Kasbiy psixologiya


Praksimetrik metodlar guruhi



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Praksimetrik metodlar guruhi.
Faoliyat mahsulotlari va jarayonlarini tahlil 
etish yo„llari bo„lib, unga B.G.Anan`ev xronometriya, profesiografiya, bajarilgan 
ishlar va buyumlar bahosini izohlashlarni kiritadi. Kasbiy psixologiyaning bu 
guruhidan quyidagi metodlar muhim ahamiyatga ega: 
Topshriqlar tahlili – bu kuzatilayotgan inson va uning yashirin kasbiy 
xulqining yo„nalganligini psixologik jihatlarini tadqiq qilish metodidir. 
Topshiriqlarni tahlil etish metod F.Teylor tomonidan ishlab chiqilgan bo„lib, 
tasvirlash va tahlil etish maqsadida qo„llanilgan.Topshiriqlarni tahlil etish hamda 
bajarilgan ishlarni tahlil etish metodi ham muhandislik psixologiyasida keng 
qo„llaniladi. 
Ye.Mak-Kormik va uning kasbdoshlari metallurgiya sanoatiga xos bo„lgan 
250 ta kasb turlarini tahlil etish uchun faoliyatlar ro„yxatini ishlab chiqishdi. 
Olingan ma‟lumotlarni omilli tahlil qilish yo„li bilan qayta ishlash orqali 14 ta omil 
ajratildi va bu omillar “pozitsion tahlil so„rovnomasi”ni loyihalashtirishga asos 
bo„ldi (RAQ). 
RAQ 187 elementdan iborat bo„lib, ular mehnat xulqining asosiy shakllari 
hamda turli jihatlarini o„z ichiga oladi. Ayrim jihatlarga tegishli misollarni 
keltiramiz: yozma topshiriqni ko„rsatmasiga asoslangan holda bajarish


36 
klaviaturadan foydalanish, konsultatsiyalarda qo„l ostidagi ishchilar miqdori va 
boshqalar. 
RAQ metodi asosida to„plangan ma‟lumotlarni tahlil etishda tadqiqotchi har 
bir bo„limlar bo„yicha javoblarni oladi. Ta‟kidlash kerakki, RAQ – topshiriqlar 
emas, balki bajarilgan ishlar tahlili metodi bo„lib, ishchilarni tanlash muammosini 
hal etishda qo„llaniladi. RAQ ishchilarni o„qitish, malaka oshirish va ma‟muriy 
jihatdan o„zgarishlarida qo„llaniladi. 
Psixometrik metodlar guruhi.
Psixometriya-psixik voqea va hodisalarning 
miqdoriy tomonining nisbati va tavsiflarini o„rganadi. Psixometriyaning muhim 
belgisi psixik jarayonlarning individual farqlar, empirik dalillar dinamikasini, 
parametrlarini o„lchash texnologiyasining standartlashganligidir. Psixometriya 
ishonchliligi bilan ajralib turuvchi psixodiagnostik metodikalarini yaratishga 
yo„naltirilgan. Psixometrik usullar tarkibiga psixologik test ham kiradi. 
Test – psixologik diagnostika metodi bo„lib, u ma‟lum ma‟noga ega bo„lgan 
standart savol va masalalardan iborat. Test intellektual va maxsus qobiliyatlarini, 
shaxsning psixofiziologik xususiyatlari va sifatlarining rivojlanishini, kasbiy 
layoqatni aniqlash, kasbiy ekspertiza va reabilitatsiya shuningdek, kasbiy 
maslahatlar jarayonida qo„llaniladi. 
Test o„tkazish 3 bosqichga ajratiladi: 
- test savolnomasini tanlash (tadqiqot masalasi bilan belgilanadi); 
- test o„tkazishda etika normalariga rioya qilgan holda ko„rsatmaga muvofiq 
tashkil etish; 
- olingan ma‟lumotlarni qayta ishlash va natijalarni o„rganish. 
Kasbiy psixologiyada maxsus qobiliyatlarning diagnostikasi va kasbiy 
yutuqlar muhim ahamiyat kasb etadi. An‟anaviy intellektual testlar akademik 
qobiliyatlarni o„rganishga qaratilgan. Vakant (bo„sh) o„rinlarga nomzodlarni 
kasbiy tanlovi uchun ishonchli usullarga bo„lgan ehtiyoj psixologlarni maxsus 
qobiliyatlarni diagnostika qilish uchun test ishlab chiqildi. Ishlab chiqarishning 
turli sohalari ishchilarning oldiga o„ziga xos talablarni qo„yadi. Kasbiy tanlov, 
kasbiy maslahat, kadrlarni joylashuvi, vakant ishchi o„rinlarini to„ldirish 


37 
maqsadida muhim kasbiy psixofiziologik xususiyatlar, psixologik sifatlar, kasbiy 
malakalarni aniqlash imkonini beruvchi testlar bo„lishi lozim. 
Psixometrik usullar guruhiga barcha standartlashgan so„rovlar kiradi. Kasbiy 
psixologiyada anketa-so„rovnomalari keng ko„lamda qo„llanilib, ular orasida 
biografik anketalar, qiziqish savolnomalari ham mavjud. Biografik anketalar 
kasbiy faoliyat turlari, ish va ish joyining o„zgarishi, ta‟lim xarakteri darajalarini 
aniqlaydi. 
Eksperimental tadqiqotlarda psixologiyaning barcha metodlaridan keng 
qo`llaniladi. Bunda tadqiqot mavzusi, maqsadi va xususiyatlaridan kelib chiqqan 
holda u yoki bu metod asosida tadqiqotlar tashkil etiladi.
Eksperimental psixologik metodlariga murojaat qilishdan oldin ularni umum-
ilmiy pozitsiyalarini ko`rib chiqamiz. Barcha metodlar ma'lumotlar olish uchun 
ishlatiladi. Ular aktiv va passivlarga ajratilgan. Aktivlariga laboratoriya 
eksperimentlari va ularning modifikatsiyasi, kvazi-eksperiment kiradi. Passivlariga 
– kuzatish, kichik metod, faoliyat mahsuli analizi, o`lchash va korrelyatsion 
kuzatuvlar, ma'lumotlar yig`ish metodi va h.k. Birinchi metodda kuzatuv, xodisa 
va jarayonlar bilan faol tanishtiradi.
Albatta, ob'ektga ta'sir etgan holda, ikkinchi metod jarayoni esa uni faqat 
ro`yxat qilish bilan chegaralanadi. Kuzatuvchi ro`yxatni to`g`ridan-to`g`ri yoki 
savolnoma asosida yozib boradi. Xuddi shu narsa ta'sir qilish jarayonida ham 
qo`llanilishi mumkin. Eksperiment jarayonida to`g`ridan-to`g`ri muloqot metodi 
orqali o`tkaziladi. Bu ikkinchi jarayon psixologik eksperiment metodlaridir. 
Uchinchi jarayon ham mavjuddir. Eksperimentator kuzatuv jarayonida tabiiy 
usullardan yoki «tushunish metodi» dan to`g`ridan to`g`ri kuzatuvchiga nisbatan 
qo`llaydi. Eksperiment jarayonida kuzatuvchi vazifalarni faol bajaradi. Kuzatish
so`rov davomida esa unga hech qanday vazifa berilmaydi va u o`zini erkin tutadi.
Qiziqishlar so„rovnomalari ta‟limiy va kasbiy manfaatlarni o„lchash uchun 
mo„ljallangan. Ular professional tanlash masalalarini hal qilish uchun 
foydalaniladi. Birinchi bunday so„rovnomalardan biri 1920 yilda E.Strong 
tomonidan yaratilgan "Kasblar qiziqish bloki" bo„lib, u to„rtta qiziqish 


38 
ko„rsatkichini aniqlaydi: 
1) muayyan kasbda muvaffaqiyat qozongan shaxslarning manfaatlari bilan 
sub‟ektning manfaatlariga o„xshashligi; 
2) erkaklar va ayollar qiziqishlari tuzilmasi; 
3) qiziqishlar yetuklik darajasi; 
4) kasbiy tayyorgarlik darajasi. 
Kasbiy ta‟lim diagnostikasi. Ta‟lim tizimi orqali o„quv-kasbiy faoliyat 
samaradorligi, shaxs qobiliyatlari (dastlabki bilim, qobiliyat, ijobiy motivatsiya, 
ma‟lum darajada jismoniy rivojlanish, salomatlik va b.) aniqlanadi. O„quvchanlik 
qanchalik yuqori bo„lsa, ta‟lim oluvchi yangi bilimlarni tez o„zlashtiradi, 
professional ko„nikmalarni oson egallaydi. O„quv – kasbiy vaziyatlar qanchalik 
erkin bo„lsa, talabaning kasbiy rivojlanishini yuqori darajaga oshiradi. Kasbiy 
ta‟limning asoslari sensomotor qobiliyatlarni, psixik jarayonlarni, shuningdek, 
shaxsning hissiy, motivatsion-irodaviy fazilatlarini rivojlantirishdan iborat. 
Rivojlanish darajasi va ushbu xususiyatlarning kombinatsiyasini o„zlashtirish 
qobiliyatidagi individual farqlarni aniqlab, uning sifat ko„rsatkichlari hisoblanadi. 
O„rganish mezonlariga qo„yidagilar kiradi: 
mantiqiy fikrlash usullarini shakllantirish; 
tafakkurning mustaqilligi; 
tafakkurning xilma-xilligi. 
Tafakkurning bu sifat xususiyatlarini diagnostika qilish psixologiyada keng 
qo„llaniladigan usullar yordamida amalga oshiriladi. 
Kasblar psixologiyasida "Kasb-hunar o„rganish" tushunchasini ishlatish va 
kasb mazmuniga qarab, diagnostika metodikasi ishlab chiqiladi. 
Asosiy diagnostik ko„rsatkichlar quyidagilar: 
kasb tanlash motivi va maqsadli qadriyatlar; 
o„quv- kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirish darajasi; 
mustaqillik va refleksiya. 
O„quv-kasbiy 
ta‟limning 
diagnostikasi 
mutaxassislarni 
kasbiy 
tayyorgarligini farqlashga, professional faoliyatning yutuqlarini taxmin qilishga 


39 
imkon beradi. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə