Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

tarbiyaviy maqsad
: talabalarda modulning o„ziga xos xususiyatlari 
haqida dastlabki tushunchalar berish orqali sohaga qiziqishlarini orttirish, o„qishga 


93 
oid motivlarni uyg„otish, bilish, o„qish, o„rganishga havas ishtiyoq qiziqishni 
shakllantirish, kasbiy mahoratni shakllantirish;
 
-
rivojlantiruvchi maqsad
: talabalarning kasbiy yetuklik darajasi, kasbiy 
dunyoqarashi va pedagogik-psixologik qobiliyatini rivojlantirish, mashg„ulot 
bosqichlarining o„zaro bog„liqligi, mashg„ulotda amalga oshiriladigan ishlar, o„quv 
topshiriqlarining o„zaro aloqadorligiga rioya qilish. 
 
 
Mavzu 5. Shaxs psixologiyasi va kasbiy shakllanish.
 
 
Tayanch iboralar:
Psixologiyada "shaxs", "individ", "individuallik" 
tushunchalari va ularning mohiyati, shaxsning mohiyatini tushuntirishdagi turli xil 
oqimlarning qarashlari: biogenetik, sotsiogenetik kontseptsiyalar. Bexivorizm, 
Freydizm, faoliyat, inson faoliyati, faoliyat motivlari faoliyatning tuzilishi
interiorizatsiya, eksteriorizatsiya, faoliyatning tuzilishi, faoliyatni o‟zlashtirish, 
ko‟nikmalarning shakllanishi, guruhlar haqida tushuncha, shartli va real 
guruhlar, katta va kichik guruhlar, rasmiy va norasmiy guruhlar, rivojlanganlik 
darajasi, Guruhlarning shakllanishining psixologik xususiyatlari, guruhiy 
munosabatlarni boshqarish, shaxsning tuzilishi,
ehtiyojlarning turlari.
Psixologiyada shaxs tushunchasi. 
Inson, odam juda ko‟plab fanlarning 
o‟rganish ob‟ekti bo‟lib hisoblanadi. Ular odamlarning turli tomonlarini va hayot 
tarzini, rivojlanishini va boshqalarni o‟rganadi. O‟z ob‟ektini belgilash va ta‟riflash 
uchun turli tushunchalar qo‟llaniladi. Psixologiya fani odamni jamiyatda, 
boshqalar bilan munosabatda bo‟luvchi ongli faoliyat sub‟ekti sifatida o‟rganadi. 
Psixologiya fanida odamni ta‟riflashda ko‟plab tushunchalar qo‟llaniladi. Shu 
jumladan "shaxs", "individ", "individuallik" tushunchalari ham qo‟llaniladi. 
Odamning insonlik jinsiga mansubligi individ tushunchasi bilan 
ifodalanadi. Katta yoshdagi kishilar, chaqaloqlar, tilni va oddiy malakalarni 
o‟zlashtira olmaydigan ruhiy kasallar (telbalar) ham individdir. Individ 


94 
tushunchasida kishining biologik turga mansubligi aks ettirilgan. Barcha kishilar 
(odamlar) individdir.
"Individ" tushunchasida kishining nasl - nasabi ham mujassamlashgandir. 
Yangi tug‟ilgan chaqaloqni ham, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, 
aqli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning vakilini ham
madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb 
hisoblash mumkin.
Individ sifatida dunyoga kelgan kishi hayot jarayonida alohida sotsial 
fazilat kashf etadi, shaxs bo‟lib yetishadi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam 
keyinchalik, jamiyatdagina shaxsga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, 
ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng 
asosiy belgisi - uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma‟lumki kishi ongi faqat 
jamiyatda, boshqalar bilan o‟zaro munosabatda, til yordamida ijtimoiy tajribani 
o‟zlashtirishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga 
aylanishi mumkin.
Shaxs tushunchasida odamning ijtimoiy xarakteri aks ettirilgan. Lekin 
shaxsni ijtimoiy muhitning passiv mahsuloti deb qarab bo‟lmaydi. Shaxs ijtimoiy 
tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o‟zlashtiradi, o‟zi uchun o‟zgartiradi - bu 
jarayon davomida o‟zi ham shaxs sifatida shakllanadi. Shaxsning faolligi uning 
o‟zi hayot uchun yo‟l tanlashida, bu yo‟lni egallashida, hayotda o‟z mavqei va 
o‟rnini anglashida ifodalanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta‟sirlar, shu 
jumladan ijtimoiy ta‟sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli 
odamlarga turlicha ta‟sir qiladilar. Masalan bir xil baho turli o‟quvchilarga turlicha 
ta‟sir qiladi.
Shaxsni faqat psixologiya emas, balki sotsiologiya, tarix, san‟atshunoslik, 
estetika, etika, pedagogika, meditsina, yuridik va boshqa fanlar ham o‟rganadi.
Odamning shaxs sifatidagi asosiy belgisi: sotsialligi, ongi va tilidir. Inson 
shaxsining xarakterli tomonlaridan biri uning individualligidir.
Individuallik - shaxsning psixologik, ijtimoiy, fiziologik xususiyat 
birikmalarining qaytarilmasligidir. Shaxsning individualligi uning xarakteri, 


95 
temperamenti, psixik jarayonlarining dinamikasi, hissiyotlari, faoliyatining 
motivlari, qobiliyatlari va shunga o‟xshashlarning yig‟indisiga bog‟liq. Bularning 
hammasini birga qo‟shib, mujassamlashtirsak, ikkita bir xil odam bo‟lmagan va 
bo‟lmaydi ham.
Har bir odam o‟ziga mansub bo‟lgan sinf millatiga xos ko‟pgina umumiy 
sifatlarga ega bo‟lishi bilan bir qatorda o‟zining shaxsiy fazilatlariga egaki, bu 
sifatlar uni takrorlanmas individuallikka aylantiradi. Olamda ikkita bir xil kishi 
yo‟q. Individuallik kishining o‟ziga xosligini uning boshqa odamlardan farqini aks 
ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter 
xususiyatlarda, odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayonlarga oid 
fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur) da, qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga 
xos uslubida va hakozalarda namoyon bo‟ladi. Zikr etilgan psixologik 
xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o‟zida mujassamlashtirgan odam yo‟q - 
inson shaxsi o‟z individualligi jihatidan betakrordir.
Shunday qilib, individuallik inson shaxsiga xos fazilatlarning faqat bitta 
jihati bo‟lib hisoblanadi, xolos.
Ma‟lumki, odam jamiyatda turli guruhlarda (oilada, o‟qishda, ishda, 
davrada) bo‟ladi. Har bir guruhda o‟ziga xos, ba‟zan butunlay bir-biriga 
o‟xshamaydigan rollarni o‟ynaydi. Lekin shunga qaramay, ko‟pincha odam har 
turli vaziyatlarda o‟xshash sifatlarni namoyon qiladi. Bir qarashda qarama-qarshi 
ko‟ringan xususiyatlarning namoyon bo‟lishida umumiylik bor.
Ana shu shaxs sifatlarining bir-biriga mosligi shaxsning yaxlitligini 
ko‟rsatadi.
Shaxsning psixologik tuzilishi, psixologik xususiyatlarining birikmalari har 
bir odamda nisbatan doimiylikka ega. Odamning psixik holatlari, o‟zini tutishi 
o‟zgarib tursa ham shaxsning psixologik qiyofasi ma‟lum darajada barqaror bo‟lib 
qolaveradi. Shaxs xususiyatlarining bunday nisbatan barqarorligi unga shaxs 
sifatida xarakteristika berish, uning ma‟lum vaziyatlarda o‟zini qanday tutishini 
oldindan belgilashning asosi bo‟lib xizmat qiladi.


96 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə