Kasbiy psixologiya


Muloqotning kommunikativ jihati



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Muloqotning kommunikativ jihati.
Muloqotning hamkorlikda harakat 
qilish va faoliyat ko`rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan muloqot vositasi 


71 
til bo`lib, u muloqotga kirishuvchilar o`rtasida aloqa botlanishini ta‟minlaydi. Tilni 
ushbu maqsad uchun tanlangan so`zlar mohiyatiga ko`ra kodlashtirgan holda 
axborotni ma‟lum qilayotgan kishi ham, bu mohiyatning kodini ochgan, ya‟ni 
uning ma‟nosini oshkor etgan va ana shu axborot asosida o`z xulq-atvorini 
o`zgartirgan holda bu axborotni qabul qilayotgan kishi ham tushunadi. 
Axborotni boshqa kishiga yo`llayotgan kishi (kommunikator) va uni qabul 
qilayotgan kishi (retsepient) munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlarga 
erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning bitta yagona 
sistemasidan foydalanishlari, ya‟ni «bitta tilda» so`zlashishlari kerak bo`ladi. Agar 
kommunikator va retsepient kodlashtirishning turli xil sistemalarini qo`llasalar, 
ya‟ni bir-birlariga noma‟lum bo`lgan «til»da so`zlashsalar, bu holda ular o`zaro 
hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. 
Qo`llanadigan belgilar (so`zlar, imo-ishoralar va xk.) zamiridagi 
mohiyat
muloqotda ishtirok etayotgan shaxslarga tanish bo`lgan taqdirdagina axborot 
ayirboshlash mumkin bo`ladi. 
Muloqot
- tevarak-atrofdagi voqelikni bilishni ifoda etadigan qism sifatidagi 
mazmunga ega bo`lgan so`zlar belgisi tizimidir. Bunda so`zlar belgilari tizimi 
xayot kechirish, ijtimoiy-tarixiy tajribani o`zlashtirish va o`zatish vositasi sifatidagi 
tilni tarkib toptiradi. Ijtimoiy tajriba to`plash va o`zatish vositasi sifatidagi til aniq 
tovushlardan foydalangan xolda o`y-fikrlar almashinuvi, axborot berishni amalga 
oshiradi. 
Muloqotning interaktiv jixati.
Muloqot shaxslararo birgalikdagi harakat, 
ya‟ni odamlarning hamkorlikdagi faoliyati jarayonida tarkib topadigan aloqalari va 
o`zaro bir-birlariga ta‟sirining yig`indisi sifatida yo`zaga chiqadi. Hamkorlikdagi 
faoliyat va munosabat ijtimoiy qoidalar - odamlarning birgalikdagi harakati va 
o`zaro munosabatlarini qat‟iyan belgilab qo`yadigan hamda jamiyatda udum 
bo`lgan xulq-atvor namunalari asosida amalga oshiriladigan 
ijtimoiy nazorat
sharoitida yo`z beradi. 
Jamiyat ijtimoiy qoidalar sifatida qabul qilgan, ma‟qul topgan, udumga 
aylangan va tegishli vaziyatda turgan har bir kishidan bajarilishini kutayotgan 


72 
namunalarning o`ziga xos tizimini yaratadi. Ularning bo`zilish qoidadan chetga 
chikadiganlarning xulq-atvori to`g`rilanishini ta‟minlaydigan 
ijtimoiy nazorat
mexanizmlari (ma‟qullamaslik, ta‟na qilish, jazolash)ni o`z ichiga oladi. 
Qoidalarning mavjudligi va qabul qilinishi xaqida biron kishining barcha boshqa 
odamlar xulq-atvoridan farq qiluvchi xatti-harakatiga atrofdagilarning bir xilda 
munosabat bildirishi dalolat beradi. Ijtimoiy qoidalar mexnat intizomi, harbiy 
burch va vatanparvarlik talablariga javob beradigan xulq-atvor namunalaridan 
tortib, odoblilik qoidalariga qarab hammasini o`z ichiga oladi. Odamlarning 
ijtimoiy qoidalariga murojaat qilishi ularda o`z xulq-atvori uchun mas‟ullik xissini 
uyg`tadi, harakatlari va qiliqlarining ushbu qoidalarga mos kelishi yoki mos 
kelmasligini baxolagan xolda ularni tuzatib borish imkonini qidiradi. Qoidalarga 
qarab mo`ljal olish kishiga o`z xulq-atvorining shakllarini andozaga qarab 
moslash, ijtimoiy jixatdan maqbullarini tanlab olish, nomakbul shakllariga amal 
qilmaslik, o`zini muloqot jarayonida yo`naltirib va boshqarib borish imkonini 
beradi. Odamlar o`zlashtirilgan qoidalardan o`zlarining xususiy xulq-atvorini 
boshqalarning xulq-atvori bilan taqqoslaydigan mezon sifatida foydalanadilar. 
Hamkorlikdagi 
harakat 
jarayonlari 
ijtimoiy 
nazorat 
munosabatiga 
kirishadigan odamlar «bajaradigan» rollar (
Psixologiyada rol deganda xulq- 
atvorning normativ jihatidan ma‟sul bo`lgan muayyan ijtimoiy mavqeni egallab 
turgan har bir kishidan atrofdagilar kutayotgan namunasi tushuniladi)
repertuariga muvofiq tarzda amalga oshiriladi. Sub‟ekt o`qituvchi yoki o`quvchi, 
shifokor yoki bemor, katta yoshli kishi yoki bola, rahbar yoki xodim, ona yoki bola 
va shu kabi rolni bajaradi. Har qanday rol mutlaqo aniq talablarga va 
atrofdagilarning muayyan orzu-istaklariga javob berishi kerak. 
Shaxs muloqotning turli xil vaziyatlarida qoida tariqasida har xil rollarni 
bajaradi. Masalan: o`zining xizmatidagi roliga ko`ra rahbar bo`lib turgan kishi 
betob bo`lib qolganda, bemor roliga kirgan xolda shifokorning barcha 
ko`rsatmalarini bajaradi; shu bilan birga oilada u keksa onasining mumingina 
o`g`li rolini saqlab qoladi va x k. Rol mavqelarining ko`pligi ba‟zida ularning 
to`qnash kelishiga - rol konfliktlariga (ziddiyatlarga) sabab bo`ladi. 


73 
Turli xil rollarni bajarayotgan odamlarning hamkorlikdagi harakati rollar 
extimoli bilan boshqariladi. Kishi buni istasa-istamasa atrofdagilar undan muayyan 
namunaga mos keladigan xulq-atvorni talab qiladi. Rolning qanday bajarilishi 
ijtimoiy nazorat
ostida bo`ladi, ijtimoiy jihatdan muqarrar ravishda baholanadi va 
namunadan salgina chetga chiqilishi esa qoralanadi. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə