Kasbiy psixologiya


Shaxs rivojlanishining harakatlanuvchi kuchlari kishining faoliyatiga



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Shaxs rivojlanishining harakatlanuvchi kuchlari kishining faoliyatiga 
o’zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning real imkoniyatlari 
o’rtasidagi ziddiyatlari bilan aniqlanadi.
Shaxs haqidagi psixologik nazariyalar. 
Shaxs haqidagi psixologik 
nazariyalar uzoq vaqt davomida rivojlanib keldi. Buning natijasida ko‟plab 
nazariyalar, yondoshishlar yuzaga keldi. Ular orasidan g‟arb mamlakatlarida 
rivojlangan va tan olingan asosiy nazariyalarga to‟xtalib o‟tish lozim. Shaxs 
haqidagi barcha nazariyalarni rivojlanish bosqichiga ko‟ra uch guruhga 
birlashtirish mumkin:
1. Shaxs haqidagi an‟anaviy nazariyalar (V.Dil‟tey, K.Levin, V.Shtern, 
Z.Freyd, K.Yung va boshqalar);
2. Shaxs haqidagi yangi nazariyalar (G.Ayzenk, D.Kettel, A.Maslou, 
G.Olport, K.Rodjers, K.Xorni va boshqalar);
3. Eng yangi nazariyalar (E.Bern, K.Leongard, D.Mid, G.Sallivin, Sirs, 
E.Fromm va boshqalar).
Muloqotning psixologik tizimi va vazifalari.
Muloqot - odamlar o`rtasida 
birgalikda faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog`lanishlar rivojlanishning 
ko`p qirrali jarayonidir. Shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli deyilishining eng 
asosiy sababi - uning doimo insonlar davrasida, ular bilan o`zaro ta‟sir doirasida 
bo`lishini anglatib, bu shaxsning eng yetakchi va nufo`zli faoliyatlaridan biri 
muloqot ekanligiga ishora qiladi. 


70 
Insoniy munosabatlarda dastlab odamlar o`rtasida ro`y beradigan fikrlar
dis-kechinmalar, tashvish-quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar 
muloqotda bo`lishgani sari, ular o`rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular 
o`rtasida umumiylik, o`xshashlik va uyg`unlik kabi sifatlar paydo bo`lib, ular bir-
birlarini bir qarashda tushunadigan, ayrim hollarda esa, ana shunday muloqotning 
tekizligi teskari reaksiyalarni - bir-biridan charchash, gapiradigan gapning 
qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. 
Muloqot faoliyati shunday shart-sharoitki, unda har bir shaxsning 
individualligi, betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning xilma-xilligi namoyon 
bo`ladi va shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o`ziga jalb etadi. 
Shuning uchun ham muloqot, uning jihati, tabiati, texnikasi va strategiyasi, 
muloqotga o`rgatish (sotsial psixologik trening) masalalari bilan shug`ullanuvchi 
fanlarning ham jamiyatdagi o`rni va salohiyati keskin oshdi. 
Muloqot 
hamkorlikda 
faoliyat 
ko`rsatuvchilar 
o`rtasida 
axborot 
ayirboshlanishini o`z ichiga olib, bunday ma‟lumot almashinuv muloqotning 
kommunikativ jihati
sifatida ta‟riflanadi. Odamlar muloqotga kirishar ekanlar, 
uning eng muhim vositalaridan biri sifatida 
tilga
murojaat qiladilar. 
Muloqotning ikkinchi jihatida - munosabatga kirishuvchilarning nutq 
jarayonida faqat so`zlar bilan emas, balki 
xatti-harakatlar
bilan ham almashinuvi 
nazarda tutilib, bu muloqotning 
interaktiv jixati
deb yuritiladi. 
Nihoyat, muloqotning uchinchi jihati 
perseptiv
deb atalib, bunda 
munosabatga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlari tushuniladi. 
Shunday qilib, muloqot jarayonida shartli ravishda uchta, ya‟ni 
kommunikativ
(axborot o`zatish), 
interaktiv
(hamkorlikda harakat qilish) va 
perseptiv
(o`zaro birgalikda idrok etish) jihatlarni alohida ko`rsatish mumkin. Ana 
shu uchta jihatning birligi muloqot jarayonida hamkorlikdagi faoliyat va jalb 
etilgan odamlarning o`zaro birgalikdagi harakatlarini tashkil etish usuli sifatida 
maydonga chiqadi. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə