Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

va vazifalari. 
 
Tayanch iboralar:
Kasbiy psixologiya fanining maqsadi,



predmeti va vazifalari, qurilish jarayoni, insonni ruhiy holati, psixik hodisalar, 
qonuniyat va mexanizmlar, shaxs va voqelik, shaxs va jamiyat, shaxs va 
predmetlar olami, yosh taraqqiyotni davrlashtirish, natijaviy yutuqlar.
Kasbiy psixologiya, o‟z mohiyatiga ko‟ra, psixologiya fani tarkibiga kiradi. 
Shu nuqtai nazardan qaraganda 
kasbiy psixologiya
o‟ziga xos 
predmet
bo‟lib, 
psixologiyaning nozik tomonlarini qamrab oladi. Ya‟ni, bu fan psixologiya 
sohalarining kesishuvida yuzaga keladi. Psixologiya muayyan shaxs, uning 
jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarining o‟ziga xos tomonlarini o‟rganadi. 
Bundan ko‟rinadiki, har ikkala fanning obyekti va subyekti shaxs, inson 
hisoblanadi. 
Yuqorida ta‟kidlab o‟tganimizdek, kasbiy psixologiya faoliyat psixologiyasi 
psixologiya tarkibida yuzaga kelgan bo‟lib, aniq faoliyat, ya‟ni kasb faoliyatidagi 
psixologik jihatlarning muhim tomonlarini o‟rganishga bag‟ishlangan fan 
hisoblanadi. 
Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo‟lib, umumiy psixologiyaning 
qonuniyatlarini o‟rganadi va bu fanning samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar 
ishlab chiqadi. 
Kasbiy psixologiya
fani
kasb doirasidagi munosabatlar, odamlarning psixik 
faoliyatini boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o‟rganuvchi fandir. Bunda 
kasb egalarining psixologik asoslarini o‟rganish 
maqsad
qilib qo‟yilgan. 
Kasbiy psixologiya
fanining maqsadi
– kasb egalari faoliyatining taraqqiyot 
qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o‟zaro munosabatlar jarayonida 
psixologik bilimlardan foydalana olish ko‟nikma va malakalarini shakllantirishdan 
iboratdir. 
Shu ma‟noda, kasbiy psixologiya fanining metodologik asosini O‟zbekiston 
Respublikasi Prezidentining asarlari, faylasuf-allomalarning kasb psixologiyasi 
faniga oid g‟oya va nazariyalari hamda hukumat qonunlari, OvaO`MTVning 
buyruq va ko‟rsatmalari tashkil etadi. 
Kasbiy psixologiya fanining predmetini quyidagilar tashkil etadi: 
-
qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish kasb 



egalari psixikasini har tomonlama o‟rganishdan hosil bo‟lgan bilimlar; 
-
qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish kasb 
egalarining ongi, ruhiyati, onglilik va ongsizlik holatidan hosil bo‟lgan xulosalar; 
-
qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish kasb 
egasi shaxsining tuzilishi, uning faoliyati va faolligini o‟rganish orqali olingan 
nazariy va amaliy xulosalar. 
Barcha fanlar singari kasbiy psixologiya fanining ham o‟z obyekti mavjud, 
ular quyidagilardan iborat: 
-
qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish kasb 
egalarining psixologiyasi; 
-
fuqarolarning onglilik va ongsizlik holatlari; 
-
shaxsning to`zilishi; 
-
shaxsning faoliyati; 
-
shaxsning faolligi va uning shakllari. 
Shunday qilib, kasbiy psixologiya kasb egalari xodimlari faoliyatidagi 
psixika, ong, ongsizlik kabi fenomenlarning kelib chiqishi, rivojlanish 
qonuniyatlarini o‟rganuvchi fandir. 
Mamlakatimizda huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish 
jarayonining borishi ichki ishlar idoralari xodimlari zimmasiga bir qator yangi 
vazifalarni yuklaydi. 
Kasbiy psixologiyaning asosiy vazifasi shaxsning ichki his-tuyg‟ularini 
o‟rganish, ish faoliyatida kelib chiqadigan subyektiv va obyektiv sabablarini 
o‟rganishdir. 
Shu bilan birga, bu fanni o‟rganish jarayonida quyidagi omillarga alohida 
e‟tibor muhimdir: 
-
betartibsizlikning oldini olish; 
-
betartibsizlikni batamom tugatish; 
-
qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish soha 
egalari o‟rtasida muloqot madaniyatini shakllantirish; 


10 
-
fuqarolarning huquqiy bilimdonligini oshirish; 
-
inson omilini birinchi o‟ringa olib chiqish. 
Kasbiy psixologiya fanini o‟qitishda quyidagilarga e‟tiborni qaratish zarur: 
-
bo‟lg‟usi qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab 
chiqarish soha egalarini kasbiy psixologik bilimlar bilan qurollantirish; 
-
kasbiy vazifalarni hal etishda olingan nazariy bilimlardan mohirona 
foydalanish va ularni hayotga, amaliyotga tatbiq etish
-
mutaxassisligiga xos zamonaviy kasbiy fazilatlarni har tomonlama 
shakllantirish; 
-
qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish soha 
yo‟nalishida ta‟lim olayotgan mutaxassislarning kasbiy qobiliyatlarni har 
tomonlama rivojlantirish; 
-
kasbiy sezgirlik, xotira, tafakkur, fuqarolar bilan muloqotda bo‟lish va 
psixologik aloqa o‟rnatish mahoratiga ega bo‟lish. 
Kasbiy psixologiya fani ana shu vazifalarning maqsadi va ko‟lamidan kelib 
chiqqan holda quyidagi bir qator vazifalarni bajaradi: 
1)
qurilish va psixologik bilimlarni chuqur o‟rganish hamda ularni ilmiy 
jihatdan sintezlash; 
2)
qurilish tehnolologiyasi tushuncha va kategoriyalarining qurilish va 
psixologik mohiyatini ochib berish; 
3)
qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish 
xodimlariga oid asosiy obyekt - inson xulq- atvorining ruhiy jihatlarini 
tushuntirish; 
4)
qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish 
sohasi munosabatlariga kirishayotgan subyektlar o‟rtasidagi psixik jarayonlarni 
o‟rganish va ularning ruhiy holatlarini ko‟rsatish; 
5)
jamiyatning ijtimoiy holatini tartibga solishni yanada takomillashtirish 
uchun tavsiyanomalar ishlab chiqish; 
6)
qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish 


11 
sohasi xodimlari uchun psixologik xizmat ko‟rsatish taktikasi va metodikasini 
ishlab chiqish. 
Shu ma‟noda, qurilish sohasi xodimlari uchun psixologik bilimlar ijtimoiy 
kategoriyalar (motiv, maqsad, shaxs va boshq.)ni va alohida ijtimoiy vazifalar, 
ya‟ni psixologik ekspertizasini tayinlash tarkibini klassifikatsiya qilish muhim 
ahamiyatga ega. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə