Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

 
 
Tayanch so`z va iboralar:
"shaxs", "individ", "individuallik", 
ongli faoliyat egasi, shaxsning psixologik tuzilishi,
 
biologik va ijtimoiy omillar, 
biogenetik va sotsiogenetik kontseptsiyalar, ehtiyojlarni rivojlantirish,
 
psixologik 
nazariyalar, nizo, ziddiyat, jamiyat taraqqiyoti, ziddiyatlarning psixologik 
xususiyatlari, ziddiyat qarama-qarshiliklari, ziddiyat turlari, nizo sabablari, 
antipatiya, ziddiyatlarni tasniflash, ziddiyat omillari, kommunikativ ziddiyatlar, 
destruktiv va produktiv
turlar, nizolarning salbiy oqibatlari, nizoli vaziyatlarning 
kelib chiqishi, jamoadagi psixologik muhit, s
haxslararo ziddiyatlar

ziddiyatlarni 
bartaraf etish, ziddiyatni yechish metodikasi. 
Inson, odam juda ko‟plab fanlarning o‟rganish ob‟ekti bo‟lib hisoblanadi. 
Ular odamlarning turli tomonlarini va hayot tarzini, rivojlanishini va boshqalarni 
o‟rganadi. O‟z ob‟ektini belgilash va ta‟riflash uchun turli tushunchalar 
qo‟llaniladi. Psixologiya fani odamni jamiyatda, boshqalar bilan munosabatda 
bo‟luvchi ongli faoliyat sub‟ekti sifatida o‟rganadi. Psixologiya fanida odamni 
ta‟riflashda ko‟plab tushunchalar qo‟llaniladi. Shu jumladan "shaxs", "individ", 
"individuallik" tushunchalari ham qo‟llaniladi. 
Odamning insonlik jinsiga mansubligi individ tushunchasi bilan 
ifodalanadi. Katta yoshdagi kishilar, chaqaloqlar, tilni va oddiy malakalarni 
o‟zlashtira olmaydigan ruhiy kasallar (telbalar) ham individdir. Individ 
tushunchasida kishining biologik turga mansubligi aks ettirilgan. Barcha kishilar 
(odamlar) individdir.


66 
"Individ" tushunchasida kishining nasl - nasabi ham mujassamlashgandir. 
Yangi tug‟ilgan chaqaloqni ham, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, 
aqli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning vakilini ham
madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb 
hisoblash mumkin.
Individ sifatida dunyoga kelgan kishi hayot jarayonida alohida sotsial 
fazilat kashf etadi, shaxs bo‟lib yetishadi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam 
keyinchalik, jamiyatdagina shaxsga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, 
ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng 
asosiy belgisi - uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma‟lumki kishi ongi faqat 
jamiyatda, boshqalar bilan o‟zaro munosabatda, til yordamida ijtimoiy tajribani 
o‟zlashtirishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga 
aylanishi mumkin.
Shaxs tushunchasida odamning ijtimoiy xarakteri aks ettirilgan. Lekin 
shaxsni ijtimoiy muhitning passiv mahsuloti deb qarab bo‟lmaydi. Shaxs ijtimoiy 
tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o‟zlashtiradi, o‟zi uchun o‟zgartiradi - bu 
jarayon davomida o‟zi ham shaxs sifatida shakllanadi. Shaxsning faolligi uning 
o‟zi hayot uchun yo‟l tanlashida, bu yo‟lni egallashida, hayotda o‟z mavqei va 
o‟rnini anglashida ifodalanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta‟sirlar, shu 
jumladan ijtimoiy ta‟sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli 
odamlarga turlicha ta‟sir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli o‟quvchilarga 
turlicha ta‟sir qiladi.
Shaxsni faqat psixologiya emas, balki sotsiologiya, tarix, san‟atshunoslik, 
estetika, etika, pedagogika, meditsina, yuridik va boshqa fanlar ham o‟rganadi.
Odamning shaxs sifatidagi asosiy belgisi: sotsialligi, ongi va tilidir.
Inson shaxsining xarakterli tomonlaridan biri uning individuallik - shaxs 
psixologik, ijtimoiy, fiziologik xususiyatlari birikmalarining qaytarilmasligidir. 
Shaxsning individualligi uning xarakteri, temperamenti, psixik jarayonlarining 
dinamikasi, hissiyotlari, faoliyatining motivlari, qobiliyatlari va shunga 


67 
o‟xshashlarning yig‟indisiga bog‟liq. Bularning hammasini birga qo‟shib, 
mujassamlashtirsak, ikkita bir xil odam bo‟lmagan va bo‟lmaydi ham.
Har bir odam o‟ziga mansub bo‟lgan sinf millatiga xos ko‟pgina umumiy 
sifatlarga ega bo‟lishi bilan bir qatorda o‟zining shaxsiy fazilatlariga egaki, bu 
sifatlar uni takrorlanmas individuallikka aylantiradi. Olamda ikkita bir xil kishi 
yo‟q. Individuallik kishining o‟ziga xosligini uning boshqa odamlardan farqini aks 
ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter 
xususiyatlarda, odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayonlarga oid 
fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur) da, qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga 
xos uslubida va hakozalarda namoyon bo‟ladi. Zikr etilgan psixologik 
xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o‟zida mujassamlashtirgan odam yo‟q - 
inson shaxsi o‟z individualligi jihatidan betakrordir.
Shunday qilib, individuallik inson shaxsiga xos fazilatlarning faqat birta 
jihati bo‟lib hisoblanadi, xolos.
Ma‟lumki, odam jamiyatda turli guruhlarda (oilada, o‟qishda, ishda, 
davrada) bo‟ladi. Har bir guruhda o‟ziga xos, ba‟zan butunlay bir-biriga 
o‟xshamaydigan rollarni o‟ynaydi. Lekin shunga qaramay, ko‟pincha odam har 
turli vaziyatlarda o‟xshash sifatlarni namoyon qiladi. Bir qarashda qarama-qarshi 
ko‟ringan xususiyatlarning namoyon bo‟lishida umumiylik bor.
Ana shu shaxs sifatlarining bir-biriga mosligi shaxsning yaxlitligini 
ko‟rsatadi.
Shaxsning psixologik tuzilishi, psixologik xususiyatlarining birikmalari 
har bir odamda nisbatan doimiylikka ega. Odamning psixik holatlari, o‟zini tutishi 
o‟zgarib tursa ham shaxsning psixologik qiyofasi ma‟lum darajada barqaror bo‟lib 
qolaveradi. Shaxs xususiyatlarining bunday nisbatan barqarorligi unga shaxs 
sifatida xarakteristika berish, uning ma‟lum vaziyatlarda o‟zini qanday tutishini 
oldindan belgilashning asosi bo‟lib xizmat qiladi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə