Guruh haqida tushuncha.
Guruh - bu muayyan belgiga, masalan, sinfiy
mansublikka, birgalikda faoliyat ko‟rsatishning mumkinligiga va uning
xarakteriga, tashkil topish xususiyatlari va shu kabilar asosida ajralib turadigan
104
umumiylikdir. Guruhlarning klassifikatsiyasi ham shunga muvofiq tarzda bo‟lib,
kichik va katta guruhlarga bo‟linadi - o‟z navbatida ular ham real (bog‟langanlik),
shartli formal (rasmiy) hamda noformal (norasmiy) guruhlarga, rivojlanish darajasi
turlicha bo‟lgan, ya‟ni rivojlangan (jamoalar) va yetarli darajada rivojlanmagan
yoki kam rivojlangan guruhlarga (uyushmalarga, birlashmalarga, aralash
guruhlarga) bo‟linadi.
Katta guruhlar umumiy makon va zamonda hayot kechirayotgan anchagina
odamlarni o‟z tarkibiga olgan sotsial umumiylikni tashkil qiladigan real
(bog‟langan) guruhlar shaklida bo‟lishi mumkin. Bu xildagi katta guruhlarga
korxonaning mehnat jamoasi yoki ko‟pgina o‟qituvchilar bir - birlari bilan bevosita
o‟zaro aloqada bo‟lmasalar ham, lekin ayni chog‟da yagona bitta rahbarga
(direktorga, ilmiy mudirga) buysinadigan, bitta partiya va kasaba birlashma
tashkilotiga kiradigan, maktab hayotiga oid hamma uchun umumiy hisoblangan
ichki tartibning barcha qoidalariga amal qilinadigan kattagina bir maktabning
pedagoglar jamoasi kiritilgan bo‟lishi mumkin. Katta guruhlar ba‟zan bir belgilari
(sinfiy, jinsiy, milliy, yosh va boshqa belgilari) ga binoan ajratiladigan va
birlashtiradigan shartli guruhlar shaklida bo‟lishi ham mumkin. Katta shartli
guruhga kiritilgan kishilar hech qachon bir - birlari bilan uyushmagan bo‟lmasa
ham, lekin bu xildagi guruhga ajratilgani uchun asos bo‟lgan belgilariga ko‟ra
umumiy sotsial va psixologik ta‟rifga ega bo‟lishlari mumkin.
Kichik guruhlar - hamisha bog‟langan umumiylik bo‟lib, unga kiruvchi
shaxslarning o‟zaro birgalikdagi real harakati va ular o‟rtasidagi real harakati va
ular o‟rtasidagi real o‟zaro munosabatlar bilan bog‟langandir. Bu guruhlar rasmiy
(formal) bo‟lishi, ya‟ni yuridik jihatdan qayd etilgan huquq va burchlarga,
normativ asosida o‟rnatilgan strukturaga, tayinlab yoki saylab qo‟yilgan
rahbarlikka ega bo‟lishi mumkin.
Shuningdek, yuridik jihatdan qayd etilgan statusga ega bo‟lmagan, ammo
tarkib topgan shaxslararo munosabatlar (do‟stlik, xayrihohlik, hamjihatlik, ishonch
va shu kabilar) tizimi bilan ifodalanadigan NORASMIY (ko‟pincha ularni
noformal deb ham atashadi) guruhlar ham alohida ajralib turadi. Ular alohida
105
ajralib turadigan umumiylik (masalan, turli maktablar va hunar - texnika bilim
yurtlarining mototsikl sportiga qiziqishi umumiyligi negizida birlashgan bir qancha
o‟quvchisi) sifatida yuzaga chiqishi va rasmiy guruhlar ichida yetarli darajada
barqaror tus kasb etishi (sinfdagi do‟stona ulfat tarzida kirishi) mumkin.
Rasmiy va norasmiy guruhlar o‟rtasidagi chegaralar shartli va nisbiydir.
O‟quvchilarning bu xildagi norasmiy guruhlarini shakllantirish o‟qituvchi olib
borishi lozim bo‟lgan tarbiyaviy ishning muhim vazifasi hisoblanadi.
Guruhlar
rivojlanishining
darajasi
yoki
saviyasi
ularning
klassifikatsiyasining eng muhim negizi hisoblanadi. Guruhiy rivojlanish darajasi -
shaxslararo munosabatlarning shakllanganligining belgisi, guruhlar shakllanishi
jarayoninig natijasidir.
Rivojlanish darajasiga ko‟ra farqlanadigan guruhlarning - diffuz guruhlar,
sotsial yo‟nalishdagi uyushmalar, sotsial yo‟nalishga zid uyushmalar va
birlashmalar, jamoalarning psixologik toifasi shu asnoda tarkib topadi.
Guruhiy rivojlanishning tegishli ravishda ancha ifodalangan darajalarini
ko‟rsatadigan (har bir konkret guruh boshidan kechirishi mumkin bo‟lgan son
sanoqsiz oraliq holatlari bilan birga) qat‟iyan beshta pozitsiya alohida ajralib
turadi:
1) bilvositalikning mumkin qadar yuksak darajasi va faoliyatning
shaxslararo munosabatlari bilvosita ifoda etuvchi omillarning eng yuksak sotsial
qimmati yuqori guruhlar. Bu jamoadir.
2) agar guruhda tegishli tarzda birgalikdagi faoliyat mavjud bo‟lsa,
shaxslararo munosabatlarni bilvosita ifoda eta oladigan eng yuksak darajadagi
sotsial yo‟nalishga ega omillar mavjud bo‟lgan taqdirda bilvositalikning eng past
darajasi. Bu sotsial yo‟nalishdagi uyushma (misol uchun talabalarning guruhi) dir.
3) birgalikdagi faoliyatning yo‟qligi bilan bog‟liq bilvositalikning mavjud
emasligi. Bu diffuz guruh (misol uchun avtobusdagi yo‟lovchilar yoki umumiy
palatadagi bemorlardir)
4) shaxslararo munosabatlarning eng yuksak darajada nosotsial yo‟nalishga
ega bo‟lgan bilvosita omillar mavjud sharoitlardagi qandaydir birgalikdagi
106
faoliyatining past darajada bil vositasi ifoda etilishi (misol uchun bezorilik qiluvchi
o‟spirinlar guruhi). Bu - antisotsial uyushmadir.
5) faoliyat vositasida ifoda etishning eng yuksak darajasi va bilvosita ifoda
etuvchi omillarning eng yuksak darajada aksil ijtimoiy, reaktsion xarakterga
egaligi. Bu – antisotsial birlashma ( misol uchun mafiya) dir.
Jamoaning yuksak darajada rivojlangan guruh sifatida boshqa barcha
guruhlarga nisbatan printsipial jihatdan farqlari tajriba yo‟li bilan qayd etildi.
Jamoada faoliyatning samaradorligi bilan o‟zaro his - hayajonli psixologik
munosibatlarning maqbul xarakteri o‟rtasidagi nisbat ijobiy, sust rivojlangan
guruhlarda esa, salbiy bo‟ladi. Past darajada rivojlangan guruhlarda guruhning
miqyosi bilan uning a‟zolaridan umumiy ishga eng ko‟p hissa qo‟shish istagi
o‟rtasidagi teskari bog‟lanish mavjudligi aniqlandi, guruhning miqyosi yiriklasha
borishi bilan jamoadan birgalikdagi faoliyat ishtirokchilarning motivlari
susaymaydi. Tasodifiy guruhda yordamga muhtoj kishiga yordam ko‟rsatilishi
ehtimoli guruhning miqyosi kengayishi bilan susaya boradi, jamoada esa bunday
qonuniyat namoyon bo‟lmaydi va hokazo.
Shunday qilib, birgalikdagi sotsial qimmatga ega va shaxs uchun
ahamiyatga molik faoliyatning amalga oshirilishi o‟zaro jamoatchilik
munosabatlari o‟rnatilishini, individual munosabat bilan jamoa munosabatlari
o‟rtasidagi ziddiyatlar barham topishini ta‟minlaydi. Bunday faoliyat jarayonida
shaxslararo munosabatlarda boshqa sharoitlarda qayd etilishi mumkin bo‟lmagan
alohida hodisalar yuz beradiki, guruh rivojlanishining alohida belgisi sifatidagi
jamoatchilik hosil bo‟ladi. Aynan jamoa shaxsning jamiyatga bog‟liqligini ifoda
etadi. Shaxs ana shu bog‟liqlik orqali erkinlikka muvaffaq bo‟ladi.
O‟quv faoliyati o‟quvchilarga, yoshlarga bilim berib qolmay, ularni o‟z
harakatlarini, operatsiyalari va malaka, tajribalarni, bilish jarayonlarini boshqarish
o‟rgatishga yo‟naltirilgan. O‟quv faoliyati odamni mehnat faoliyatiga tayyorlaydi.
Dostları ilə paylaş: |