Kasbiy psixologiya


Guruhning ichki tuzilishini o‟rganish



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Guruhning ichki tuzilishini o‟rganish. 
Psixologiyada guruhdagi 
tabaqalanishni (uning ichki tuzilishini) o‟rganish uchun ko‟plab metodlar 
qo‟llaniladi. Ulardan ikkita asosiylari - sotsiometriya (sotsiometrik so‟rov) va 
referentometriya metodidir.
Amerikalik psixolog, mikrosotsiolog J.Moreno guruhlarda shaxslararo 
munosabatlarni o‟rganish uchun shaxslarning bir birini saylashini (tanlashi, afzal 
ko‟rishlarni) aniqlash usulini va hissiy afzal ko‟rishlarni qayd qilish texnikasini 
taklif etdi. Buni u sotsiometriya deb ataldi.
Sotsiometriya metodi kichik guruhlarga taalluqli bo‟lgan shaxslararo 
munosabatlarni o‟rganish va o‟lchashning metodi sifatida taklif qilingan. 
Sotsiometriya yordamida shaxslararo birgalikdagi harakat jarayonida guruh 
a‟zolarida namoyon bo‟ladigan afzal ko‟rinishni, befarqlik yoki xush ko‟rmaslikni 
miqdoriy me‟yorini aniqlash mumkin. Sotsiometriya guruh a‟zolarining bir - 
birlarini xush ko‟rishi yoki xush ko‟rmasligini aniqlashda keng qo‟llanadi. Guruh 
a‟zolarining o‟zlari bunday munosabatlarni anglab ola olmasliklari va ularning 
mavjudligi yoki mavjud emasligi haqida o‟zlariga hisob bermasliklari mumkin. 


114 
Sotsiometriya metodi juda ham tezkor bo‟lib, uning natijalari matematik usul bilan 
qayta ishlanishi va yozma shaklda ifoda etilishi mumkin.
Sotsiometrik usulining negizida "Sen kim bilan birga bo‟lishni 
hohlarding?" degan to‟g‟ridan - to‟g‟ri savol turadi. U kishilar o‟rtasidagi o‟zaro 
munosabatlarni hohlagan jabhasida tatbiq qilinishi mumkin: sen kim bilan birga 
bitta partada o‟tirishni, dam olishni, vaqtichog‟lik qilishni, ishlashni hohlarding va 
hokazo. Qoida tariqasida tanlashning ikki yo‟nalishi - birgalikda mehnat qilish 
sohasidagi va vaqtichog‟lik qilish sohasidagi yo‟nalishlari tavsiya qilinadi. Bu 
o‟rinda tanlashning maqbulligi darajasida (benihoya istak borligi, bajonudilligi, 
befarqligi, unchalik istalmayotganligi, sira ham istak yo‟qligi) aniqlik kiritilishi va 
tanlash uchun tavsiya qilinadigan shaxslar soni cheklangan bo‟lishi ham mumkin. 
Tanlashlarni sotsiometriya matritsasiga tushirish chog‟ida bular hisobga olinadi. 
Natijalarni tahlil etish o‟zaro xush ko‟rish va xush ko‟rmasliklarning murakkab 
tarzda chatishib ketganligini, sotsiometrik "yulduzlar" (ularni ko‟pchilik tanlaydi), 
"autsayder" larning (ulardan hamma o‟zini chetga tortadi) mavjudligini va butun 
ierarxiyasi ko‟rsatib beradi. Sotsiometriya metodini juda ham tezkor ekanligiga 
shubha yo‟q va uning yordami bilan guruh ichidagi hissiy intilishlar manzarasi 
yetarli darajada aniq - ravshan ko‟rsatilgan bo‟lishi mumkin. Bu natijalarni 
kuzatishlar yo‟li bilan aniqlash uchun uzoq vaqt sarflashga to‟g‟ri kelgan bo‟lardi. 
Har qanday guruhni hosil bo‟ladigan kommunikativ shoxobcha sifatida talqin 
qilish mumkin.
Lekin, 
sotsiometrik 
tahlil 
guruhdagi 
shaxslararo 
kommunikativ 
shoxobchaga juda ham umumiy tarzda ta‟rif berishi mumkin. U nima uchun 
individ bir xil birliklarda guruhga qarama - qarshi qo‟yilganligi, boshqalarida esa 
kommunikativ shoxobchadagi bunday uzilish borligini payqamasligini tushunib 
yetishga olib bormaydi. Sotsiometrik texnika yordamida qayd etiladigan 
bog‟lanishlar tizimini muqarar deb hisoblab bo‟lmaydi. Bugungi "yulduz" ertaga 
yakkalanib qolishi mumkin. Sotsiometriya natijalari bizga bunday o‟zgarishlarning 
sabablari haqida ma‟lumot bera olmaydi. Shuningdek, guruh a‟zolari birovlarni rad 
etib, boshqalarni tanlaganlarida nimalarga asoslanganliklari, guruhning har xil 


115 
a‟zolariga xos xush ko‟rish va xush ko‟rmasliklar zamirida qanday ma‟no borligi 
mavhumligicha qoladi.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə