Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Kasbiy 
psixologiyaning 
tadqiqot 
metodlaridan 
foydalanishni 


25 
shakllantirish. 
Kasbiy psixologiya fanining o‟ziga xos ilmiy o‟rganish metodlari 
mavjud. Psixologiya fanini ilmiy o‟rganish metodlari («metod» yunoncha so‟z 
bo‟lib, «biror narsaga borish yo‟li» degan ma‟noni anglatadi) psixik jarayonlar, 
holatlar va individual xususiyatlar to‟g‟risidagi bilimlarni egallashda 
qo‟llaniladigan nazariy tadqiqotlar hamda amaliy harakat qilish usullari va ularning 
yig‟indisidir.
Kasbiy psixologiya muxandislik psixologiya sohasining ob‟ektiv 
qonuniyatlarini o‟rganishda uning metodlaridan keng foydalanadi. Ushbu metodlar 
o‟zining maqsadi va yo‟nalishiga qarab tasniflanadi.
Individual-psixologik xususiyatlarni o‟rganishning instrumental metodlariga, 
avvalo, eksperiment metodining turli variantlari, shuningdek, har xil testlar 
o‟tkazish, anketalar, so‟rovnomalar kiradi. Ularning mazmuni psixodiagnostikaga 
oid asosiy qo‟llanmalarda berilgan.
Metodlarning ushbu guruhi insonning ayrim ruhiy xususiyatlarining 
doimiyligi yoki o‟zgaruvchanligi darajasi, tuzilishini aniqlash uchun nihoyatda 
katta ahamiyatga ega. Biroq, psixologik metodlar yordamida olinadigan 
materiallarda ayrim xatolar ham bo‟lishi muqarrar. Ushbu xatolar inson shaxsini 
psixologik o‟rganishning o‟ziga xos «artefaktlari» hisoblanadi. U eksperiment 
tadqiqotining barcha bosqichlarida maxsus o‟rganish va hisobga olishni talab 
qiladi.
Kasbiy psixologiyaning o‟rganish sohalariga, jumladan, tekshirilayotgan 
shaxsning inson-texnika munosabatlari sharoitidagi holatlari kiradi. Shaxs harakat 
qiladigan bu sharoitlar shaxsning odatdagi tadqiqot sharoitida yo aniqlash juda 
qiyin bo‟lgan, yo umuman ko‟rinmaydigan tomonlarini ko‟rsatadi.
Shaxsning ong osti holatini chuqur va har tomonlama o‟rganishga imkon 
beradigan psixoanaliz metodi kasbiy psixologiya uchun muhim hisoblanadi. 
Psixoanaliz xatti-harakat motivlari, murakkab nizolarning haqiqiy 
sabablarini tadqiq etish darajasini aniqlashda keng qo‟llaniladi.
Anketa metodi.
Bu metodga tadqiqotchini qiziqtiruvchi faktlar haqida bir 
qator materiallar olish uchun nisbatan ko‟p sonli shaxslar guruhiga beriladigan 


26 
savollarning bir xilligi xos. Materiallarga statistik ishlov beriladi va tahlil qilinadi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə