|
Kasbiy psixologiyaShaxs rivojlanishining harakatlanuvchi kuchlari kishining faoliyatidaM.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyotShaxs rivojlanishining harakatlanuvchi kuchlari kishining faoliyatida
o’zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning real imkoniyatlari
o’rtasidagi ziddiyatlari bilan aniqlanadi.
Ehtiyojlarni rivojlantirish, tanlash va tarbiyalash ularni hozirgi jamiyat
kishisiga xos bo‟lgan ma‟naviy yuksaklik darajasiga olib chiqish kishi shaxsini
shakllantirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shaxsning shakllanishi
jamiyatda ro‟y beradi. Individning shaxs bo‟lishi, yangi jamiyatni qurishning faol
ishtirokchisi bo‟lish kabi ehtiyoji aynan jamoada to‟laqonli qondiriladi.
Shaxsning shakllanishida unga maqsadga yo‟naltirilgan tarzda ta‟sir
o‟tkazishda tarbiya yetakchi rol‟ o‟ynaydi. Tarbiya shaxsning rivojlantirishini
jamiyat tomonidan qo‟yilgan maqsadlarga muvofiq tarzda yo‟llantirib boradi va
uyushtiradi.
Shaxs haqidagi psixologik nazariyalar.
Shaxs haqidagi psixologik
nazariyalar uzoq vaqt davomida rivojlanib keldi. Buning natijasida ko‟plab
nazariyalar, yondoshishlar yuzaga keldi. Ular orasidan g‟arb mamlakatlarida
rivojlangan va tan olingan asosiy nazariyalarga to‟xtalib o‟tish lozim. Shaxs
haqidagi barcha nazariyalarni rivojlanish bosqichiga ko‟ra uch guruhga
birlashtirish mumkin:
1. Shaxs haqidagi an‟anaviy nazariyalar (V. Dil‟tey, K. Levin, V. Shtern, Z.
Freyd, K. Yung va boshqalar);
2. Shaxs haqidagi yangi nazariyalar (G. Ayzenk, D. Kettel, A. Maslou, G.
Olport, K. Rodjers, K. Xorni va boshqalar);
3. Eng yangi nazariyalar (E. Bern, K. Leongard, D. Mid, G. Sallivin, Sirs,
E. Fromm va boshqalar).
Ko‟rsatib o‟tilgan nazariyalar quyidagi psixologik yo‟nalishlarning
tarkibida rivojlangan yoki ularning asosi bo‟lgan:
Freydizmning psixoanalitik kontseptsiyasi, neofreydizm (yangi freydizm)
va postfreydizm, bixevorizm va neobixevorizm, gumanistik psixologiya,
interaktsionizm, ekzistentsionalizm, sotsiologik nazariyalar, ekliktik nazariyalar va
h.k.
|
|
|