lgan mikroblar ko’payishiga
yaxshi sharoit yuzaga keladi,
natijada tishlar (pul’pit, periodontit, parodontoz), milk (gingivit),
tanglay shilliq qavati (stomatit) zararlanadi, og’iz burchagi yoriladi,
lab qurub qoladi.
Ularni oldini olish maqsadida bemor
kuniga ikki marta tishini
yuvishi lozim, har ovqatlangandan keyin og’zini chayishi shart. Og’ir
536
bemorlar og’zini 0,5% natriya gidrokarbonat, natriy xloridning
izotonik eritmasi, kaliy permanganatni
kuchsiz eritmasi bilan
chayiladi. YAayish Jane shpritsi yoki rezina ballon yordamida
bajariladi. Bunda suyuqlik nafas yo’liga tushmasligi kerak, bemor
yarim o’tirgan holatda, boshini biroz oldinga egib yoki yotgan bo’lsa
boshini yon tomonga burgan holda bo’lishi lozim.
Suyuqlik yaxshi
ketishi uchun og’iz burchagini shpatel bilan ochib turamiz.
Og’iz
bo’shlig’ining,
halqum,
mindalinlarning
ba’zi
kasalliklarida og’iz va halqum shilliq qavatidan surtma olamiz. Bu
steril tampon bilan olinib, steril probirkaga solinadi.
Dostları ilə paylaş: