Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Аннотация 
Учебник основан на знаниях и требованиях студентов по направлению 
бакалавриат: 5340500 - Производство строительных материалов, изделий и 
конструкций, которые должен освоить будущий представитель направления. 
включает коплекс имеющихся знаний и навыков. Учебник устанавливает 
минимальный объем знаний, практических навыков и компетенций, которые 
студенты должны приобрести по предмету «Профессиональная психология». 
Студентам предоставляется теоретическая и практическая информация о 
психологических концепциях в области науки, концепции профессий, 
формирование идей, а также выбора профессии и профориентации. 
Учебником могут пользоваться преподаватели и студенты вузов. 
Annotation 
This textbook is based on the knowledge and requirements of students in the field of 
bachelor's degree: 5340500 - Production of building materials, products and structures, 
which must be mastered by a future teacher of science. includes the sum of the 
knowledge and skills available. The textbook sets out the minimum amount of 
knowledge, practical skills and competencies that students should acquire in the subject 
of "Professional Psychology". Students are provided with theoretical and practical 
information on psychological concepts in the field of science, the concept of professions, 
the formation of a pool of ideas, as well as career choice and career guidance. 
The textbook is intended for university professors and students. 
© Axmetjanov M.M., Gafforov A.X., Karimova M.X. 2021 y.
© «Fan va texnologiya», 2021 y. 



KIRISH 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2017-yil 7-
fevraldagi “O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo„yicha Harakatlar 
strategiyasi to„g„risida”gi PF-4947-son Farmoni, O„zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta‟lim tizimini yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to„g„risida”gi PQ-2909-son Qarorining qabul qilinishi, yoshlarni 
har tomonlama bilim olishlari, ularda yaratuvchilik imkoniyatlarini kengaytirishga 
bo„lgan imkoniyatlari yanada kengaydi. 
Mazkur 
darslik 
5340500 

Qurilish 
materiallari, 
buyumlari 
va 
konstruksiyalarini ishlab chiqarish yo`nalishi talabalari uchun mo„ljallangan bo„lib, 
bo„lajak mutaxassislarning psixologik tayyorgarligini oshirish maqsadida 
yaratilgan novbatdagi manbadir.
 
Kasbiy psixologiya yosh avlodni tarbiyalash, ularni o„qitish va ma‟lumotli 
qilishning qonuniyatlari, qoidalari, shakllari, metodlari, usullari va vositalarini 
o„rganuvchi fandir. 
Mazkur tushunchalarning mazmuni, mohiyati, funksiyalari haqida ma‟lumot 
beruvchi “Kasbiy psixologiya” fani bo„lajak qurilish materiallari, buyumlari va 
konstruksiyalarini ishlab chiqarish soha egalarini o`z kasbiga ilmiy-nazariy 
tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, har bir mavzuning oxirida o„z bilimini tekshirish maqsadida 
nazorat savollari va amaliy ishlar topshiriqlari berilganki, ular talabalarning 
bo`lajak qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish 
sohasida o„zlashtirgan nazariy bilimlarini amalda qo„llash, ko„nikma, malakalarini 
shakllantirishga katta yordam beradi.
Ushbu darslik shaxsning kasbiy psixologiyaga oid asosiy tushunchalarni, 
“Kasbiy psixologiya” fani taraqqiyotining asosiy bosqichlari, va metodlari, 
vazifalari, shaxs haqida tushuncha, kasbiy faoliyatning psixologik tahlili, muloqot, 
psixik jarayonlar, shaxsning individual-psixologik xususiyatlari, fanning 
tarmoqlari, fanning boshqa fanlar bilan aloqasi, boshqaruv va mehnat psixologiyasi 
haqidagi masalalarni qamrab oladi.



Ushbu darslikdan olingan bilim, ko„nikma va malakalar bo„lajak 
mutaxassislarda kasbiy muloqotni amalga oshirish, o„z ustida ishlash, kasbiy 
malaka va ko„nikmalarni shakllantirish uchun asosiy manba hisoblanadi. 
Ushbu darslikning maqsadi - qurilish materiallari, buyumlari va 
konstruksiyalarini ishlab chiqarish yo`nalishi talabalariga fan sohasidagi
psixologik tushunchalar, kasblar haqida tushuncha, tasavvurlar zahirasini 
shakllantirish, shuningdek, kasb tanlash va kasbga yo„naltirish yuzasidan nazariy, 
amaliy malumotlar manbaini berishdir.
Darslikning vazifasi – fanning vujudga kelishi, turli nazariyalar, metodlar,
kasblar, qurilish sohasiga oid kasblar va ularning klassifikatsiyasi, quruvchi
shaxsida kuzatiladigan psixologik xususiyatlar muloqot psixologiyasi, 
quruvchida kompetentlik masalalari, boshqaruv psixologiyasi haqida tushuncha 
berishdir.
Darslikni o„zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida 
talaba:
- kasbiy psixologiya fanining mazmun va mohiyati haqida, kasbiy 
psixologiya fanining tarixi va rivojlanish bosqichlari, rahbarlik psixologiyasi, 
kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari, kasblar va ularning klassifikatsiyasi, 
boshqaruv psixologiyasi, shaxs psixologiyasi va kasbiy shakllanish, qobiliyatlar
va shaxsning kasbiy shakllanishini bilishi;
- kasb tanlash va shaxs xususiyatlari, kasbiy o„z-o„zini anglashning 
shakllanishi, shaxsning kasbiy xavfsizligi psixologiyasi, kasbiy xavfsizlikning 
psixologik masalalari, ish joyi, mehnat jamoasi, psixik holat, kasbiy qobiliyatlar 
bo„yicha ko„nikmalariga ega bo„ladi;
- kasb tanlashdagi inqirozlar, kasbiy qobiliyatlarning shakllanganligini 
diagnostika qilish, kasbiy shakllanish jarayonida yuzaga keladigan turli 
qiyinchiliklar, ongli kasb tanlash, hamda kasbga yo„naltirishga doir malakalariga 
ega bo„ladi.
Shuning
bilan bir qatorda bo„lajak mutaxassislar mamlakatimizda keyingi 
yillarda qurilish tizimining izchil taraqqiy etayotgani mazkur sohada qo„lga 



kiritilayotgan yutuqlarni kechagi ko„rsatkichlar bilan taqqoslash ko„nikmalariga 
ega bo„ladilar. 
Bo`lajak qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab 
chiqarish soha egalarini faollashtirish, psixologik bilimlarni o„zlashtirish 
jarayonining samaradorligini oshirishni yo„lga qo„yish maqsadida darslikning 
oxirida manbalar tavsiya etilgan. Bu manbalar talabalar mustaqil o„qishlarini 
yo„lga qo„yish hamda mustaqil bilim olishlari uchun ancha qulayliklar yaratadi. 
Albatta, mazkur darslikda barcha muammolar o„z yechimini topgan deb 
bo„lmaydi. Unda ba‟zi bir kamchilik va nuqsonlar bo„lishi tabiiy. Shu boisdan 
mualliflar darslikning nazariy va uslubiy saviyasini yanada oshirishga doir o„z 
takliflarini bildirgan kitobxonlarga chuqur minnatdorchilik bildiradilar.
Darslik haqidagi fikr-mulohazalaringizni Buxoro muhandislik-texnologiya 
instituti «Metrologiya va standartlashtirish» kafedrasiga yuborishingizni so„raymiz. 
Manzilimiz: Buxoro shahri, Qayum Murtazoyev ko„chasi, 15-uy, tel: +998 
(97)7986263 




Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə