Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Suhbat (intervyu) metodi.
Ushbu yordamchi metod tadqiqqotning eng 
boshida umumiy yo‟nalish olish va ishchi farazlarni yaratish maqsadida 
qo‟llaniladi. Bu erkin, majburiy bo‟lmagan suhbat. Suhbat (intervyu) anketa 
tadqiqotlaridan keyin ham qo‟llanishi mumkin. Bunda anketa tadqiqotlari natijalari 
suhbatlashish orqali chuqurroq o‟rganiladi. Suhbatga tayyorgarlik jarayonida 
savollarni berishga katta e‟tibor qaratish lozim. Savollar qisqa, aniq va tushunarli 
bo‟lishi kerak.
Psixokartalarning to‟planib boruvchi massivi kompyuterda keyinchalik 
ishlov berish – umumiy statistik qonuniyatlarni (mutaxassisning psixologik portreti 
xususiyatlariga jins, yosh, ish staji, kasb va boshqa omillarning ta‟sirini) aniqlash 
uchun foydalaniladi.
Testdan o‟tish 90 daqiqadan oshmasligi kerak. Asosiy testdan keyin 
tekshiriluvchi shaxs o‟zining individual-tipologik va shaxsiga xos xususiyatlarni 
raqamlar ko‟rinishida ifodalovchi maxsus psixogrammalarni oladi. Psixolog-
mutaxassis yakka tartibdagi suhbatda tekshiruvchiga test natijalarini tushuntirib 
beradi. Ta‟kidlash joizki, ba‟zi test o‟tkazish tizimlarida kompyuterda 
tekshiriluvchilarga o‟z shaxsini test ma‟lumotlari bo‟yicha tavsiflash taklif etiladi. 
Bunday xarakteristikalar (tavsiflar) rasmiy (formal) xususiyatga ega, ularda 
olingan empirik ma‟lumotlar inobatga olinmaydi. Bundan tashqari, test o‟tkazish 
tizimi o‟z-o‟zicha emas, balki inson faoliyatini yaxshilash uchun zarur.
Olingan ma‟lumotlarni psixolog muayyan maqsadga yo‟naltirilgan suhbat, 
kuzatish kabilarning natijalari bilan solishtiradi.
Psixolog test natijalari bo‟yicha individual maslahat jarayonida psixik 
adaptatsiya (moslashuv) xususiyatlari, hissiy-irodaviy holati, shaxsning tuzilishi va 
ehtiyoj yo‟nalishlarini tahlil qiladi.
Shunday qilib, tizimli yondashuv psixologiya va muxandislikning turli 
usullari bilan birga, faoliyat jarayonining asosiy psixologik qonuniyatlari, 
shaxsning tuzilishi va huquqiy normalar tizimining o‟zaro ta‟sirini etarlicha chuqur 
tahlil etish va aniqlashga, ushbu o‟zaro ta‟sirning barcha ishtirok etuvchi 


27 
elementlarini inobatga olgan holda aniq tavsiflash va muhim xususiyatlarini 
ajratishga imkon beradi.
Psixologik tadqiqotda qo‟llaniladigan metodlarning barchasini to‟rt guruhga 
ajratish mumkin: 1) tashkiliy metodlar; 2) tajriba metodlari; 3) ma‟lumotlarni qayta 
ishlab chiqish metodlari; 4) izohlash metodlari. Birinchi guruhga qiyosiy, 
longityud va majmua metodlari kiradi. Ma‟lumotlar olishning tajriba metodlari 
kuzatish va o‟zini kuzatish (introspektsiya), tajriba metodlari (laboratoriya, tabiiy, 
shakllantiruvchi), 
psixologik 
tashhislash 
metodlari 
(testlar, 
anketalar, 
so‟rovnomalar, sotsiometriya, suhbat, intervyu), faoliyat mahsuli tahlili 
(xronometriya, kasbiy ta‟riflar, mahsulot va bajarilgan ishlarni baholash va 
boshqalar), tarjimai hol va egizaklar metodlarini o‟z ichiga oladi. Ma‟lumotlarni 
qayta ishlash metodlariga miqdoriy (statistika) va sifat (materialni guruhlarga 
ajratish, tahlil) metodlari kiradi. Izohlash metodlariga turli xildagi irsiy 
(materilning rivojlanishdagi alohida davrlar, bosqichlar, xavfli vaziyatlar va 
boshqalarni ajratib ko‟rsatgan holda tahlili) va tarkibiy (psixika barcha 
xususiyatlarining tuzilishlari o‟rtasidagi aloqani o‟rnatish) metodlar kiradi.
Psixologik tadqiqotning asosiy metodlarini birmuncha to‟liqroq holatda 
ko‟rib chiqamiz. Qiyosiy metod («ko‟ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga 
mansub odamlarning yoshi, ma‟lumoti, faoliyati va muloqotiga ko‟ra 
taqqoslashdan iborat. Masalan, yoshi va jinsi bir xil bo‟lgan odamlarning ikkita 
katta guruhi (talabalar va ishchilar) ilmiy ma‟lumotlarga ega bo‟lish uchun bir xil 
tajriba metodlari bilan tadqiq etiladi va olingan ma‟lumotlar o‟zaro solishtiriladi. 
Longityud metodi («uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq vaqt 
davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. Masalan, talabalarni oliygohda ta‟lim 
olish vaqti davomida ko‟plab marta tekshirish.
Qiyosiy va longityud metodlari o‟z afzalliklariga ega. Kesimlar metodi qisqa 
vaqt ichida ko‟p sonli sinaluvchilarni tadqiqot bilan qamrab olish imkonini beradi.
Longityud metodi kesimlar metodi e‟tiboridan chetda qolgan nozik farqlar, 
ususiy rivojlanish turlarini qayd etishga imkon yaratadi. Amaliyotda bu ikki metod 
bir-birini to‟ldiradi.


28 
Majmuiy metod – tadqiqotda turli fan vakillarining ishtiroki, turli hodisalar, 
masalan, shaxsning fiziologik, psixologik va ijtimoiy taraqqiyoti o‟rtasidagi 
aloqalar va bog‟liqliklarni o‟rnatish imkonini beruvchi o‟rganish usuli. Kuzatish – 
psixika tashqi alomatlarini oldindan belgilangan, tizimli, maqsadga muvofiq va 
qayd etilgan holatda qabul qilishdan iborat bo‟lgan metod.
Bu metod ilmiyligining asosiy sharti bo‟lib uning ob‟ektivligi, ya‟ni, qayta 
kuzatuv yoki tadqiqotning boshqa usullarini, masalan, tajribalarni qo‟llagan holda 
nazorat olib borish imkoniyati xizmat qiladi. Kuzatish bir necha xil: 
standartlashtirilgan (belgilangan dasturga qat‟iyan mos ravishda o‟tkazilgan), erkin 
(oldindan o‟rnatilgan chegaralarga ega bo‟lmagan), kiritilgan (tadqiqotchi o‟zi 
kuzatayotgan jarayonning bevosita ishtirokchisiga aylanadi), yashirin bo‟ladi.
O‟tkazilish joyiga asosan kuzatishlar dala va laboratoriya kuzatishlariga 
bo‟linadi. Dala kuzatishlari tabiiy sharoitlarda, laboratoriya kuzatishlari esa, 
sun‟iy, ya‟ni, oldindan yaratilgan sharoitlarda o‟tkaziladi.
Olib borish muntazamligiga ko‟ra kuzatishlar tizimli (ma‟lum vaqt 
davomida ob‟ektni o‟rganish uchun ishlab chiqilgan reja bo‟yicha) va tizimsiz 
(noma‟lum vaqt davomida rejaga asoslanmagan) bo‟ladi.
O‟rganilayotgan hodisaning o‟tkazilish davomiyligi, vazifalari va ko‟lamiga 
ko‟ra kuzatishlar qisqa vaqtli (farazlarni ifodalash yoki boshqa metodlar yordamida 
olingan ma‟lumotlarni nazorat qilish va to‟ldirish uchun tadqiqotning boshlang‟ich 
bosqichida o‟tkaziladi) va uzoq oylar hamda yillar davomida keng ko‟lamli yoki 
murakkab tuzilmali ijtimoiy jarayonlarning kechishini kuzatishga xizmat qiluvchi 
uzoq vaqtli kuzatishlarga bo‟linadi.
Kasbiy psixologiya fanining o‟ziga xos ilmiy o‟rganish metodlari mavjud. 
Psixologiya fanini ilmiy o‟rganish metodlari («metod» yunoncha so‟z bo‟lib, 
«biror narsaga borish yo‟li» degan ma‟noni anglatadi) psixik jarayonlar, holatlar va 
individual xususiyatlar to‟g‟risidagi bilimlarni egallashda qo‟llaniladigan nazariy 
tadqiqotlar hamda amaliy harakat qilish usullari va ularning yig‟indisidir.
Kasbiy 
psixologiya 
muxandislik 
psixologiya 
sohasining 
ob‟ektiv 
qonuniyatlarini o‟rganishda uning metodlaridan keng foydalanadi. Ushbu metodlar 


29 
o‟zining maqsadi va yo‟nalishiga qarab tasniflanadi.
Individual-psixologik xususiyatlarni o‟rganishning instrumental metodlariga 
avvalo, eksperiment metodining turli variantlari, shuningdek, har xil testlar 
o‟tkazish, anketalar, so‟rovnomalar kiradi. Ularning mazmuni psixodiagnostikaga 
oid asosiy qo‟llanmalarda berilgan.
Metodlarning ushbu guruhi insonning ayrim ruhiy xususiyatlarining 
doimiyligi yoki o‟zgaruvchanligi darajasi, tuzilishini aniqlash uchun nihoyatda 
katta ahamiyatga ega. Biroq, psixologik metodlar yordamida olinadigan 
materiallarda ayrim xatolar ham bo‟lishi muqarrar. Ushbu xatolar inson shaxsini 
psixologik o‟rganishning o‟ziga xos «artefaktlari» hisoblanadi. U eksperiment 
tadqiqotining barcha bosqichlarida maxsus o‟rganish va hisobga olishni talab 
qiladi.
Kasbiy psixologiyaning o‟rganish sohalariga, jumladan, tekshirilayotgan 
shaxsning inson-texnika munosabatlari sharoitidagi holatlari kiradi. Shaxs harakat 
qiladigan bu sharoitlar shaxsning odatdagi tadqiqot sharoitida yo aniqlash juda 
qiyin bo‟lgan, yo umuman ko‟rinmaydigan tomonlarini ko‟rsatadi.
Shaxsning ong osti holatini chuqur va har tomonlama o‟rganishga imkon 
beradigan psixoanaliz metodi kasbiy psixologiya uchun muhim hisoblanadi.
Psixoanaliz xatti-harakat motivlari, murakkab nizolarning haqiqiy 
sabablarini tadqiq etish darajasini aniqlashda keng qo‟llaniladi. 
Metod so‟zi – yunoncha methodos bo‟lib tadqiqot, tekshirish degan ma‟noni 
beradi. Nazarimizda yuqoridagilarga yana yo‟l, usul so‟zlarini ham kiritish 
mumkin. Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham qo‟llaniladi. Ushbu 
bobda bilim berish metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi 
uchun zarur bo‟lgan ma‟lumotlarni to‟plashdagi qo‟llaniladigan tadqiqot metodlari 
haqida so‟z boradi.
Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim o‟rin 
egallagan, diagnostik xususiyatli metodlardan biri – kuzatish metodidir. Mazkur 
metod fanimizing eng qadimgi zamonidan boshlab to hozirgi davrgacha ilmiy 
izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan biri bo‟lib, keng ko‟lamda 


30 
foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi kunda uning ob‟ekti, ko‟lami yanada 
kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar, holatlar, hodisalar, kechinmalar, 
faoliyat va muomala xususiyatlarini o‟rganish imkoniyati tug‟ildi, sifat hamda 
mazmun jihatidan katta o‟zgarishlar yuzaga keldi.
Kuzatish – psixika tashqi alomatlarini oldindan belgilangan, tizimli, 
maqsadga muvofiq va qayd etilgan holatda qabul qilishdan iborat bo‟lgan metod.
Bu metod ilmiyligining asosiy sharti bo‟lib uning ob‟ektivligi, ya‟ni, qayta 
kuzatuv yoki tadqiqotning boshqa usullarini, masalan, tajribalarni qo‟llagan holda 
nazorat olib borish imkoniyati xizmat qiladi. Kuzatish bir necha xil: 
standartlashtirilgan (belgilangan dasturga qat‟iyan mos ravishda o‟tkazilgan), erkin 
(oldindan o‟rnatilgan chegaralarga ega bo‟lmagan), kiritilgan (tadqiqotchi o‟zi 
kuzatayotgan jarayonning bevosita ishtirokchisiga aylanadi), yashirin bo‟ladi. 
Kuzatish metodi. Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, uning yangi shakllari, 
vositalari, usullari paydo bo‟ldi, xolisonalik (ob‟ektivlik) darajasi ortdi, 
ishonchliligini ifodalovchi mezonlar, o‟lchovlar yaratildi. Buning natijasida 
kuzatish psixologiya fanining universal tadqiqot metodlari qatoriga kirib, uning 
barcha sohalarida qo‟llanilmoqda, ayniqsa tadbiqiyligi imkoniyatining yuksakligi, 
statistik hisoblashga beriluvchanligi xususiyati bilan boshqa metodlardan ajralib 
turadi.
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda uning yoritilmay qolib 
ketgan jihatlari, tarkiblari, yordamchi jabhalari yuzasidan mulohaza yuritamiz. 
Kuzatish metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi:
- voqelik (atrof – muhit, inson shaxsi)ni kuzatish oqimini muayyan 
qismlarga, yo‟nalishlarga ajratish (nemischa – lotincha “kvantifikatsiyalash”, ya‟ni 
eng zarur, birinchi darajali jihatlarini saralash);
- kuzatishning ko‟lami (xajmi), xususiyati va o‟ziga xosligini aniqlash, ya‟ni 
uning nimalarga qaratilganligini belgilab olish;
- kuzatish jarayonida barcha holat, hodisa, alomat va tashqi qiyofa, 
ko‟rinishning o‟ziga xosligini qayd qilish (ularni yozma nutqda ifodalash, ya‟ni 
frantsuzcha – lotincha “fiksatsiyalash”);


31 
- kuzatish davomida to‟plangan omillar, ma‟lumotlar, natijalarni matematik 
statistik metodlar yordami bilan hisoblab chiqish va miqdoriy tahlil yakunlari 
bo‟yicha psixologik sifat talqinini amalga oshirish.
Psixologik kuzatish olib borishdan ko‟zlangan maqsad mana bulardan 
iborat:
- kuzatiluvchi vaziyat, holat va ob‟ektni maqsadga muvofiq tanlash, uning 
oqilona ekanligiga ishonch hosil qilish;
- kuzatishning dasturini ishlab chiqish, uni amaliyotga tatbiq qilish, sxematik 
ifodalashni yaratish, yig‟ilgan natijalarni chizma asosida aks ettirish. Kuzatishning 
ob‟ekti va predmeti quyidagi tuzilishga ega:
- kuzatishning ob‟ekti – inson, guruh, jamoa va shaxslararo munosabatlar, 
emotsional – hissiy kechinmalar, xayvonot olami, shaxsning faoliyati, ijodiyoti, 
muomalasi kabilarni o‟rganishdan iboratdir;
- kuzatishning predmeti – insonning xilma xil holati, jarayoni, harakatining 
kuchi, jadalligi, uzluksizligi, dinamikasi, o‟ziga xosligi, uning hamkorlikdagi 
harakati, undagi onglilik, ongsizlik, ongosti holatlarining kechishi, faoliyat va 
muomala kabilarni eksteriorizatsiyalashdan tashkil topgandir;
- amaliy va gnostik holatlar; nutq aktlari: ma‟nosi, mazmuni, mohiyati, 
yo‟nalishi, chastotasi, ritmikasi, tempi, amplitudasi, davomiyligi, intensivligi, 
ekspressivligi, uning leksikasi, grammatikasi, fonetikasi, lingvistik qurilishi va 
boshqalar;
- noverbal nutq ifodasi: mimika, pantomimika va vokal mimikasi (musiqa 
ma‟nosini tana a‟zolari orqpli ifodalash);
- vegetativ reaktsiyalarning ko‟rinishi: rangning qizarish, oqarishi, terlash, 
nafas olishning tezlashuvi, sekinlashuvi va qiyinlashuvi.
Kuzatishning bosqichma – bosqichliligi, tadrijiyligi (ierarxiyasi) tarkiblari 
quyidagilardan tashkil topadi:
- kuzatishning maqsadi, vazifalari, dasturi, qaydnomasi: bunda umumiy 
talablarga rioya qilish, kundalik, texnika vositalari (faktik holatlar), natijalarning 
tahlili, talqini va g‟oyalarni ilgari surish.


32 
Kuzatishni ifodalash uslublari: tajribalarda to‟plangan ma‟lumotlarni alomat, 
belgi va simvolika orqali aks ettirish (piktogramma, chizgi, jadval, anogramma) va 
turli shakl, xususiyatli bayonnomalar, qaydnomalar yuzaga keltirish. Psixologiya 
fanida kuzatishning quyidagi turlaridan foydalaniladi: izchil, epizodli, dala 
sharoitli, laboratoriyaviy – sun‟iy, tabiiy, xronologiyali, davriy, bir martali kabilar.
Insonning mehnat faoliyatini kuzatishda quyidagi vositalarni qo‟llash 
maqsadga muvofiq:
- G. Gilbertning “Ish kuni fotografiyasi”
metodikasi (rasmlarda ifodalangan 
ishchining harakatini kuzatish, ko‟zdan kechirish orqali ularni tahlil qilish (sa‟i – 
harakatlar bo‟yicha tizim vujudga keltirish, ulardagi o‟zgarishlarga binoan 
muayyan ketma – ketlikda joylashtirish);
- A. K. Gostevning xronokartasi (ikki yoki uch marta yarim soatdan 
smenada va smenadan keyin tekshiruv o‟tkazish);
- talabalarda dars boshida, o‟rtasida va oxirida yoki boshqa vaziyatlarda: 
yordamchi yumush bilan shug‟ullanish holati, dam olish, uyqu va shu kabilar.
Kuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud bo‟lib, vazifalariga 
qarab ularning har biridan foydalanish mumkin: aralishib yashirin kuzatish, 
kuzatiluvchining psixologik portretini yaratish, aralashib oshkora kuzatish 
(o‟smirlarda yuqori natijalar beradi), hulq – atvor portretini tahlil qilish va hokazo. 
Kuzatilgan ob‟ektni qayd qilishning turlari va vositalari mavjuddir: kundaliklar, 
foto, video, kinoapparatlarning mahsullari, voqelikning musavvir tomonidan faktik 
ifodalanishi, ta‟kidlovchi, ta‟birlovchi, umumlashtiruvchi xususiyatlar majmuasi. 
Kuzatish natijalarini umumlashtirishda ma‟lumotlar miqdor va sifat jihatidan tahlil 
qilinadi, tajriba yakunlari bo‟yicha g‟oyalar, umumlashmalar, xossalar, 
qonuniyatlar mexanizmlar, holatlarining ilmiy psixologik talqini amalga oshiriladi.
Kuzatish yakunida to‟plangan ma‟lumotlar ilmiy hisobot sifatida muayyan 
qoidalarga 
asoslangan 
holda 
quyidagi 
tartibda 
joylashtiriladi: 
kirish, 
metodikalarning tasnifi, natijalarning bosqichma – bosqich tahlili, ularning 
muxokamasi, izlanishlarning xotimasi va xulosalari, amaliy xususiyatga ega 
bo‟lgan tavsiyalar, ko‟rsatmalar berilishi, foydalaniladigan adabiyotlar ro‟yhati va 


33 
nihoyat ilovalar (har bir qism o‟ziga xos yakunlangan, tugallangan ma‟no 
anglatishi lozim).
Kuzatish metodi yordami bilan xatto nizoli (konfliktli) vaziyatlarni kuzatish 
ham mumkin. Nizoli vaziyatlar turli – tuman bo‟lishidan qat‟i nazar kuzatish 
jarayonida ushbu holatlarga e‟tibor berish zarur: nizoning mohiyatiga kirish, 
nizoning kuchayishi va uning tashqi va ichki omillari, nizoni pasaytirishga 
qaratilgan ta‟siro‟tkazuvchi vositalardan foydalanganlik, nizo echimining topilishi, 
nizoli vaziyat bartaraf qilingandan keyin sixologik holatning tasnifi.
Kuzatish jarayonida R. Beylzaning interaktsiya metodikasini (bahs – 
munozara jarayonida o‟zaro ta‟sir o‟tkazish imkoniyatini aniqlash uchun) qo‟llash 
ijobiy natijalar beradi:
- umumiy muammo mohiyatiga guruh a‟zolarini yo‟naltirish;
- guruh a‟zolari tomonidan muammoni echish yo‟llarini baholash;
- bahs (munozara, diskussiya) jarayonini nazorat qilish;
- umumiy fikrga kelish uchun guruhiy qaror qabul qilish;
- muammo yechimiga erishishdagi guruh a‟zolarining birdamligi va 
hamjixatligi.
Kuzatish yakunlari bo‟yicha umumpsixologik xulosalar chiqarish, milliy, 
etnopsixologik, hududiy xususiyatlarni qat‟iy ravishda sharxlash, yosh davrlari, 
jinsiy xususiyatlariga taalluqli mulohazalar bildirish – psixologik bilimlarning 
boyishiga olib keladi. Tajribalarda, kuzatishlarda to‟plangan materiallar qiymatini 
oshirish uchun vujudga kelgan barcha omillarni psixologik tahlil qilish, statistik 
metodlardan unumli foydalanish zarur, toki bu mezonlar ma‟lumotlarning ilmiylik 
darajasini yuksaltirishga xizmat qilsin.
Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagi 
tartibda qo‟llash lozim:
- olingan natijalarni foizlar bo‟yicha hisoblash chiqish;
- to‟plangan ma‟lumotlarning o‟rtacha arifmetik qiymatini topish;
- son qatoridagi o‟rtacha kvadrat og‟ishni hisoblash (sigma);
- son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya);


34 
- omillar o‟rtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini (korrelyatsion) 
tahlil qilish;
- ma‟lumotlar, metodikalar ishonchlilik darajasini aniqlash uchun Styudent
mezonidan foydalanish lozim. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə