Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

 
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Karimova V.M., Xolyigitova N. Psixologiya: O„quv qo„llanma - TDIU, 
2014. 
2.
G`ozuev E. Umumiy psixologiya. - T., 2002. 1- 2 kitob. 
3.
Axmetjanov M.M., Jumayev U.S. Kasbiy faoliyat psixologiyasi. Darslik, 
Buxoro, “Durdona” nashr., 2020. 326 b. 
4.
Umarov B.M., Psixologiya. Darslik- “Voris nashriyot”, Toshkent, 2012 y. 
270 b 
5.
www.expert.psychology.ru 
6.
www.psycho.all.ru 
7.
www.psychology.net.ru 


22 
 
Mavzu 2. Kasbiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. 
 
 
 
 
Tayanch iboralar:
tadqiqot metodlarining klassifikatsiyasi, tadqiqot usullari, 
genetik usullar, biografik metod, tahlil qilish metodi, kasblar tavsifi, topshiriqlarni 
tahlil qilish, hujjatlarni o„rganish, mehnat metodlari, savolnoma, muhim kasbiy 
belgilarni o„lchash, psixometrik usullar. 
Kasbiy psixologiya muhandislik sohasining ob‟ektiv qonuniyatlarini 
o„rganishda uning metodlaridan keng foydalanilinadi. Ushbu metodlar o„zining 
maqsadi va yo„nalishiga qarab tasniflanadi. Tadqiqot maqsadiga ko„ra muhandislik 
psixologiyasi metodi quyidagi uch guruhga bo„linadi.
Ilmiy tadqiqot metodi.
Ushbu metod yordamida shaxslarning huquq 
normalariga nisbatan munosabatining psixik qonuniyatlari o„rganiladi, shuningdek, 
jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish faoliyati bilan 
shug„ullanuvchi amaliyot xodimlari uchun ilmiy jihatdan asoslangan tavsiyalar 
ishlab chiqiladi. Ular quyidagilardan iborat: 

anamnestik (biografik) metod;

kuzatish va tabiiy eksperiment metodlari;

shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini o„rganishning instrumental 
(test, anketa va boshq.) metodlari.
Ushbu metodlarning qo„llanishi individual-psixologik xususiyatlarni 
o„rgatadi. Psixolog-ekspert oldida har bir bosqichdagi psixologik determinantlar
(omillar)ni ajratish vazifasi turadi. Birinchi bosqichda o„zini o„zi anglashi, o„zini
o„zi baholashning shakllanishi, haqiqiy hayotiy qadriyat va axloqiy-me‟yoriy 
yo„naltirishlarning rivojlanish xususiyatlarini tahlil qilish zarur. Ekspertizadan 
o„tkazilayotgan shaxsning individual-tipologik xususiyatlarini tahlil qilish ham 
muhim o„rin tutadi. Ikkinchi bosqichda ekspertizadan o„tkaziluvchining qaror 


23 
qabul qilishining o„ziga xos tomonlari tadqiq etiladi. Qaror qabul qilish 
sub‟ektning shaxsiy jihatlari, xatti-harakat motivlarining ob‟ektiv tashqi vaziyat 
bilan o„zaro ta‟sir jarayoni sifatida baholanadi.
Shunday qilib, psixolog-ekspert oldida turgan vazifalarning keng qamrovligi 
va xilma-xilligini inobatga olgan holda, ekspertizadan o„tkaziluvchining shaxsini 
bir marta tekshirish emas, balki uning rivojlanish jarayonini o„rganish, turli 
sharoitlarda o„zini namoyon etishini tahlil qilish zarur. Hech bir psixologik metod 
shaxs haqida mutlaqo to„g„ri ma‟lumot olinishini kafolatlamaydi. Shaxsni samarali 
psixologik tadqiq etishning muhim tomoni standart va nostandart tadqiqotlar 
ma‟lumotlarini, eksperimental va noeksperimental metodlarni qo„shish 
hisoblanadi. Kasbiy psixologiyaning o„ziga xos metodlariga muhandislik faoliyati 
ishini psixologik tahlil qilish kiradi. Bu o„rinda qaror qabul qilish muammosini 
tadqiq etish, ayniqsa samarali hisoblanadi .
So„nggi yillarda psixodiagnostika o„tkazishda kompyuterdan foydalanishga 
qiziqish keskin oshdi. Avtomatlashtirilgan psixologik tizimlarning dastlabki 
variantlari mamlakatimizda XX asrning 60-yillaridayoq ishlab chiqilgan edi. 
Ammo ular, EHMlardan foydalanish qiyinligi va ularning qimmat turishi 
sababli, ommaviy tarzda yoyilmadi. O„tgan asrning 80-yillari o„rtalaridan boshlab 
esa, kompyuter tizimlari test o„tkazish amaliyotiga keng tatbiq etila boshlandi. 
Kompyuterlashtirishdan avval, psixologik test o„tkazish uzoq davom etadigan, bir 
xil tusdagi bir muncha murakkab ish bo„lgan. Testdan o„tayotgan shaxs juda ko„p 
savollarni o„qir hamda maxsus jadvallarning katta qog„ozlarini to„ldirar edi. 
To„ldirilgan jadvallarga “qo„lda” ishlov berish ayniqsa, qiyin va katta hajmli ish 
bo„lgan. Psixolog yoki uning yordamchilari javoblarni guruhlarga ajratar 
(yordamchi jadvallarga yozib qo„yar yoki maxsus trafertalardan foydalanar), har 
bir guruhdagi javoblarni hisoblar va aniq psixologik ko„rsatkichlarni aniqlar edi. 
Bunday psixologik diagnostika quyidagi sabablarga ko„ra amalda qoniqarsizdir:
– testlarda kam sonli xohlovchilarning ishtirok etishi, javoblarga ishlov 
berishning nihoyatda qiyinligi statistik jihatdan ishonchli natijaga erishish uchun 
zarur bo„lgan ma‟lumotlarni shakllantirishga imkon bermasligi;  


24 
– jarayonning testdan o„tkazilayotgan shaxs ruhiyati va his-tuyg„ulariga 
ta‟siri, natijada uning psixologik holatini buzib ko„rsatishi;
– javoblar ishlovi hajmining kattaligi muqarrar ravishda hisob-kitob 
xatolariga olib kelishi;  
– ko„pchilik tadqiqotchilarning fikricha, test o„tkazuvchi psixologning 
sub‟ektiv qarashlari va test natijalarini amaliy qilishi.
Hozirgi vaqtda test o„tkazish jarayoni kompyuterda erkin suhbat shaklida 
olib boriladi. Savollarning bir xildagi ketma-ketligiga barham berilgan. Har bir 
savol ekranda paydo bo„ladi va javob kiritilganidan keyin yo„q bo„ladi. So„ngra 
keyingi savol paydo bo„ladi va hokazo. Vaziyat uzluksiz o„zgarib turadi.
Testdan o„tayotgan shaxsning o„zi suhbat (dialog) sur‟atini, hissiy boyligini 
belgilaydi. Bularning bari shaxsning suhbatda o„zini to„liq namoyon etishiga 
yordam beradi.
Hozir kompyuterlarda psixologik parametrlarni hisoblash hamda testdan 
o„tayotgan shaxs javoblarining butun majmui bo„yicha berish jarayoni bir nechta 
soniya vaqt talab qiladi. Psixolog test o„tkazib bo„lingan zahoti asosiy psixologik 
ko„rsatkichlarning to„liq to„plamiga ega bo„lgan tayyor psixokartani oladi. U faqat 
mutaxassis sifatida ishlaydi. Asosiy ko„rsatkichlar majmui dastlabki tarzda 
baholanganidan so„ng ancha ixtisoslashgan dasturlar bo„yicha qo„shimcha test 
tayinlanishi mumkin. Bunday dasturlar bloki ishlab chiqilgan, yo„lga qo„yilgan va 
amalda foydalanilmoqda.
Psixolog test natijalari bo„yicha individual maslahat jarayonida psixik 
adaptatsiya (moslashuv) xususiyatlari, hissiy-irodaviy holati, shaxsning tuzilishi va 
ehtiyoj yo„nalishlarini tahlil qiladi. Shunday qilib, tizimli yondashuv psixologiya 
va muhandislik faoliyatiga oid turli usullari bilan birga, faoliyat jarayonining 
asosiy psixologik qonuniyatlari, shaxsning tuzilishi va huquqiy normalar 
tizimining o„zaro ta‟sirini yetarlicha chuqur tahlil etish va aniqlashga, ushbu o„zaro 
ta‟sirning barcha ishtirok etuvchi elementlarini inobatga olgan holda aniq 
tavsiflash va muhim xususiyatlarini ajratishga imkon beradi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə