Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

An‟anaviy nazariyalar. 
Shaxs haqidagi an‟anaviy nazariyalar orasida 
freydizm nazariyasi alohida o‟ringa ega. Z.Freyd turli xil kasalliklarni (asosan, 
nevroz bilan bog‟liq bo‟lgan) tahlil qilish natijasida bu kasalliklarning sabablari 
kasalning hayotida oldin ro‟y bergan va uning psixika (ruhiyati)ga yoki 
rivojlanishiga salbiy ta‟sir ko‟rsatgan voqealar degan xulosaga keldi. Bu ta‟sirlar 
ko‟pincha odamlar tomonidan unitiladi va anglanmaydi, ammo ular kishilarning 
xulq-atvorlariga ta‟sir qilishda davom etadilar, ba‟zida xulq-atvorda buzilishga olib 
keladilar. Z.Freyd turli xil psixoterapevtik usullar yordamida ularni topish va ularni 
anglashga yordam berish samarali davolash usuli ekanligini aniqladi. Izlanishlar 
natijasida Z.Freyd odamning psixik hayotida uch darajani ajratdi: ongsizlik, ong 
osti (ong oldi) va ong.
Ongsizlik - instinktiv harakatlarning asosi. Ular orasida, ayniqsa, jamiyat 
tomonidan ta‟qiqlanganligi sababli anglanmaydigan bo‟lib qolgan jinsiy mayllar 
(libido) alohida o‟rin tutadi.
Ong oldi - uning mazmunini kishi qiynalmay anglaydi.
Ong - ijtimoiy me‟yorlar, man qilinishlar (tabu). Ong doimo ongsizlik bilan 
kelishmovchilikda. Turli xildagi jinsiy va boshqa mayllarni yuzaga chiqarmaslikka 
harakat qiladi.
K.Yung va uning psixologik qarashlari. Karl Gustav Yung (1875-1961) 
shveytsariyalik psixiatr, psixolog. Z.Freydning yaqin safdoshlaridan biri. U 
Z.Freydning izidan borib inson psixikasida "ong" va "ongsizlik" darajalarini 
ajratgan. Uning fikricha hatti-harakatni boshqarishda ongsizlik hal qiluvchi rol‟ 
o‟ynaydi. Ongsizlik ikki xil shaklda mavjud: a) individual b) kollektiv (jamoa) - 
uning asosini oldingi avlodlar tajribasi tashkil qiladi. Bular asosan instinktlar, 
mayllar, arxetiplardan iboratdirlar.
Instinktlar va mayllar K.Yung tomonidan tug‟ma ehtiyojlar sifatida 
qaraladi. Arxetiplar (kishilikning birlamchi obrazlari) talant, tush ko‟rish, 
afsonalar, diniy qarashlar asosida yotadi. K.Yung kishilarning psixik yo‟nalganligi 
asosida ularni ikki guruhga bo‟ladi: introvertlar va ekstrovertlar.


98 
Introvertlar - xulq-atvor sabablarini o‟zidan axtaradi. Ular ijtimoiy passiv, 
tortinchoq, o‟z harakatlarini chuqur tahlil qilishga moyil, boshqalarga ko‟p 
qo‟shilishga intilmaydilar. Ektrovertlar- tashqi olamga yo‟nalgan. Ular impul‟siv, 
tashabbuskor, dilkash, guruhga va jamoaga tez moslashuvchan.
K.Yung psixik funktsiyalarning ustunligiga ko‟ra shaxslarning quyidagi 
tipologiyasini ko‟rsatgan:
a) tafakkur qiluvchi (fikrlovchi) 
b) hissiy
c) ta‟sirga beriluvchan (emotive) 
d) intuitiv
K.Levinning "Maydon nazariya"si. K.Levin (1890-1947) Germaniyada 
tug‟ilgan va AQShda ko‟p yillar samarali ishlagan. U barcha tashqi olam omillarini 
"fizik maydon" va odamning ichki olamini "psixik maydon" deb ajratadi. Uning 
fikricha bu ikkala maydon orasida o‟zaro tortishish va itarish xususiyatlar mavjud. 
Bu xususiyatlar shaxsning ehtiyojlari va motivlariga bog‟liq ravishda yuzaga 
chiqadi. Uning fikricha tashqi muhit va shaxsning ichki dunyosi orasidagi 
muvozanat buzilsa shaxs harakatlarida, xulq atvorida zo‟riqish paydo bo‟ladi. 
K.Levin tomonidan shaxsning guruhdagi o‟rni, mavqei, liderlik hodisalari, nizolar 
o‟rganilgan.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə