Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Yangi nazariyalar. 
Yangi nazariyalar orasida Gumanistik psixologiya 
alohida o‟ringa ega. Bu yo‟nalishga juda ko‟plab olimlar o‟z hissalarini 
qo‟shganlar. Gordon L.Olport (1897-1967) shaxsning o‟zligini ko‟rsatishga, 
kamolatga intilishi nazariyasini taklif qildi. U shaxsni ochiq, doimo 
rivojlanishdagi, o‟sishdagi psixofiziologik tizim tariqasida qaraydi. Shaxsning 
asosiy xususiyati o‟zligini anglashga, kamolga yetishga, o‟zining barcha 
imkoniyatlarini hayotga tatbiq qilishga intilishidir deb qaraladi.
Gumanistik psixologiyaning ko‟zga ko‟ringan nomoyondalaridan biri Karl 
Rodjersdir (1902-1987). Uning fikricha shaxsning asosiy xususiyati, bu shaxsning 
hayot haqidagi o‟z kontseptsiyasidir. Bu kontseptsiya odamning tashqi muhit bilan 


99 
munosabati jarayonida shakllanadi. Rodjersning nazariyasiga ko‟ra quyidagilar 
muhim ahamiyatga ega:
- shaxslararo munosabatlar tenglikka asoslanishi, bir kishi ikkinchisiga 
tazyiq o‟tkazmasligi, har bir kishining mavqei hurmat qilinishi lozim;
- shaxsning "o‟zagini" uning o‟zi haqidagi bahosi tashkil qiladi. Bu baho 
tashqi muhit bilan o‟zaro munosabatlar jarayonida shakllanadi;
- shaxsning "self" yoki "Men - kontseptsiya" ichki, organik va ijtimoiy 
sezgilar orasidagi o‟zaro mosligini aks ettiruvchi xususiyat sifatida shakllanadi.
- shaxsning asosiy motivi "o‟zligi"ni o‟stirish motividir.
Shaxsning o‟sishi esa ijtimoiy muhit, shaxslararo munosabatlar ta‟siri ostida yoki 
tezlashadi yoki sekinlashadi.
Shaxsni o‟sishga undovchi kuch, K.Rodjersning fikricha, "Men 
kontseptsiya" va "ideal Men" orasidagi tafovutdir.
Shaxs 
haqidagi 
eng 
yangi 
nazariyalar. 
Psixologiyada 
yangi 
nazariyalarning salmog‟i juda katta. Erik Bern (1902-1970) shaxsni 
rivojlantirishning amaliy va nazariy asosi sifatida xizmat qilishga yo‟naltirilgan 
"transakt tahlil" nazariyasini taklif qildi. Erik Fromm (1900-1980) gumanistik 
psixoanalizga 
asos 
soldi. 
Djordj 
Gerbert 
Mid 
(1863-1931) 
simvolik 
kommunikatsiyaning interaktsionistik nazariyasini ishlab chiqdi. Karl Leongard 
"Shaxs aktsentuatsiyalari" nazariyasiga asos soldi.
Keyingi yillarda Aleksandr Kellining (1905-1966) "Shaxs konstruktlari" 
nazariyasi juda keng tarqaldi va qo‟llanilmoqda. Bu nazariyaga asosan shaxsning 
bilish jarayonlarining kechishi uning kelajakdagi hodisalarni qanday "ko‟ra olishi" 
(oldindan modellashtirishi, tasavvur qilishi) bilan aniqlanadi. A. Kellining fikricha 
har bir odam tadqiqotchi. U doimo o‟zidagi "shaxs konstruktlari", o‟zining maxsus 
baholash shkalalari asosida reallikning obrazini tuzadi (hosil qiladi). Agar tuzilgan 
obraz haqiqatdan farq qilsa, to‟g‟ri kelmasa mavjud konstruktlar qayta quriladi. 
Barcha bilish jarayonlarining samaradorligi, muvaffaqiyatli konstruktlar qurish 
kishining psixologik bilim darajasiga bog‟liq.


100 
Ma‟naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar bilan uzviy bog‟liqdir. Ma‟naviy 
ehtiyojlarni qondirish uchun, moddiy ehtiyojlar predmeti hisoblanmish moddiy 
narsalar (kitoblar, gazetalar, yozuv va nota qog‟ozlar, bo‟yoqlar va shu kabilar) 
talab qilinishi shubhasiz. ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog‟liq bo‟lgan 
faoliyatga undovchi va uning yo‟nalishini belgilovchi sabablar motivlar deb 
ataladi. Unda sub‟ektning faolligi namoyon bo‟ladi. ehtiyojlar kishi faolligi va 
barcha turlarining mohiyatini, asosiy harakatlantiruvchi kuchini tashkil etarkan, u 
holda motivlar ushbu mohiyatning konkret, rang - barang ko‟rinishlari sifatida 
namoyon bo‟ladi. Motivlar yoki motivlashtirish psixologiyada sub‟ektning xulq - 
atvori va faoliyati yo‟nalishini belgilab beradigan sabablar sifatida qaraladi.
Motivlar biri-biridan ehtiyojlar turlariga qarab farqlanadi. ehtiyoj 
motivlarda namoyon bo‟ladi. Murakkab faoliyat asosida bir vaqtning o‟zida bir 
qancha motivlar yotadi. Inson hatti-harakatining asosida yotgan bunday motivlar 
guruhiga motivlar tizimi deyiladi.
Motivlar anglanilgan va anglanilmagan bo‟lishi mumkin. Anglanilmagan 
motivlar odatda mayllar deb yuritiladi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə