76
Ziddiyatlar ko`p hollarda ortiqcha asab tarangliklariga olib keladi,
stressli
vaziyatlarga, stresslarni boshqarish zarurligiga sabab bo`ladi. Stress - bu shunday
bir bosimki, u hissiy diskomfort (komfortning tanqisligi) holatiga olib keladi.
Stress tez-tez uchrab turadigan hodisadir. Unchalik ahamiyatga ega bo`lmagan
stresslar muqarrar va zararsiz bo`lib, haddan tashqari ortib ketgan stress esa, shaxs
uchun ham, korxona va tashkilotlar uchun ham qiyinchiliklar, qo`yilgan
maqsadlarni qo`lga kiritishda muammolar keltirib chiqaradi.
Yuqorida ta‟kidlanganidek, muloqot jarayonida yuzaga keladigan ziddiyatli
holatlarda o`zini tug`ri tutish malakalari psixologik treninglar yorhamida hosil
qilinadi.
Har qanday nizoning asosida qaysidir ma‟noda maqsad va manfaatlar
o‟rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshiliklar yotadi.
Odamlar bir-birining fikri bilan kelishmasligi va o‟zaro bahslashishi mumkin,
har biri o‟z
fikrida qoladi, lekin baribir ko‟p hollarda kelishib ishlashga majbur
bo‟ladi, qarama-qarshilik ba‟zan yoqtirmaslik, hissiyot, tushunmaslik, ko‟ra
olmaslik
va boshqalarda aks etib, nizoning kelib chiqishiga sabab bo‟ladi. Nizo
nafaqat qarama - qarshilik, shuningdek o‟ziga xos kurashish hamdir. Har ikki
tomon ham bunday holatda o‟zini xaq deb biladi va o‟zaro kurashadi. Nizo bu
qarama-qarshi dunyoqarashlar negizida yuzaga keladi. Nizoni albatta, o‟z vaqtida
bartaraf
etish kerak, chunki buning oqibatida hayot me‟yorida davom etmaydi.
Yuqorida aytib o„tganimizni tahlil qilib psixologik nuqtai nazardan biz shunday
ta‟rif beramiz: "Nizo - shaxslarning qarashlari, qiziqishlari o‟rtasidagi qarama-
qarshilik natijasida vujudga kelgan psixologik holat bo‟lib, bu ularning faqat bir-
biri bilan hamkorligi jarayonida paydo bo‟ladi.
Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida odamlar orasida o‟zaro
kelishmovchiliklar, ziddiyat va nizolar mavjud bo‟lib kelgan. Chunki, har qanday
taraqqiyotning asosida qarama-qarshilik va ziddiyat yotadi. Shaxs jamiyat
taraqqiyotini amalga oshiruvchi asosiy
kuch va vosita hisoblanib, jamiyat va
tabiatni o‟ziga moslashtirish barobarida, undagi ba‟zi holatlarni ta`qiqlash bilan
ham shug‟ullanadi. Shuning uchun ham nizo va ziddiyat jamiyat taraqqiyotining
77
asosiy omillari hisoblanadi.
Ziddiyat insoniyat paydo bo‟lgan davrdanoq mavjud bo‟lib, uni ilmiy tadqiqot
predmeti sifatida o‟rganish borasidagi ilk qarashlar ham o‟z tarixiga ega.
Hayot
tarzi, mehnat faoliyati, shaxslararo munosabat muhitining o‟zgarayotganligi
ziddiyatlarning ham o‟ziga xos tomonlari mavjudligini ko‟rsatmoqda.
Ziddiyat, nizo haqidagi dastlabki konsepsiyalar XIX-XX asrlarda vujudga
kelib, uning yechimlarini topish yo‟llari bo‟yicha qo‟yilgan qadamlar o‟tgan
asrning oxirlarida bir qadar salmoqli bo‟ldi.
Dostları ilə paylaş: