74
4)
O`zga
kishilarga, ijtimoiy guruh a‟zolariga nisbatan berilgan xislatlarni
hozirgacha ma‟lum bo`lgan ijtimoiy qoliplarga mos tarzda ommaviy tarzda yoyish,
tavsif berish va baholash
stereotipizatsiya (bir xil qolipga solish)
ya‟ni
stereotiplashtirish
deyiladi. Idrok etish sub‟ekti ijobiy munosabatda bo`lgan
shaxslarga ijobiy, yoqtirmaydigan shaxslarga salbiy baho berilishi kauzal
atributsiyaga xos tipik hollardan biridir. Tadqiqotlardan ma‟lum bo`lishicha, shaxs
muloqot jarayonida o`z ob‟ektiga nisbatan ijobiy taassurotga ega bo`lsa, sub‟ektga
ma‟lum bo`lmagan fazilatlarini ijobiy
baholashga yoki aksincha, ob‟ekt salbiy
taassurot qoldirgan bo`lsa, sub‟ektga ma‟lum bo`lmagan xislatlarini salbiy
baholashga harakat qilar ekan. Bu holat psixologiyada
oreol effekti
nomi bilan
yuritiladi.
Muloqot odamlarning jamiyatda o`zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining ichki
psixologik mexanizmini tashkil etib, u hozirgi yangi demokratik munosabatlar
sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas,
balki birgalikda
chiqarish ehtiyoji paydo bo`lganligi hisobga olinganda, odamlarning mehnat
unumdorligi va samaradorligini ta‟minlovchi muhim omil ekanligini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: