Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Mehnat. 
Mehnat ma‟lum ijtimoiy foydali moddiy yoki ma‟naviy 
mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdan iboratdir. Mehnat faoliyati 
odamning asosiy, yetakchi faoliyatidir. Kishilarning mehnat faoliyati o‟z mohiyati 


107 
jihatidan ijtimoiydir. Jamiyat ehtiyojlari mehnat faoliyatini tarkib toptiradi, uni 
aniqlaydi, yo‟naltiradi, uni aniqlaydi va boshqaradi. Mehnat taqsimoti tufayli, 
bironta kishi ham o‟ziga kerakli narsalarni o‟zi to‟liq, oxirigacha ishlab 
chiqarmaydi. Odam jamiyat uchun kerakli, jamiyat talab qilgan (ehtiyojga ko‟ra) 
narsalarni ishlab chiqaradi. O‟zi uchun kerakli narsalarni esa o‟z mehnati evaziga 
jamiyatdan oladi. Shaxsning ehtiyojlarining qondirilish mexanizmi va shakllari 
jamiyatda hukmron bo‟lgan ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. 
Shunday ekan, odamning mehnatda bajaradigan ish-harakatlari biologik ehtiyojlar 
bilan belgilanmaydi, balki ko‟zlangan ishlab chiqarish maqsadi hamda bu 
maqsadni amalga oshirishda uning boshqa kishilarga munosabatlari bilan 
belgilanadi.
Mehnat jarayonining bunday xususiyatlari inson faoliyati va hayvonlar 
hatti-harakatlar orasida katta tafovut borligini ko‟rsatib turibdi.
Mehnat 
– inson ehtiyojini qondirish asosida tashqi olamni o‟zgartirishga 
qaratilgan maqsadli faoliyat bo‟lib, u inson faolligining anglangan bir turiga kiradi. 
Mehnat inson uchun shaxsiy va ijtimoiy hayotida o‟zini ro‟yobga chiqarish va 
ko‟rsata olish vosita hamda usulidir. Bu o‟z navbatida uning muomalasi, o‟zini va 
tashqi olamni anglashi, o‟zini shaxs sifatida rivojlantirishi, moddiy va ma‟naviy 
qadriyatlarni yaratishida aks etdi. Bu vazifalarni bajarilishi mehnatning maqsadini 
tashkil etadi. 1-rasmda mehnat va uning asosiy vazifalari keltirilgan. 
1-rasm. Mehnatning funktsiyalari


108 
Mehnat funktsiyalarining samarali amalga oshishi quyidagi omillarga 
bog‟liqdir: 
1) muayyan faoliyat uchun layoqatli kishilarni tanlash;
2) kasbiy tayyorgarlik;
3) mehnat jarayonini tashkil etish va rasional sharoitlar;
4) mehnat qurollarining qulayligi va samarali ekanligi;
5) ish ko‟lamiga inson imkoniyatlarining mos kelishi;
6) mehnat xavfsizligi tizimi, kasbiy salomatlik va umrni saqlash, ishga 
layoqatlikni psixologik quvvatlash.
Mehnat (mazmuni, sharoitlari, maqsadlari) shaxs rivojlanishiga xizmat 
qilishi, unga quvonch, baxtni keltirishi va erishgan natijalaridan qoniqish hissini 
tuyishiga olib kelishi kerak. 
Mehnat – inson imkoniyatlarining psixologik, fiziologik, kasbiy va boshqa 
jihatdan namoyon eta olish xususiyati bo‟lib, u turli toifa odamlarda turlicha 
bo‟ladi. Asosan, yoshga ko‟rsatkichiga, kasbiy tayyorlik darajasiga, salomatlik 
holatiga bog‟liq ravishda kechadi. 
Mehnat faoliyatini takomillashtirish bo‟yicha ko‟pgina amaliy vazifalarni 
bajarish, shuningdek shaxs psixik faolligining asoslarini mehnat faoliyatiga 
bog‟liqlik tomonlarini o‟rganish masalasi muhimdir. Unga ko‟ra, mehnat faoliyati 
tashkil etuvchilarining tizimini ko‟rib chiqish mumkin. Mehnat faoliyati tashkil 
etuvchilarining tuzilmasi 2 -rasmda aks ettirilgan. 
Mazkur rasmda keltirilgan chizma, ya‟ni mehnat faoliyati sub‟yektining 
chizmasi ergotik tizim deb ataladi (grekcha 
yesgpn 
– ish). 
Mutaxassislik 
– faoliyat shakllari birlashmasi bo‟lib, mazmun, vositalar, 
tashkilotlar, mehnat natijalari hamda mehnat sub‟yektini tayyorlashga qo‟yiladigan 
talablar majmuini tashkil etadi. Bu tushunchada mehnat faoliyatining turli 
tomonlari va turli darajasi aks ettiriladi: 
1) mehnat ob‟yekti va predmeti, uning mazmuni, shartlari hamda tashkiliy 
jihatlari; 
2) maqsadli vazifa va mehnatning natijaviy xarakteri; 


109 
3) mehnat egasining xususiyatlari – uning bilimlari, malaka, ko‟nikma, 
qobiliyatlari; 
4) iqtisodiy va ijtimoiy tomonlari – ishga joylashish, moddiy ehtiyojlarni 
qondirilishi, ijtimoiy mavqening tasdiqlanishi; 
5) faoliyat turi. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə