Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Ta‟lim. 
Bolaning "odamga aylanguncha" egallagan hamma narsani 
o‟rganishdan, ya‟ni tajribani o‟zlashtirib olishdan iboratdir. Insonning hatti-
harakatlari biologik tajriba bilan belgilanmaydi, balki sotsial tajriba bilan 
belgilanadi. Lekin sotsial tajribani biologik yo‟l bilan berib bo‟lmaydi. Sotsial 
tajriba organizmning xususiyatlariga bog‟liq bo‟lmay, balki inson yashab turgan 
jamiyatning xususiyatlariga bog‟liqdir. Biologik yo‟l bilan nasliy jihatdan sotsial 


103 
tajribani va insoniy ish-harakat shakllari hamda faoliyatlarini organizmning amaliy 
o‟zlashtirishi uchun kerakli bo‟lgan faqat ma‟lum xususiyatlari berilishi mumkin.
Taraqqiyot davomida shunday vaqt keladiki, unda bolaning hayotiga 
alohida faoliyat turi kirib keladi. Bu faoliyatning shunday turiki, uning bevosita 
maqsadi ma‟lum informatsiyalar, harakatlar va ish-harakatlar shakllarini 
o‟zlashtirishdan iboratdir. Sub‟ektning o‟z maqsadi o‟rganishdan iborat bo‟lgan 
mana shunday maxsus faoliyatni ta‟lim (o‟quv) deb ataladi. Ta‟lim faoliyati o‟z 
tarkibiga quyidagilarni oladi:
a) ma‟lum bir ideal va amaliy faoliyat turini muvaffaqiyat bilan tashkil 
qilish uchun narsa va hodisalarning zarur xususiyatlari haqidagi informatsiyalarni 
o‟zlashtirish ( bu jarayonning mahsuloti bilimdir);
b) mana shu faoliyat turlarini yuzaga keltiradigan usul va operatsiyalarni 
o‟zlashtirish (bu jarayonlarning mahsuloti malakalardan iborat bo‟ladi); 
c) ko‟zlangan maqsad va berilgan masala shartiga mos ravishda to‟g‟ri yo‟l 
va operatsiya tanlash hamda nazorat qilish uchun ko‟rsatilgan informatsiyalardan 
foydalanish usullarni egallash (bu jarayonning mahsuli - ko‟nikmadan iborat 
bo‟ladi). 
Shunday qilib, insonning ma‟lum bilim, ko‟nikma va malakalarni 
o‟zlashtirishda ongli maqsad bilan boshqariladigan barcha harakatlari ta‟lim bilan 
bog‟liq bo‟ladi. Ta‟lim jarayoni insoniyatning ijtimoiy tajribasini o‟zlashtirishga 
yo‟naltirilgandir.
Shaxslararo munosabat to‟g‟risida. Guruhda shaxslararo munosabat: 
simpatiya (mehr-muhabbat), antipatiya, uyushganlilik. O‟zaro kelishuv, guruh 
a‟zolari orasida izzat-hurmat. Rasmiy va norasmiy liderlik. Liderlik nazariyalari. 
Guruhning va uning ichki tuzilishi ni o‟rganish metodlari: sotsiometriya, 
refrentometriya metodlari. Ta‟lim-tarbiya jarayonida shaxslararo mos kelishlikni, 
munosabatlarini hisobga olish. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə