Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Genetik metodlar guruhi. 
Genetik metodlar uzoq vaqt davomida shaxs 
kasbiy rivojlanishining o„zgarishlarini tadqiq etish uchun mo„ljallangan. 
Kasb psixologiyada longityud metod, psixobiografiya, individning kasbiy 
shaklanishini 
monografik 
tasvirlash 
usullaridan 
keng 
foydalaniladi. 
Longityud metod
– bir xil yoshdagi sinaluvchilarning ularni rivojlanishi jarayonini 
ko„p marotabali tizimli ravishda o„rganishdan iborat. Longityud metodi 
insonlardagi turli xususiyat va sifatlarni o„rganish maqsadida yillar davomida 
o„tkaziladi. Longityud metodi psixologiyada XX asrning 20-yillarida shakllana 
boshladi va asosan psixik genezisi va bolalar, yoshlar psixik bashoratini ilmiy 
jihatdan asoslab berish uchun qo„llanilgan. Keyingi yillarda (20-30 yil davomida 
o„tkazilgan) davomli longityud tadqiqotlari jarayonida deyarli qo„llanilmagan. 
Longityud metod bir vaqtning o„zida boshqa metodlarni qo„llanilishini ham 
nazarda 
tutadi. 
Jumladan, kuzatish, 
savol-javoblar, 
test, 
psixografiya, 
praksimmetriya va hokazo. 
Longityud metodi yordamida olingan natijalar shaxsning yoshiga, ish 
stajiga, tadqiqot o„tkazilgandagi ijtimoiy iqtisodiy sharoitlariga hamda kasbiy 
faoliyat turiga bog„liq bo„ladi. Longityud metodini kasbiy psixologiyada qo„llash 
orqali shaxs kasbiy shakllanishining individual o„zgarishlarini o„rganish imkonini 
beradi shuningdek, kasbiy faoliyatda rivojlanish, obro„-e‟tibor qozonishning yo„l-
yo„riq va vositalarini aniqlash imkonini beradi. 
Longityudni qo„llashdagi qiyinchiliklardan biri sinovda ishtirok 
etayotganlarni tanlash hamda ularning sonining ko„pligi va kamligida bilinadi. 
Keyingi muammo o„lchovlar o„rtasidagi oraliq masofalar hisoblanadi. Bu metod 
orqali insonlarda tadqiqotlar gohida bir yil ayrim vaqtlarda esa undan ham uzoq 
vaqtlar oralig„ida o„tkazilgan. 
Shaxsning kasbiy shakllanishini o„rganishda tadqiqot intervali sifatida 


35 
kasbiy rivojlanish fazalari va bosqichlarini ajratib olish mumkin. Longityud 
metodidagi muammolardan biri uning davriyligini belgilash bo„lib, bunda u 5-
yildan 50 yilgacha davom etishi mumkin. Klassik longityud sifatida 1928 yildan 
bugungi kungacha davom etib kelayotgan Kaliforniya longityudini misol sifatida 
keltirish mumkin. 
Longityud metodning kamchiligi uning davriyligidadir. Shaxsiy va kasbiy 
o„zgarishlar tasodifiy yoki drammatik voqealarga bog„liq bo„lishi mumkin. Yillar 
davomida tekshiriluvchilar sonining qisqarishi, o„rganilayotgan jarayonlarning 
mazmun mohiyati kengayib boradi. Longityud metodining qo„llanilishini 
chegaralovchi omillardan biri shaxsni o„rganish uchun ko„p vaqtni ketishidir. 
Longityud metodining kamchiliklarini boshqa psixobiografik usullarni qo„llash 
yordamida bartaraf etish mumkin. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə