Kasbiy psixologiya


Shaxs rivojlanishining harakatlanuvchi kuchlari kishining faoliyatida



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Shaxs rivojlanishining harakatlanuvchi kuchlari kishining faoliyatida 
o’zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning real imkoniyatlari 
o’rtasidagi ziddiyatlari bilan aniqlanadi.
Ehtiyojlarni rivojlantirish, tanlash va tarbiyalash ularni hozirgi jamiyat 
kishisiga xos bo‟lgan ma‟naviy yuksaklik darajasiga olib chiqish kishi shaxsini 
shakllantirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shaxsning shakllanishi 
jamiyatda ro‟y beradi. Individning shaxs bo‟lishi, yangi jamiyatni qurishning faol 
ishtirokchisi bo‟lish kabi ehtiyoji aynan jamoada to‟laqonli qondiriladi.
Shaxsning shakllanishida unga maqsadga yo‟naltirilgan tarzda ta‟sir 
o‟tkazishda tarbiya yetakchi rol‟ o‟ynaydi. Tarbiya shaxsning rivojlantirishini 
jamiyat tomonidan qo‟yilgan maqsadlarga muvofiq tarzda yo‟llantirib boradi va 
uyushtiradi.
Shaxs haqidagi psixologik nazariyalar. 
Shaxs haqidagi psixologik 
nazariyalar uzoq vaqt davomida rivojlanib keldi. Buning natijasida ko‟plab 
nazariyalar, yondoshishlar yuzaga keldi. Ular orasidan g‟arb mamlakatlarida 
rivojlangan va tan olingan asosiy nazariyalarga to‟xtalib o‟tish lozim. Shaxs 
haqidagi barcha nazariyalarni rivojlanish bosqichiga ko‟ra uch guruhga 
birlashtirish mumkin:
1. Shaxs haqidagi an‟anaviy nazariyalar (V. Dil‟tey, K. Levin, V. Shtern, Z. 
Freyd, K. Yung va boshqalar);
2. Shaxs haqidagi yangi nazariyalar (G. Ayzenk, D. Kettel, A. Maslou, G. 
Olport, K. Rodjers, K. Xorni va boshqalar);
3. Eng yangi nazariyalar (E. Bern, K. Leongard, D. Mid, G. Sallivin, Sirs, 
E. Fromm va boshqalar).
Ko‟rsatib o‟tilgan nazariyalar quyidagi psixologik yo‟nalishlarning 
tarkibida rivojlangan yoki ularning asosi bo‟lgan:
Freydizmning psixoanalitik kontseptsiyasi, neofreydizm (yangi freydizm) 
va postfreydizm, bixevorizm va neobixevorizm, gumanistik psixologiya
interaktsionizm, ekzistentsionalizm, sotsiologik nazariyalar, ekliktik nazariyalar va 
h.k.


97 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə