Kasbiy psixologiya


Faoliyatning asosiy turlari. O‟yin



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Faoliyatning asosiy turlari. O‟yin. 
Hayotining birinchi yillaridayoq 
bolada faoliyatning oddiy shakllarini o‟zlashtirishi uchun dastlabki shart - 
sharoitlar tarkib topa boshlaydi. Ulardan birinchisi o‟yin faoliyati hisoblanadi. 
Ma‟lumki, o‟yin faoliyatini hayvonlarning bolalarida ham kuzatiladi. Bu - ularning 
turli xildagi xarxashalaridan, urishishni taqlid qilishi, u yoqdan - buyoqqa chopishi 
va hokazolardan iboratdir. Hayvon bolalarining o‟yin jarayonidagi qilig‟ini, avvalo 
ularning organizmidagi faoliyatga, jamlangan kuch - quvvatni sarflashga bo‟lgan 
ehtiyojni qondirishi deb qarash mumkin. Agar hayvon bir muncha vaqt mobaynida
o‟ynaydigan sherigidan mahrum etib qo‟yilsa, keyinchalik uning qo‟zg‟alishi va 
o‟yin faoliyati keskin kuchayadi, ya‟ni tegishli kuch quvvat to‟plangani kabi 
hodisa ro‟y beradi. Bu hodisa "o‟yinga to‟ymaslik" deb ataladi.
O‟yin faoliyati bilan organizmda kuch - quvvat almashinuvi o‟rtasidagi 
bog‟lanish o‟yinga nisbatan mayilning tug‟ilishiga olib keladi. Lekin o‟yin 
faoliyati ro‟yobga chiqaradigan fe‟l - atvor shakllari qanday va qaerdan paydo 


101 
bo‟ladi? Kuzatishlar shuni ko‟rsatadiki ularning ba‟zi birlari, masalan, 
mushukchadagi "sichqon ovlash" ishtiyoqi hayvonning tug‟ma instinktiv 
harakatlari jumlasiga kiradi. Boshqa bir xillari esa, masalan, shimpanze bolasining 
katta yoshdagi maymunlar va odamlarning harakatlarini takrorlashi taqlid qilish 
orqali yuz beradi. Uchinchi bir xili tevarak - atrofdagi olam bilan o‟zaro birgalikda 
harakat qilish jarayonida hayvonlarning o‟zlari tomonidan topiladi.
Tadqiqotlar shuni ko‟rsatadiki, o‟yin bolalarda ham o‟z faolligini ro‟yobga 
chiqarish shakli, hayot kechirish va faoliyat ko‟rsatish shakli bo‟lib xizmat qiladi. 
Bolaning o‟yin harakatlari avval boshdanoq buyumlardan foydalanishning insoniy 
usullari va amaliy xulq - atvorining katta yoshdagilar bilan muloqot jarayonida va 
katta yoshdagilar rahbarligida o‟zlashtirilib olinadigan insoniy shakllari zamirida 
rivojlanib boradi. 
Bola o‟z tajribasida qurol buyumlar bilan bir vaqtning o‟zida boshqa 
turdagi buyumlar - o‟yinchoqlarga duch keladi. O‟yinchoqlarni ishlatishning 
insoniy usuli - o‟yin, yana ular yordamida allaqanday boshqa, haqiqiy buyumlar va 
harakatlarning ifoda etishdir. Katta yoshdagilar bolalarni o‟yinchoqlardan ana shu 
tarzda foydalanishga o‟rgatadi. Ular bolaga qo‟g‟irchoqqa qanday suv ichirilishini, 
uni qanday qilib tebratish kerakligni, sayr qildirishni, o‟yinchoq ayiq bolasini 
qanday ovqatlantirishni, mashinani qanday qilib haydash kerakligini ko‟rsatishadi 
va hokazo.
Lekin bolada o‟yinchoqqa nisbatan "haqiqiy" buyumning tasviri sifatidagi 
munosabatning o‟zi o‟yin faoliyatiga faqat SO‟Z aralashuvi munosabati bilan hosil 
bo‟ladi. Bola so‟zning ahamiyatini amaliy harakatlar orqali yoki katta 
yoshdagilarning harakatlarini kuzatish natijasida o‟zlashtirib olgan holda SO‟Z 
bilan birgalikda bu harakatlarni o‟ynaydigan buyumlariga ko‟chiradi. Bu o‟rinda 
o‟yin faoliyati buyumning ahamiyatini belgilaydigan harakatlarni o‟sha buyumning 
o‟zidan ajratishdan va bu harakatlarni boshqa buyumga - o‟yinchoqqa 
ko‟chirishdan iborat bo‟ladi. O‟yin faoliyati tufayli so‟zning ahamiyatini 
buyumning tashqi ko‟rinishidan amalda ajratiladi va bu mohiyat buyum ustidagi 
harakatlar bilan, uning kishi faoliyatidagi vazifasi bilan bog‟lanadi. Buyumlarga 


102 
bo‟lgan munosabat odamlarning buyumlarga nisbatan funktsiyalari sifatida 
namoyon bo‟la boshlaydi. Rolli o‟yinlar paydo bo‟ladi. Rolli o‟yinlarda bola katta 
yoshdagi kishilarda o‟zi kuzatgan ijtimoiy funktsiyalarini, ularning shaxs sifatidagi 
xulq - atvorini aynan takrorlaydi. Jumladan, ikki yashar qizcha qo‟g‟irchoqni 
ovqatlantirar ekan, ovqat yedirish o‟yini bilan ovora bo‟lsa, to‟rt yoshar bola 
qo‟g‟irchoqni ovqatlantirayotganda qizini ovqatlantiradigan ona bo‟lib o‟ynaydi. 
Bunda o‟yin mazmuni konkret harakatlarni tasvirlashdan odamlar o‟rtasidagi 
munosabatlarni tasvirlashga tobora ko‟proq ko‟chiriladi. Bunda bola narsalarning 
hatti-harakatlari u foydalanayotgan narsalarning xususiyatlari bilan emas, balki 
ularning vazifalari haqidagi tasavvurlar bilan boshqariladi. Boshqacha qilib 
aytganda, bolada o‟z hatti-harakati o‟yinning sotsial roli va unga tegishli harakatlar 
haqidagi tasavvurlar bilan boshqarish qobiliyati tarkib topadi. Bola rolli 
o‟yinlarning rivojlangan bosqichiga kelib, boshqa bolalar bilan o‟zaro 
munosabatga kirishadi. O‟yin paytida rollarni taqsimlab, qabul qilingan rollarga 
mos holda bir-birlariga murojaat etib, bolalar sotsial hatti-harakatlarni, o‟z 
harakatlarini jamoa talabiga bo‟ysundirishni bilib oladi.
O‟yinlarning navbatdagi bosqichida - qoidali o‟yinlarda - ish-
harakatlarning mazkur xislatlari yanada rivojlanadi. Lekin endilikda ish-harakatlar 
abstrakt talablar yoki qoidalar asosida bajariladi. Aslini olganda bu o‟rinda 
o‟yindan xulosa boshlanadi. Ijtimoiy belgisiga ko‟ra u o‟yinga o‟xshab qolsa ham 
(faoliyat hali ham foydali mahsulot bermaydi), lekin psixologik strukturasiga 
ko‟ra, faoliyat mehnatga (maqsad faoliyatning o‟zi emas, balki uning natijasiga 
qaratilgan) va o‟qishga (maqsad o‟yinni o‟zlashtirishdan iborat) yaqinlashadi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə