Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

 
 
2-rasm. Mehnat faoliyatini tashkil etuvchi komponentlar tuzilmasi
Mutaxassislik – 
faoliyatning aniq shakli bo‟lib, mehnat egasining kasbiy 
tayyorligi, mehnat vositalari, mehnat jarayoni va maqsadining maxsus 
xususiyatlari bilan belgilandi. Mutaxassislik tushunchasi odatda konkret faoliyat 
turi (kasb o‟zida) va xususiy xarakteristikasini ifodalaydi. Mehnatning qay 
darajada bo‟linish imkoniyatini aks ettiradi (masalan, vrach – kasbi, mutaxassislik 
– terapevt, jarroh, ko‟z vrachi, kardiolog va boshqalar). 
Mehnatning psixologik mazmuni. 
Mehnat faoliyatining har bir aniq turi 
ma‟lum darajada normativ tasdiqlangan bo‟ladi. Bunda albatta samaraliroq va 
ixchamroq variant muhim mezon etib olinadi. Inson kasbni o‟zlashtirish jarayonida 
bu yozilgan normalarni individuallashtiradi, ya‟ni o‟ziga, ungagina xos bo‟lgan 
shaxsiy fazilatlar va psixologik xususiyatlarni namoyon etadi. 3 -rasmda 
faoliyatning psixologik tizimi, undagi funksional tarkib berilgan. 


110 
3-rasm. Psixologik faoliyat tizimining tuzilmaviy chizmasi
Bu rasmdagi har bir tarkib o‟z mazmun va mohiyatiga ega: 
1) faoliyat motivlari, uni harakatlantiruvchi kuchlari (moddiy, bilish, estetik 
va boshqalar); 
2) faoliyat maqsadlari, uning mazmunini shakllantiradi va aniq kutiladigan 
natijalarda ifodalanadi
3) faoliyat dasturi, mazmunning aniq tasavvurini va jarayonni aks ettiradi; 
4) faoliyatning axborotga asoslanganligi, ma‟lumotlar bazasi, kasbiy 
bilimlarga oid predmetli va sub‟yektiv sharoitlar, ularni amalga oshirishga oid 
ma‟lumotlar; 
5) qarorlarni qabul qilish jarayoni, muammoli vaziyatni ko‟rish, farazni, 
ilgari surish
(muammoni yechimi usullarini), bajarish tamoyilini aniqlash, hal etish 
variantlarini baholashni amalga oshirish; 
6) psixomotor jarayonlar; 
7) muhim professional sifatlar, mehnat egasining psixologik xususiyatlari
aniq mehnat jarayonida namoyon bo‟ladigan individual-psixologik sifatlar, 
fazilatlar. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə