Kasbiy psixologiya


Guruhning ichki tuzilishi



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Guruhning ichki tuzilishi. 
Har qanday guruh tuzilishiga ko‟ra guruh 
a‟zolari nufuzi va statusining o‟ziga xos darajasini aks ettiradi. Uning yuqorisida 
referentometrik va sotsiometrik tarzda tanlanadigan shaxslar o‟rin oladi, eng 
orqada esa noreferent va sotsiometrik jihatdan siqib chiqarilgan individlar 
turishadi. Mazkur ierarxiya zinapoyasining eng yuqori bosqichida guruhning lideri 
joylashadi.
Lider - bu shunday shaxsdirki, guruhning qolgan barcha a‟zolari uchun 
o‟zining manfaatlariga daxldor bo‟lgan hamda butun guruh faoliyatining 
yo‟llanishini va xarakterini belgilab beradigan eng mas‟uliyatli yechimlarni qabul 
qilishga haqli deb hisoblaydigan shahsdir. Lider rasman guruhning rahbari bo‟lishi 
ham va, aksincha, bo‟lmasligi ham mumkin. Lider bilan rahbarlikning yagona bitta 
shaxsga kelishi maqbul hodisa hisoblanadi. Bordi-yu, agar bunday muvofiqlik 
bo‟lmasa, u holda guruh faoliyatining samaradorligi rasmiy rahbar (masalan, sinf 
boshi) bilan norasmiy lider yoki liderlar o‟rtasidagi munosabatlar qay tarzda yuz 
berishiga bog‟liq bo‟ladi.
Lider tiplari. 
Guruh jamoasining rasmiy rahbarlik tizimi (guruhboshi, 
yoshlar tashkilotchisi va jamoatchilik ishlarning ayrim sohalari uchun mas‟ul 
kishilar) unda norasmiy nufuzning taqsimlanishi va norasmiy peshqadam sifatida 
tanilish bilan to‟g‟ri kelishi ham, to‟g‟ri kelmasligi ham mumkin. Agar pirovad 
natijada shaxslararo munosabatlarda umumiy maqsadlarning mavjudligi jamoaga 
xalaqit qilmaydigan emas, balki hatto yordam berishi ham mumkin. Chunonchi, 
30-40 o‟quvchidan iborat guruh hisoblanadigan guruhda guruhboshi va yoshlar 


113 
tashkilotchisiga tashqari odatga bir necha peshqadamlar mavjud bo‟lib, ular 
tevaragida bir nechta norasmiy guruhlar uyushadi.
Liderlarning quyidagi tiplari farqlanadi:
1. Faoliyatining mazmuniga qarab:
a) ilhomlantiruvchi, harakat yoki axloq dasturini taklif qiluvchi lider
b) bajaruvchi - berilgan dasturni bajarish tashkilotchisi; 
c) bir vaqtda o‟zida ham ilhomlantiruvchi, ham bajaruvchi.
2. Boshqarish usuliga ko‟ra:
a) avtoritar
b) demokratik
c) yuqoridagi ikki uslubni o‟zida mujassamlashtirgan.
3. Faoliyat xarakteriga qarab:
a) (vaziyatga bog‟liq) - o‟zida liderlik xususiyatlarini ma‟lum o‟ziga xos 
vaziyatlarni ko‟rsatib turadigan.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə